Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   228
XV b o b 
1 
Tunning dardlari arimasdan tong ota boshladi. 
Oy botdi. 
O‘tli hasratlarning fig‘onlari mangulikning sukutiga g‘arq bo‘lib botsa edi. 
Tong yorishib borardi. Ammo dil qorong‘uligicha qolaverardi. Har kun ahvol shu: dil 
qorong‘i, dil og‘riydi, ba’zan ko‘zyoshlari yomg‘ir kabi quyiladi. Ko‘zlarni yosh kuydiradi. 
Yuragi qiyma-qiyma, chilparchin, alamdiyda Zaynab tongni shu zaylda kutib olib, kunni 
shu holatda uzatadi. Kech kirganda uning yolg‘izligi boshlanadi. Orom ko‘zlariga kela 
qolmaydi, tunning tushlari kipriklarini yuma qolmaydi. 
Kasalxonaning alohida xonasida, alohida e’tibor og‘ushida yotgan Zaynab yolg‘iz qolgan 
kezlari boshini qaysi toshga urib yorishni bilmay qiynaladi. Yolg‘iz qolgan damlarida 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
133
uning uchun na quyosh, na nur, na hayot qo‘shig‘i bor. U daryodagi egasiz, yolg‘iz 
qayiqday mayoqsiz suzadi. O‘zicha vaqtni orqaga surib, hammasini boshqatdan 
boshlagisi keladi. Agar yuzidagi uyat pardasini sidirib tashlab, Jamshidda ko‘ngli borligini 
onasi orqali otasiga bildirsa, suygani bilan qovusharmidi? Axir ming-minglab odam aro 
ikkisi g‘oyibona ip bilan qattiq ulangani yolg‘onmi edi? Nahot otasi Jamshidni kuyov 
qilishni istamas edi? Bir necha og‘iz so‘z bilan taqdiri butunlay o‘zgarishi mumkin edi. 
Ana shunda otarchining qiyshiq panjalari badanini silamas edi. Har tun motam choyshabi 
yopilgan o‘rinda to‘lg‘onmas ham edi. Endi hech narsa yo‘q. Sevinchi kabi yongan u 
chiroq o‘chgan. Endi uning hayoti puch xayollar zindoniga berkilgan... Endi jonga 
halovatli xabar eshitmaydi... 
Zaynab o‘qigan, biladi: qadimda ovrupolik qiz-juvonlar bu dunyo hayotidan to‘yganlarida 
rohibalik ridosini egnilariga ilganlar. Bu dunyo huzur-halovatlaridan voz kechganlar. 
Zaynabga endi bu dunyoda qanday huzur-halovat qoldi? Kundoshi zaharidan ko‘z 
yumgan Kumushbibi undan ming chandon baxtli emasmi ekan? Dunyodan ketsa ham bir 
necha muddat suygani bilan qovushdi-ku? Murodiga yetdi-ku? Uning Otabegini 
o‘ldirmadilar, yoqmadilar-ku! Uning pokiza badaniga Homidning nopok barmoqlari 
tegmadi-ku?.. 
Zaynab shu xildagi xayollarga cho‘ri bo‘lib o‘tirganida ba’zan onasi kelardi. Onasi bilan 
nimani gaplashsin? Onasining qo‘lidan nima keladi — yig‘lashmi? Onasi har kelganida 
«odamning taftini odam oladi, xonangda yotavermay, chiqib, tengqurlaringga qo‘shilib 
tur», deb tayinlaydi. Onasining aytganini qilib, ularga hamsuhbat bo‘lgan taqdirda 
qanday naf oladi? Kimning eri qanaqaligini biladimi, yo bozorda chillaki uzumning narxi 
qancha ekanidan xabar topadimi, yo mashhur qo‘shiqchi ayolning qancha o‘ynashi 
borligi haqida bahslashadimi? 
O‘tgan kuni shunday bo‘ldi. Onasini kuzatib qaytayotganida suhbatlashib o‘tirgan 
juvonlarni bosib o‘tib keta olmadi. Qorinlarini qappaytirib, yumshoq o‘rindiqlarda 
yalpayib, xunuk bir alpozda o‘tirgan juvonlardan biri «keling, ovsin», deb uni davraga 
chorladi. Suhbat mavzui o‘sha qo‘shiqchiyu uning o‘ynashlari edi. Zaynab bu gaplarga 
toqat qilolmay o‘rnidan turdi. 
— Ha, ovsin, gapimiz yoqmadimi? — dedi davraga taklif qilgan juvon. 
— Ha, yoqmadi, — dedi Zaynab. 
— Voy savil, biz eshitganlarimizni aytamiz-da. 
— O‘sha qo‘shiqchi xonimning qo‘shmachisi sizlar bilgan narsalarning yarmini ham 
bilmasa kerak. 
Juvon Zaynabning erini eslatib, chimchilab, uzib oladigan bir gap aytmoqchi bo‘ldi-yu, 
kim bilan aytishayotganini unutmay «voy savil», deb labini cho‘chchaytirish bilan 
kifoyalandi... 
Onasi «odam taftini odam olar» deb shularni nazarda tutgan. Agar Zaynabning yuragi 
kengroq bo‘lganida bunday bachkanaliklarga e’tibor bermagan bo‘lardi. Kengga keng 
dunyo, torga tor dunyo deganlariday, hozir uning ko‘ngliga hatto qil ham sig‘maydi. 
Zaynab bu yerga kelmasidan avval, shodon kezlari ham to‘planib olib, g‘iybat balchig‘ini 
titib o‘tiruvchi xotinlarni yoqtirmas edi. Ba’zan o‘qishdagi dugonalari ham shunday 
suhbatni boshlab qolishsa «o‘llaring, qari kampirlarga o‘xshamay», deb nari ketardi. 
Xotinlar davrasining bu darajada bema’ni bo‘lishini shu yerda aniqroq bildi. 
Bu kasalxonada unga dalda bera oluvchi, ko‘ngilga orom hadya etishga qodir birgina 
juvon — Mardona. Hamshira bo‘lib ishlovchi bu juvonning suyaklari yo‘g‘on, yurishlari 
qo‘polroq bo‘lsa ham, chiroyli ko‘zlari hamisha kulib turardi. Bir kuni shu Mardona 
emlashga kirib, hasrat dasturxonini yoydi. Sevgan yigiti aldab tashlab ketgani, undan 
bo‘lgan bolaning o‘lik tug‘ilgani, so‘ng erga tekkani, sakkiz yildan beri farzand 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling