Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
139
— Krasnoyarda nima qilasan? — deb so‘radi Kesakpolvon. 
Otam topildilar, — dedi Asadbek. Keyin Anvardan eshitganlarini qisqa tarzda aytdi. — 
Qabrlarini ziyorat qilib kelaman. Balki jasadlarini shu yerga ko‘chirish kerakdir, a? 
Asadbek shunday deb Chuvrindiga qaradi. U javobga taraddudlanib, yelka qisdi: 
— Bunaqasini eshitmaganman. Mullalardan so‘rab ko‘rish kerak. 
— Sen qaytishingda Sobitxonga uchra. Holidan xabar olib, bahonada shuni ham 
so‘raysan. Bo‘pti, boshqa gap yo‘q bo‘lsa, sen boraver. 
— To‘xta, gap bor, — dedi Kesakpolvon. — Kavkazliklar xol qo‘yishibdi. Ishkal 
chiqadiganga o‘xshaydi. Bittasini chet elga o‘tkazib yuborishimiz kerakmish. Ungacha 
hech narsa aytmasmish. Tushunyapsanmi, bo‘yniga olmasmish. 
Ishni pishiq qilganman, devding-ku? 
— Ish pishiq edi. Shartga ko‘nishgan edi. Hayronman, bu ahmoq gapni ularga kim 
o‘rgatgan ekan? Xafa bo‘lmagin-u, Bek, shu ishda bir yanglishdik. 
— Sen yanglishding. Men yoqib yuborlaring, demovdim. Mahmud, nima deysan? 
Nima deyin, hayronman?.. Prokuror uyimga keldi. Tayin bir gap aytmadi. Murdani 
kavlatib yana tekshirtiribdi. Chaynalib-chaynalib qo‘yishidan bir baloni yashirayotganini 
fahmladim. Boshdayoq ishni unga topshirtirib xato qildik. Ishonchli odamlar bilan 
bitiraversak yaxshi edi. Tajribasizini yo‘lga solish qiyinroq bo‘larkan. Agar kavkazliklar 
rostdan ham chet elni da’vo qilishgan bo‘lsa, boshqa ishkallik ham chiqadi. Ularni boshqa 
turmaga ko‘chirtirishlari ham mumkin. Boshqa turmaga ko‘chsa, biz va’dani bajara 
olmasak, ular chidolmay qolishadi. Tergovchi shunda ularning hiqildog‘idan oladi. Mana 
shunisi xavotirli. 
— Xo‘sh, nima qilish kerak, deysan! — dedi Asadbek bir oz asabiylashib. 
— Prokuror bola bilan pachakilashmaslik kerak, — dedi Kesakpolvon. — Kavkazliklar 
chet elni xohlab qolishgan bo‘lsa, yana yaxshi. Jo‘nattiramiz. Faqat chet eldan sal 
nariroqqa... 
— O‘ylab ko‘rish kerak, — dedi Chuvrindi. 
— Nimani o‘ylaysan? Ularni gumon bilan qo‘lga olishdimi? Guvoh tanidimi? Bo‘ldi-da. 
Asadbek Chuvrindiga qaradi. Chuvrindiga bu to‘xtam ma’qul bo‘lmasa-da, xayoliga 
durustroq boshqa fikr kelmadi. 
Sen hoziroq ishga kirish, — dedi Asadbek, Kesakpolvonga qarab. — Ammo ehtiyot 
bo‘l, latta hidi kelmasin. 
— Xotirjam bo‘laver, kesak o‘g‘irlaydigan zamonlarim o‘tib ketgan, — dedi Kesakpolvon. 
U o‘rni kelganda Asadbekni cho‘qib olganidan xursand edi. Ularning suhbatlaridan 
bexabar Chuvrindi bu so‘z o‘yiniga tushunmadi. 
2 
Chuvrindi mashina kalitini Elchinga topshirgach, onasidan xabar olgani o‘tgan edi. U 
darvoza ostonasida ko‘rinishi bilan uy bekasi shoshilib peshvoz chiqdi-da: 
— Voy, xayriyat-e, nima qilishni bilmay, hozir otin oyiga bola jo‘natdim. O‘qimasa 
bo‘lmaydi shekilli? — dedi. 
— Tinchlikmi? — dedi Chuvrindi, ayvon tomon xavotir bilan qarab. 
Uy bekasi boshini sarak-sarak qilib, labini tishladi. 
Chuvrindi ayvonga yaqinlashdi. Onasining ko‘zlari yumuq. Uning hali joni bor ekanini 
ko‘kragining dam-badam sal ko‘tarilib tushayotganidan bilish mumkin edi. 
— Egachi, o‘g‘lingiz keldilar, — dedi uy bekasi. 
Bu gapni eshitishi bilan onasining yuzlari uchdi. Keyin ikkala ko‘zi baralla ochildi. 
— Yaqinroq boring, salom bering, keyin... roziliklarini oling, — dedi uy bekasi. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling