Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
124 birini Hazorga tashlasalar mayli, roziman, faqat bir o‘tinchim bor: yuragimni Vatanda qoldirsinlar. Ana shunda mening nimtalarim yuragimga talpinarlar, kelarlar va birlasharlar! Yurak — Vatandir, Vatan — yurakdir! Kim o‘z yuragidan voz kechadi? Hech kim! Ey Rabbim, o‘zga yurtda jonimni olib, jannatdan joy berganingdan ko‘ra, jonimni o‘z Vatanimda olu shuning evaziga joyni do‘zaxingdan beraver! Endi qo‘shiqning mazmunini angladingmi, birodar? — Angladim, — dedi Zelixon. Keyin bir tin oldi-da, Ismoilbey so‘zlarini takrorladi: — Vatani yo‘qning iymoni yo‘qtur... — Yaxshi aytding. Ona tilingni bilmasang ham, kallang joyida ekan. — Buni men aytmadim. Bir turk oqsoqoli aytgan edi. Urush davrida ularni ham Vatandan haydaganlar. Musofirlikda o‘ldi, Vataniga qarab turib, joni uzildi. — Qarab turib, dedingmi? Tushunmadim? Zelixon Ismoilbeyning so‘nggi daqiqalarini aytib berdi. Haydovchi gardanini silab qo‘yib: — Ha-a... — dedi. — O‘zbeklar yomon qilishdi. Ulardan buni kutmagan edim. O‘zbek yigitlar bilan birga xizmat qilganman. Mo‘min bolalar edi, hayronman... — Nega hayron bo‘lasan? Ularni bila turib shu ig‘vo gaplarga ishondingmi? — Ishonmay bo‘ladimi? Televizorda ko‘rsatib turibdi. Gapirib turibdi. Kattasi ham aytdi, qulupnay talashishibdimi? — Xafa bo‘lmaginu, ammo ahmoq ekansan. Oldingi gaplaringni eshitib senga ixlosim oshayotuvdi. Bu gaplaring ko‘nglimni aynitdi. — Xo‘p, men ahmoqman. Televizor yolg‘onni aytayotgan ekan, o‘zbeklaring nimaga jim turishibdi? G‘ururi bormi o‘zi ularning? Bizga tuhmat qilyapti, deb dunyoni alg‘ov-dalg‘ov qilib yuborishmaydimi! — Aytishga oson. Hozir men cho‘ntagimdan ingichka sim arqon olib bo‘yningga tashlab siqay, sen esa dunyoni alg‘ov-dalg‘ov qilib ber menga. Haydovchi indamadi. Yo‘l ikkiga ayrilgan joyga yaqinlashgach, mashinani sekinlatdi. — Menga qara, birodar, ovulingga bugun borishing shartmi? — Nima edi? — Shu yerdan o‘ttiz chaqirim yursak, mening ovulimga yetamiz. Sen chechen bo‘lsang ham hozir qo‘noqsan. Qo‘noqni ovulimdan chetlab olib ketsam, menga la’nat yog‘iladi. — Shoshilayotganim yo‘q... Meni birov kutayotgani ham yo‘q. — Shoshilmaganing yaxshi, ammo birov kutmagani yomon. Chechenni birov kutmasa yomon, juda yomon. Kichikroq bir dovonni oshib o‘tishgach, pastda bir qishloq ko‘rindi. Aslida ularni bu yerda hech kim kutmayotgan edi. Haydovchi daryo yonidagi bir uy oldida mashinani to‘xtatdi. — Bu uy opamniki, — deb ichkari kirdi. Bir ozdan so‘ng qaytib chiqib, Zelixonni ichkari taklif qildi. Xonadonda erkaklar ko‘rinmadi. Ayollar tezlik bilan joy hozirlashdi. Choy qaynaguncha erkaklar ham kelishdi. Dam o‘tmay hovli odamga to‘ldi. Birov Zelixonga sen kimsan, qaerdan kelding, boshingda qanday tashvishlar bilan yuribsan, demadi. Bu xonadonda bir soatcha o‘tirishgach, boshqa xonadonga taklif etildilar. Shu zaylda yarim tunga qadar mehmondorchilik bo‘ldi. «Hammani ham shunday kutishadimi yo mengagina iltifot ko‘rsatishyaptimi?» deb o‘yladi Zelixon. Tunda daryo bo‘yidagi sayhonlikda gulxan yoqildi. Zelixonni boshlab kelgan taksi haydovchisi yurakni larzaga soladigan hazin qo‘shiq boshladi. Bir nafasdan so‘ng uch- to‘rt erkak unga jo‘r bo‘ldi. Sayhonlikka odam to‘plana boshladi. Qishloqdagilar uxlayapti, deb o‘ylagan Zelixon ajablandi. Hazin qo‘shiq oxirlagach, kuy yangradi. Dilni yayratdi. Yoshlar o‘yin-kulgi boshladilar... Tongga yaqin haydovchi bir ozgina mizg‘ib olgach, yo‘lga tushdilar. Zelixon undan «qalay, ovulim yoqdimi?» degan savol kutdi. Undan hadeganda sado chiqavermagach: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling