Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
215
Elchin «bu kunlaringdan o‘lganlaring yaxshi» deb o‘ylab ko‘chaga chiqdi-da, mashinasiga 
o‘tirdi. Shomilning nima sababdan yo‘q bo‘lganini uyiga qaytgach bildi: uyi yov bosgan 
dala holiga keltirilgan edi. G‘ilay hech narsadan tap tortmay uyni alg‘ov-dalg‘ov qilib, 
Zelixonning xazinasini qidirgan edi. 
Elchin shundan so‘ng Valyani boshqa ko‘rmadi. Lekin Hosilboyvachchaning yigitlari 
kuzatib yurganini sezdi. Shu sababli Farg‘onaga borish, masjid qurish ishini keyinroqqa 
surdi. 
XXVI b o b 
1 
Xasta Asadbek uchun Krasnoyar safarining o‘zi yetarli edi. Jismini ezayotgan og‘riqqa 
chidadi, sabr etdi, lekin ruh azobiga dosh berishi og‘ir kechdi. Otasi bilan g‘oyibona 
uchrashuvining o‘ziyoq yuragi uchun og‘ir yuk edi. Ana shu yuk bilan uyga qaytaman, 
deb turganida yangi safar tashvishi ko‘ndalang bo‘ldi. O‘g‘illarini uylantirish masalasi 
fikrini band etsa-da, uni yaxshi ma’nodagi tashvishlar sirasiga qo‘shish mumkin. Biroq 
Xongirey bilan uchrashuv... Hosilboyvachchaning Xongirey orqali tazyiq o‘tkazmoqchi 
bo‘lishi... Asadbek bu yigitning qachondir chang solishini bilardi. Lekin boshqa birovning 
tirnoqlari bilan chang solishi mumkinligini o‘ylab ko‘rmagan edi. Kesakpolvonga: «Hosil 
haddidan oshgan kuni bir chertsam, chiqqan joyiga kirib ketadi», deb yanglishganini 
endi angladi. Hosilboyvachcha bilan olishuv oylari, kunlari yaqinlashganini ham fahmladi. 
Bu haqiqatni kechroq tushunib yetganini ham bilib «nega g‘aflatda qoldim?» deb ezildi. 
Xongireyning chiqib ketayotib, eshik ostonasida aytgan gapi Asadbekni ham, Chuvrindini 
ham uzoq o‘yga botirdi. «Bir yigiting endi mening xizmatimni qiladi. Uni qidirma, u sen 
uchun o‘lgan», degan gap Asadbek uchun muammo bo‘lib qolaverdi. Chuvrindiga esa 
chigalning bir uchi ko‘rindi. U o‘sha kuniyoq Sochiga, Jamshid yashayotgan uyga 
qo‘ng‘iroq qildi. Uy bekasi Jamshidni ikki yigit kelib olib ketganini aytdi. Chuvrindi 
Jamshidni Xongireyning yigitlari olib ketganini tushundi. Lekin unga bir narsa qorong‘i 
edi: Xongirey Jamshidning iziga qanday tushdi? 
... Asadbek kutib olgani chiqqan Kesakpolvonga qarab «eski shaharga boraman», dedi. 
Uning xohishi Kesakpolvonga g‘alati tuyulsa-da, amriga itoat etdi. 
Asadbek bolaligi o‘tgan uyga qadam bosganida o‘pkasi to‘lib, yig‘lagisi keldi. Bo‘g‘zi 
faryod to‘lqinlariga to‘g‘on bo‘lsa-da, kipriklari yosh daryosini to‘sa olmadi. Chuvrindi 
uning holatini bilib, Kesakpolvonni to‘xtatdi. Ikki a’yon hovlida qoldi. 
Asadbekning xayolida onasi uyda o‘tirgandek, «bolam, adangni ko‘rib keldingmi?» 
deyayotgandek edi. Ichkari uyda Samandar xasta ovozi bilan «Samalo‘t, qanotiyni 
pastlab o‘t...» deganday bo‘ldi... Asadbek kursiga dahanini tirab, anchagacha o‘tirdi. 
Ko‘zlaridan yosh quyulaverdi. Bo‘g‘zini hatlab o‘tolmayotgan faryod yuragini ezaverdi. 
U qancha o‘tirganini bilmaydi, yosh daryosi qurib, faryod pinakka ketganida Chuvrindini 
chaqirdi: 
— Mahmud! 
Yig‘i aralash, titrab chiqqan bu ovozni eshitib, ikkala a’yon ham shoshilib ichkari kirdilar. 
— Mahmud, sen mahallaga chiqib, Soli otani top. Elliginchi yilda bir pochtachi bo‘lardi. 
O‘shani boshlab kelsinlar. Ha, chap qulog‘ini o‘q olib ketgan pochtachi degin. 
Chuvrindi ko‘chaga chiqib ketgach, Kesakpolvon «men uyda qolaveraymi yo chiqaymi?» 
degan ma’noda qaradi. Xayoli ota-onasi bilan band bo‘lgani uchun Asadbek unga e’tibor 
ham bermadi. Krasnoyardagi uchrashuvda otasining uydan maktubni orziqib kutganini 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling