Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
151 javobingizni albatta izohlab ham berasiz. Hikmat O‘rolov Anvarning ko‘zlariga tikilib kulimsiradi. Anvar bu savolga aqli yetgan darajada javob bera olardi, ammo unga mezbonning asl maqsadi qorong‘u edi. Shu bois javobga shoshilmadi. — Siz qiynalmang. O‘zim aytib qo‘ya qolay: yo‘q! Sabab: bir kuni domla Inoyatulloning uylariga borsam, zarrabinga tikilib o‘tiribdilar. Sizda zarrabin bormi? Ha, menda ham yo‘q. Xullas, bir arxeolog olim domlaga uzum danaklarini beribdi. Danakning umri salkam ming yil emish. Arxeologning aytishicha, Eski shahardagi qazilma paytida hojatxona o‘rnidan topilgan emish. Domla Inoyatullo arxeologlar bilan yaqin edilar. Siz arxeologlar bilan oxirgi marta qachon uchrashgansiz? Mening ham yodimda yo‘q. Xullas, o‘shanda: «Domla, bu sizga nima uchun kerak?» deb so‘radim. Domla: «Haqiqiy tarixchi olim shulargacha aniq bilishi shart. Husayni uzum hozir qanday, ming yil va avval qanday bo‘lgan, ming yil ichida tabiat qanday o‘zgarishlarni, nima sababdan boshidan kechirdi — biz bilmasak, kim biladi? Tarixiy voqealar bilan tabiatdagi o‘zgarishlar orasida uzviy bog‘lanish yo‘qmi?» Xullas, o‘shanda haqiqiy tarixchi olim — domla Inoyatullo deb ishonganman. Biz kitob o‘qib, tahlil qilib, tarix ilmini yaratyapmiz, deb kerilamiz. Bu kitoblarni bizgacha kimdir yozib ketgan. Biz foydalanayotgan adabiyotlarni arab ham, fors ham, farangimi nemismi, juhudmi yo rusmi, kim bo‘lsa bo‘lsin, yozgan. Ma’lum bir haqiqatga har biri o‘z millati foydasi nuqtai nazaridan yondoshgan va baho bergan. — Xuddi shu nuqtada xato yo‘lga qadam qo‘yganmiz, — dedi Anvar. — Biz qo‘limizga juhudning kitobi tushsa, tarix shunday edi, deb javraymiz. Nemisniki tushsa, yo‘q, bunaqa edi, deb turib olamiz. Mana, tarixga ikki xil munosabatga o‘zimiz ham guvoh bo‘ldik. Kechagina unday devdik, bugun esa bunday. Qadimda shunday hol yuz bermaganmi? Bergan... — Anvar «gaplarini bo‘lib ranjitmadimmi?» degan ma’noda mezbonga qaradi. Hikmat O‘rolov uning xavotirini sezib, «durust gapiryapsiz, azizim, davom eting», deganday jilmayib qo‘ydi. Anvar bundan dadillanib fikrini davom ettirdi: — Biz o‘sha kitoblarga qul bo‘lib yuraveramiz. Men borayinda Mirolim domlamizdan: «Temur zamonida toifi uzum bo‘lganmi?» deb so‘ray. Turgan gapki, u «Temurga uzumning nima aloqasi bor», deydi. Holbuki domla Inoyatullo yo‘lini tutgan, o‘zini tarixchi olimman deydigan odam buni bilishi kerak ekan. Haligi aytgan rivoyatingizni qarang... biz ichi bo‘sh qamishga o‘xshamaymizmi? Bir masalaga ikki xil qarashga vijdonimiz qanday yo‘l qo‘yadi. Kechagina Mirolim domlamiz Temurni qonxo‘r, deb, Temurning salohiyatiga ijobiy baho bermoqchi bo‘lganlarni yamlamay yutgan edi. Bugun esa aksi: kim Temur jang qilgan, desa «Sen tarixga qonli ko‘ylak kiygizmoqchimisan!» deb yumdalayapti. Qizig‘i shuki, Temur haqida kecha ham shu zot asosiy hukmni chiqarar edi, bugun ham. Ba’zan hayron qolaman. Bu Mirolim deganlari, Temurning otasi uylanayotganida kuyov jo‘ra bo‘lganmi yo Temur tug‘ilganida kindigini kesganmikin? Bu gapni eshitib Hikmat O‘rolov qah-qah otib kulib yubordi. — Topib aytdingiz, barakalla, — dedi u o‘zini kulgidan to‘xtata olmay. — U domlamiz nari borsa Temur haqida to‘rt-besh kitob o‘qigandirlar. Oltinchisini topib, buni ham o‘qing, deyilsa, men bunaqasini bilmayman, deb turib oladilar. Qarang-a! U kishi bilmasalar o‘sha oltinchi kitobning yashashga haqqi yo‘q ekan. O‘sha oltinchi kitob yuz yillar davomida dunyo olimlarining diqqati markazida turgan bo‘lsa-chi? Siz kulyapsiz domla, ammo xafa bo‘lsangiz ham bir gap aytaman. — Ayting, azizim. Bilaman, siz nohaq gap aytmaysiz. — Siz, sizga o‘xshagan olimlar nima uchun Xolidiyga, Mirolimga maydonni bo‘shatib bergansizlar? Yanchib tashlasalaring bo‘lmasmidi? — Yanchib... — Hikmat O‘rolov kulimsirab, bosh chayqadi. — Soyani yanchib tashlay olasizmi? Axir ular zamon g‘oyasining soyalari edilar. Siz haqiqatchi yigitsiz. Sizga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling