Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
213 — Hosilnikiga hayda, — dedi Valya amr ohangida. Bir necha daqiqa burun ko‘zlari nozli suzilib, o‘ynashlikka rozi bo‘layozgan xonim endi bekalik martabasiga chiqib oldi. Elchin ham unga so‘zsiz bo‘ysundi. — Nima yozganini so‘ramading? — dedi Elchin bir oz yurishgach. — Hosil tarjima qilib beradi. — Hosilnikiga borguncha xatning mazmuni o‘zgarib qolmaydi. Unda xazina haqida gap yo‘q. — Nega? — Valya unga hayrat bilan tikildi. — Nimani yozibdi? — Sen avval Zeli og‘aga nima bo‘lganini ayt. — Aytsam, aytmasam u endi yo‘q, bildingmi? — Nima bo‘ldi? — Mening bilganim shuki, u Moskva yuritayotgan bir siyosatga aralashib qolgan. Bu sohada biron nimani bilib qolgan kimsaning tirik yurishi mumkin emas. — O‘ldirishdimi? Qaerda? Sochidami? — Bilishimcha, o‘zining qishlog‘ida. — Qiziq... u qishlog‘iga ketgan edi. Menga Sochidan qo‘ng‘iroq qildi. Sochiga nima uchun bordi, seni ko‘rganimi? Keyin yana qishlog‘iga qaytdimi? — Mening bilganim shuki, Sochiga uni Xongirey oldirib keldi. Qutqarib qolmoqchi edi, eplay olmadi. Bu masalani chuqurlashtirma, qancha tez unutsang, o‘zingga shuncha yaxshi. Xatda nima debdi? Unga bir nima bo‘lganini qaydan payqading? — «Uzoqroq safarga qaytmas bo‘lib ketsam...» deb yozibdi. — Keyin-chi? — Bo‘yindagi qarzni sen to‘lab qo‘y, debdi. — Qanaqa qarz? — Farg‘onada bir turk qadrdoni bor edi. Uylari yonib ketgan ekan. Shuning o‘rniga masjid qurdir, debdi. — Masjid? — Valya sumkasidan sigaret chiqarib labiga qistirdi-da, tutatdi. — Esi past edi Zelyaning, esi pastligi uchun o‘lib ketdi. — Uning o‘lganini o‘zing ko‘rdingmi? — Yo‘q... Mening uyimdan olib ketishdi. O‘lganiga ishonmayapsanmi? Ishonaver. Ularning changalidan chivin ham qutulib chiqolmaydi. Elchin Hosilning mahallasiga yetganda chap qolib, atayin o‘ng tomonga burildi. Valya buni ko‘rib: — Chapga yurmaysanmi? — dedi. Elchinga shu gap kerak edi — Valyaning bu yerda avval ham bo‘lganini aniqladi. Darvoza ostonasida ularni Shomil qarshiladi. U g‘ilay ko‘zlarini Elchinga xunuk tarzda qadadi. — Hosil uydami? — dedi Valya hovliga kirib. — Ha, — dedi Shomil, — ichkarida. Valya Elchinga qarab «kutib tur», dedi-da, uy tomon yurdi. Elchin turgan joyida qotib turaverdi. Shu topda, kutilmaganda xayoliga bir fikr keldi: «Zeli og‘ani shularning o‘zi gum qilmadimi? — deb o‘yladi u. — Bularga faqat pul kerakmi? Hosilboyvachcha shu pulga muhtojmi?» Zelixon xayrlashayotgan paytda, qaytib kelmas bo‘lib ketayotganini sezganmi, semiz diplomatni Elchinning qo‘liga tutqazib: «Buning ichida ozgina pul, tilla, javohir bor. Qaytib kelmasam, men aytganday ishlatasan. Nima qilishingni bir xatga yozganman. Xatni Valentinanikiga qo‘yganman. Qaerdaligini senga alohida ma’lum qilaman. Ishonmayapti, deb o‘ylama. Shu xatni o‘qib, nima bo‘lganimni, nima qilish kerakligini bilasan», degan edi. Keyin «bu diplomat sen uchun bombaday gap, buning xushtorlari |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling