Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
140 Chuvrindi uning amriga so‘zsiz itoat etdi. Onasi sog‘lom odamning ovozi bilan alik oldi. Buni eshitgan uy bekasi ajablanib, «astag‘firulloh» deb qo‘ydi-da, nari ketdi. — Xudoga shukr, kelding, — dedi onasi. — Bir gapni aytishim kerak. Shunda balki mendan rozi bo‘larsan, — onasi ko‘zini bir yumib, ochdi. — Otangning qaerga ko‘milganlarini bilib ol: hovlimizdagi baliqtutdan ikki qadam narida. Temir so‘rining tagida. Chuvrindi bu gap haqiqatmi yo o‘lim oldidagi alahsirashmi, bilmadi. Yana nima gaplari bor ekan, deb ko‘zlariga tikilib turaverdi. — Otang rashkchi edilar. Toqqa chiqib ketsalar ham tez-tez xabar olib turardilar. Men unda... pokiza edim. Otang tirikliklarida sira xiyonat qilmaganman. Bunaqa ish xayolimga ham kelmagan. O‘shanda pichanga ketdilar. Qaynonam... buving bilan munosabatimiz yaxshi emasdi. G‘alati odatlari bor edi... u kishi ham rashkchi edilar, — onasi shunday deb kulimsirashga harakat qildi, ammo bu kulimsirash ozg‘in yuziga ayanchli tus berdi. — Yolg‘iz o‘g‘illarini hatto mendan ham qizg‘anar edilar. Otangni kechalari ham chaqirib turardilar. Shunaqa asrardilar. Lekin... asragan ko‘zga cho‘p tushishini bilmagan ekanlar. Otang pichanga ketganlaridan keyin buving bilan aytishib qolib, uyimga ketdim. Sen hali qornimda eding. Uyga ketganimni kimdandir eshitib, bir kuni qorong‘i tushganida kelib qoldilar. Ortiqcha gap-so‘z bo‘lmadi. Dadam, akam bilan o‘tirib ichishdi, ovqatlanishdi. Keyin oralaridan gap qochdi. Yoqa bo‘g‘ishib qolishdi. Dadam bir urgan edilar... yiqilib, boshlari to‘nkaga urildi. Shu bilan oppa-osongina jonlari chiqdi-ketdi. — Onasi shunday degach, ko‘zlarini ohista yumdi. Chuvrindi bu holni ko‘rib qo‘rqib ketdi: o‘ldimi?! Shunaqa osonlik bilan jon berdimi? Yo‘q, onasi hali tirik edi. Og‘ir nafas oldi. Ko‘zlarini ochdi. — U kishini tut tagiga ko‘mdik. Odamlar bilib qolsa, dadam ham, akam ham ketar edilar. Otangning biznikiga kelganlarini odamlar ko‘rmagan ekan, bizdan gumon qilishmadi. Men esam... uyga sig‘may qoldim. Otangning ruhlari u uyda ham, bu uyda ham ta’qib qilaverdi. Tinchimni shaharda topmoqchi bo‘ldim. To‘g‘ri ishlab, to‘g‘ri yurib, to‘g‘ri yashamoqchi edim. Odamlar darrov meni suyuqqa chiqarishdi. Seni tug‘masimdan oldin pokiza edim. Xudoga shukr, sen haromi emassan. Senga haromning tomchisi ham tegmagan. Buving bilan buvang tirnoqqa zor edilar. Shuning uchun ham seni ularga... qoldirdim. O‘zimning ota-onamga ishonmadim. Dadam bexosdan urib o‘ldirgan bo‘lsalar ham yomon ko‘rib qoluvdim. O‘zimni oqlamayman. Mayli, sen ham oqlama. Gunohlarimni bilaman. Seni tug‘ib qaynota-qaynonam bilan birga yashayversam ham bo‘lardi. Seni o‘g‘rincha tug‘ib, o‘g‘rincha tashlamasligim kerak edi... Dadil aytilayotgan gaplar asta o‘chayotgan shamdek so‘na boshladi. So‘nggi so‘zlar shamchiroq singari titradi. Ko‘zlar yumildi. Yumilishi bilan bir tomchi yosh ojiz kipriklar orasidan sizib chiqdi. Shu dam darvoza ochilib, boshiga oq ro‘mol tashlagan ayol ko‘rindi. Uy bekasi shoshilib borib uni kutib oldi. Ayol erkak kishini ko‘rgach, yuzini to‘sdi. Chuvrindi nari ketdi. Ayol ayvonga chiqib bemorning yoniga o‘tirdi-da, avval pichirlab, so‘ng ovoz chiqarib duo o‘qidi, so‘ng «Yosin» surasini o‘qiy boshladi. Chuvrindining onasi ko‘zlarini yumganicha harakatsiz yotaverdi. Ayol surani o‘qib bo‘lib, dam solgach: — Egachi, ko‘zingizni oching, yaqinlaringizdan rozi bo‘ling, — dedi. — O‘lim haq. Hayot Olloh tomonidan bizga berilgan omonat. Mullaka, yaqinroq keling, siz ham rozi bo‘ling. — Roziman... Birgina so‘z... Tildan uchishi shunchalar og‘irmi? Yurakda tug‘ilgan so‘zning bo‘g‘izdan o‘tishi nechog‘li qiyin kechdi. Tildan uchishi esa yanada mushkulroq bo‘ldi. Ajabki... ona-bola bu so‘zni bir vaqtda aytdilar... — Endi, egachi, «la ilaha illoloh!» deng. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling