Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
147 Hozir Chuvrindini kuzatgach, tunda eshitganlari haqiqatga aylana boshlaganidan qo‘rqdi. Ha, qo‘rqdi. Lekin uni bu holatda qo‘rqoqlikda ayblab bo‘lmas. U ayni damda ojiz edi. Bo‘lajak voqealarga to‘g‘anoq bo‘la olmasdi. Bo‘lajak noxushliklarni iziga qaytarolmasdi. Mana shu ojizlik uning yuragiga qo‘rquv solardi. Ana shu qo‘rquv bilan ishga otlandi. Shu qo‘rquv bilan xonasiga kirdi. 2 Hamxonalari birin-ketin keldilar. Xomush o‘tirgan Anvar ular bilan bosh irg‘ab so‘rashdi. Yaxshi kayfiyatda kirib kelgan Gulnora unga bir qarab olib «nima balo yana ayniyapti shekilli?» deb o‘yladi-da, sumkasidan gazit chiqarib, o‘qiy boshladi. Uning bu harakati Anvarning ziyrak nazaridan chetda qolmadi. «Gazit o‘qiydigan bo‘lib qolibdimi?» deb ajablandi. Dam o‘tmay xonaga «eng kichik ilmiy xodim» kirib, Anvar bilan qo‘shqo‘llab so‘rashdi-da, gazit o‘qiyotgan Gulnoraga g‘alati qarab qo‘ydi. Xonada o‘lik sukunat hukmron edi. Ayollarning o‘zaro pichirlashib olishlari yoki narx- navo yangiliklari ham nechukdir kun tartibidan o‘chirilgan. «G‘alati kun, — deb o‘yladi Anvar. — Bu sukut nimaning alomati? Vulqon portlashi arafasidagi osoyishtalikmi bu? Bular bir nimani bilishadi, men esam bilmayman... «Eng kichik ilmiy xodim» ham nimadandir xabardorga o‘xshab o‘tiribdi. Men nima uchun bexabarman? Nima uchun merovsirab o‘tiribman?» Anvar bunaqa kutishga, bunday sukutga toqat qiladigan toifadan emas. U «eng kichik ilmiy xodimga» savol nazari bilan tikildi. U avvaliga bu qarashga dosh berolmay, nigohini olib qochdi. Keyin o‘rnidan turdi-da, Anvarga yaqinlashib, gazitni uzatdi. Anvar gazitni qo‘lga olganida Gulnora «Voy, tavba-e», dedi- da, o‘rnidan turib, xonadan chiqdi. «Eng kichik ilmiy xodim» esa joyiga qaytib, Anvarga aybdor odamning nigohi bilan qarab qo‘ydi. Anvar «meni kutayotgan noxushlik shu yerda shekilli?» degan o‘y bilan gazit sahifalariga ko‘z yugurtirdi. Uning nigohi sarsari kezmadi. Bir qarashdayoq Xolidiyning nomini topdi. Katta harflar bilan terilgan «Janozasiz ketganlar» degan sarlavha ustida «professor Xolidiy» deb qo‘yilibdi. Anvar maqolani o‘qimayoq, gap nimada ekanini angladi. — Hammasi ravshan! — deb gazitni g‘ijimladi-da, «eng kichik ilmiy xodimga» qaradi: — Domla Inoyatullo va Hikmat O‘rolov haqida, shundaymi? — Shunday... Lekin... oxirigacha o‘qing. Anvar gazitni qayta tekislab, maqolani nafas yutib o‘qiy boshladi. Xolidiy Stalin zamonasidagi qatli om natijasida ilm, xususan, tarix ilmi nechog‘li ta’qibga uchraganini yoza turib, ko‘plar qatori o‘zining ham aziyat chekkanini qistirib o‘tib, so‘ng gapni domla Inoyatullo taqdiriga burgan edi. Domla o‘ziga yaqin olib yurgan, hatto «shogirdim» deb faxrlangan bir guruh olimlarning unga xiyonat qilgani ham aytilgan, o‘sha «bir guruh» orasidan faqat Hikmat O‘rolovning nomigina zikr etilgan edi. Anvar «Xotin kishining makri qirq tuyaga yuk bo‘ladi, deydilar. Xolidiyning makri qirq emas, qirq ming eshelonga yuk bo‘lar-ov», deb yurardi. Bu maqolani o‘qiy turib fikrini o‘zgartirdi: «Uning makri qirq million eshelonga yuk bo‘la oladi!» Xolidiyning kim ekani, yuragi oqmi, qora ekanini bilmaydiganlar bu maqolani o‘qigach, uni aziyat chekkan, kuyunchak olim sifatida qabul qilishlari shubhasiz. Gazitni minglab odamlar o‘qiydi. Endi kimga borib «aslida Xolidiyning o‘zi ablah, Hikmat O‘rolov halol odam», deb ishontirish mumkin? Anvarni kutayotgan noxushlik maqolaning so‘ngida edi: «...Men hujjatxonada o‘tirib bu dalillarga duch kelgach, ko‘zlarimga ishonmadim. Yaqin do‘stimning shunday siri borligiga ajablandim. Ana shunda boshqa bir hujjatlarni o‘rganib o‘tirgan iqtidorli olim Anvar Sattorovichga o‘qib bergan edim, u jo‘shib ketdi. Ha, halol odam deb yurgani bunday munofiq bo‘lib chiqsa chidash qiyin. Anvar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling