Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
211 — Bir narsadan xavotirdamisiz? — deb so‘radi. Keyin izoh berdi: — Orqadagi mashinadan qo‘rqmang. Kerakli uyga kirib chiqqanimizdan so‘ng sizga yuk bo‘lmay olib ketar, degan maqsadda «izimizdan yur», devdim. — Valya, siz menga yaxshiroq qarang, men qo‘rqadigan yoshdan o‘tganman. Zeli og‘a tariximni aytib bermadimi? — Siz haqingizda juda oz gapirdi. Lekin eng muhim ishni aytib ketdi. — Aytib ketdi? — Elchin ajablanib unga qarab oldi. — Aytib yubordi, demoqchiman, — dedi Valya xatosini tuzatib. — U siz haqingizda Xongireyni ogohlantirdi. Endi siz shaxsan Xongireyning himoyasidasiz. Hech narsadan qo‘rqmang. — Anavi g‘ilaydan hammi? — dedi Elchin hazil ohangida. — Fu, — dedi Valya labini burib, — u peshka-ku! Qulvachcha-ku!.. Ha-ya, esimdan chiqibdi. Zelya yana bir gapni aytib yubordi. Sizni qiziqtirgan odam chindan ham Sochida edi. — Kim? — Jamshid, — Valya Jamshid bilan tanishganini, g‘ordagi uchrashuvni qisqacha bayon qildi. — Hozir ham Sochidami? — Ketgan bo‘lishi ham mumkin. — Qayoqqa? — Balki Moskvadadir. U endi Xongireyning xizmatini qiladi. — O‘zi istadimi? — Uning istagi kimga kerak, Xongirey istadi. — O‘zi xohlamasa-chi? — Unda... rostdan ham o‘ladi. — Xongireyning odami kammi, uni nima qiladi? — Bu, azizim, ularning ishi. Siz hozir repetitsiyangizga ketyapsizmi, demak, shu ishni o‘ylang. — Umuman, yaxshi taklifni aytdingiz. Bizda och qornim, tinch qulog‘im, degan maqol bor. — Maqolingiz yomon emas, ammo qorin to‘q, quloq tinch bo‘lsa, yana yaxshiroq. — Valya, bir narsani so‘ramasam, «bu odam g‘irt laqma ekan, bir og‘iz gapimga ishonib xazinani qo‘limga tutqazib yubordi», deysiz. Men Zeli og‘ani bilaman, qo‘li ochiq odam. Lekin sizga bunchalik hotamtoylik qilganining boisi nima ekan? U bilan yaqin edingizmi? — Er-xotindan ham yaqinroq edik. — Tushunmadim? — Nimasiga tushunmaysiz? Sizga o‘z xotiningiz yaqinmi yo o‘ynashingizmi? Har bir erkak xotinidan qizg‘anganini o‘ynashiga hech ikkilanmay sarflaydi, yo noto‘g‘rimi? Buni siz yaxshi bilasiz. San’atkorning o‘ynashi ko‘p bo‘ladi. — Afsuski, men o‘ynashi yo‘q san’atkorlardanman. — O‘, shundaymi? Buning uchun chindan ham afsus qilish kerak va bu xatoni tuzatish shart, — dedi Valya kulib. — Menga o‘xshaganlarni topib oling. — Sizga o‘xshaganlar bu shaharda boshqa yo‘q bo‘lsa-chi? — Men hozircha shu shahardaman-ku?! — Valya shunday deb ko‘zlarini nozli suzdi. Elchin ko‘zguga qarab oldi-da, mashina tezligini oshirdi. Buni sezgan Valya «nima gap?» deb xavotirlandi. — Qozoqlar chiroyli juvonlarni olib qochib ketishadi. Men ham sizni g‘ilaydan olib qochyapman. — Siz qozoq emassiz-ku? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling