Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
208 aniqroq aytsak, vahimaga solgani shuki, uyga kelib bir ozgina mudraganda ham, uyg‘onganida ham shu ovozni eshitganday bo‘ldi. Hozir, onasi chiqib ketganidan so‘ng ham qulog‘iga shu ovoz urilib, sapchib turib ketdi. «Bunaqada jinni bo‘lib qolaman, — deb o‘yladi, ikki chakkasini uqalab. — Nima qilay? Yolg‘iz o‘tirsam vos-vos bo‘lishim turgan gap. Kim bilan gaplashay? Kim ko‘nglim chigilini yozadi? Mardona... Yo‘q, yo‘q...». Zaynabning nafasi qaytib, hovliga chiqdi. 2 Avval bir qanot qirqildi, so‘ngroq ikkinchisi... U ikki qanoti kesilib, mushuklar orasida qolgan musicha holiga tushdi. Kechagina u o‘zini lochin his etgan edi. Dushmaniga chovut solmoqni niyat qilgan edi. Endi bilsa u bor- yo‘g‘i musicha ekan... Ikki qanoti yo‘q musicha... Dunyodagi hamma zo‘r tabiblar yig‘ilib «shu odam jinni», deb xulosa chiqarganida ham Elchin ishonmas edi. Ayniqsa jinni bo‘lib, o‘zini osishi. Elchin do‘stidan ayrilganiga bir kuysa, odamlarning «aqldan ozgan ekanda, a?» deb ishonganlariga o‘n kuyar edi. U Xonzodaning «keyingi paytlarda g‘alati bo‘lib qoluvdilar o‘zi», deganini eshitib, bu xotindan ham nafratlanib ketdi. Tushlarida Anvarni ko‘rib, alahsirab uyg‘onadigan bo‘ldi. Bir kuni mizg‘igan chog‘ida Anvar oppoq libosda ko‘rinib, maymunbashara odamga qo‘lini bigiz qildi: «Mening qotilim shu, ustozning qotili ham shu,— deb Elchinga qaradi: — Qasos olmaysanmi? Noila uchun qasos olmoqchi eding. Men-chi? Arzimaymanmi?..» Elchin ko‘zini ochib, o‘ylanib qoldi. Ko‘rgani tushimi yo o‘ngi ekanini anglamadi. O‘sha kuniyoq u Halimjonni izlab topdi. Daf’atan maqsadini ayta olmay, gapini uzoqdan boshladi: — Ishlar qanday bo‘lyapti endi? — dedi. Halimjon «bularning ishi qanday ekanini nahot bilmasangiz?» deganday unga ajablanib qaradi. — Qanaqa qopqonga tushganimni bilmay turibman, aka, — dedi gardanini qashib. — Haydar aka deganlari, bilmayman, odammi yo ho‘kiz-po‘kizmi... Gapga tushunmaydi. Ho‘kizga «xo‘-o‘sh!» desangiz tushunadi, buningiz tushunmaydi. O‘zi jimittakkinayu havosi devdak. Bir xil paytlarda mijib tashlagim kelyapti. Boshqalari ham shunaqa bo‘lsa, ranjimangu aka, bular minan mening chatag‘im yo‘q. — Ha, nima bo‘ldi o‘zi? — Men Asad akaga ham to‘g‘risini aytganman. Urish-o‘ldirish mening kasbim emas. Haydar aka tunovinda bir ish topshirdi. Aka-ukalarning kimdandir qarzi bor ekan. Ikkovini tutib kelishdi. Ukaga aytildi-ki, uch soatda pul bo‘lsin, yetkazib kelmasang, akang o‘ladi. Men sodda, buni po‘pisa deb o‘ylabman. Uch soatda pul kelmagach, akani urib, mijib qo‘yasan, deb menga buyruq berdi. «Urmayman», dedim. To‘g‘ri-da, uni tanimasam, bilmasam. Puli yo‘qdirki, vaqtida bermagandir. Yo‘q, tushuntira olmadim. Boshqalar urib ketishdi. Men uni ajratib oldim. — Bekor qilibsiz. Ular balki sizning himoyangizga arzimas. — Nega unday deysiz? Pul uchun ham odamni shunday urish mumkinmi? — Mumkin. Pulning qanchaligini bilmadingizmi? Bu aka-uka kimnidir kuydirgan. Bularning qo‘lida pul aylanib turishi kerak. Aylanmasa «o‘lik pul» deyishadi. Garovda million so‘ming turibdi nimayu millionta murdaning egasi bo‘lding nima, farqi yo‘q. Ular orasida «pul jigar qonidan bo‘lgan» degan aqida yuradi. Pul uchun qotil yollab, eng yaqin odamini ham o‘ldirtirib yuborishdan qaytishmaydi. O‘sha siz rahm qilgan aka-uka, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling