Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
74 qulfini o‘zi ochsin. «Aytadiganini aytib olsin», deb jimgina tinglayotgan Asadbekka bu gap malol keldi: — Dilingiz qulfini? Dilim qulflog‘lik ekanmi? — Achchig‘ingiz chiqmasin, Bek aka. Zinoni, zulmni, harom ishlarni tark etmagan odam chin muslim bo‘la olmaydi. Men sizni mana bu yo‘ldan yuring, deb zo‘rlamayman, menda bunday huquq yo‘q, Mening vazifam— aytib qo‘yish. Bek aka, ochig‘ini aytsam, kelishingizga ishonmagan edim. — Men ham ochig‘ini aytay: dastlab oyog‘im tortmadi. Lekin ko‘nglimda bir istak uyg‘ondi. — Bu Ollohning qudrati-da! Bizni uchrashtirishni lozim topibdi, o‘ziga shukr. Birodarimiz tasvirni ko‘rsatdilarmi? — Ha, ko‘rsatdi. — Bu holga nima deysiz? Dahshatmi? — Ha, dahshat... ammo nima deyishga hayronman. — Sizdayin aql egalari, kuch egalari hayron bo‘lib tursa... Odamlar qo‘zg‘olishdi. Erkka boshlash fursati yetmadimi ekan? Asadbek bu savolga darrov javob bera olmadi. Shunga o‘xshash gaplarni u avvalroq deputat Orzubek Boltaevdan ham eshitgan edi. Asadbek, garchi shunday deguvchilarga hayrixoh bo‘lsa-da, o‘zining qalbida, ruhida bu tuyg‘u yo‘q darajada edi. Bunday tuyg‘u bir-ikki odamning da’vati bilan uyg‘ona qolmaydi. Aniqsa yosh o‘tib qolgandan so‘ng vatanparvarga aylanish qiyin, juda qiyin. Sobitxon Asadbekka o‘xshaganlar birlashib, odamlarni ergashtirishi mumkin, deb o‘ylab xato qilgan edi. Asadbeklar tor bir xum ichida ulg‘ayishganini, ularning dunyoqarashlari ham, tuyg‘ulari ham shu xum qadar ekanini anglay olmagan edi. Asadbek masjid qurdirib, o‘zi namoz o‘qimagani kabi, shu Vatanda yashab, vatan tuyg‘usidan benasib edi. U vinzavodni qo‘ldan chiqarmaslik uchun jon fido qilar darajada olishmog‘i mumkin, ammo «yurt erki uchun jon fido qila olasanmi?» degan savolga «nima uchun men fido bo‘lishim kerak ekan?» deb javob berishi ham ehtimoldan uzoq emas. Shu sababga ko‘ra Sobitxon savoliga darrov javob qaytarmadi. Alhol u «Hozirgina oxiratni gapirib alahsirayotgan bu qori nima uchun gapni siyosatga burdi?» deb ajablandi. Sobitxon undan javob kutib toliqdi. Ko‘zlarini yumdi-da: — Qani edi, bir mard chiqib «O‘zbekiston o‘ziga mustaqildir, O‘zbekiston hech kimga bo‘ysunmaydir!» deb jar solsa. Shu xitobni eshitib ketsam armonim qolmas edi, — dedi. — Qorijon, do‘xtirlar bilan gaplashib, olib ketaymi? — Qulluq, Bek aka. Shu gapingizning o‘ziyoq menga jon berganday bo‘ldi. Dardni olloh berdi, shifosini ham o‘zi beradi, inshoolloh. Shifoni shu yerda beradimi, boshqa yerdami, farqi yo‘q. Asadbek yana bir oz suhbatlashib o‘tirib, so‘ng xayrlashdi. Chuvrindi uni dahlizda kutib turgan edi. Yo‘l-yo‘lakay hisob berdi: — Yarasi og‘ir ekan, hozircha qimirlatmaslik kerak, deyishdi. Joni omon qolsa ham, oyoqlari ishdan chiqishi mumkin ekan. — Yaxshi, keyinroq olib ketamiz. Bunaqa odamlar o‘lmasligi kerak. Sen... kirib do‘xtirni rozi qilib chiq, yaxshiroq qarasin. Qo‘qondan chiqqunlaricha xuddi suhbatlarini birov poylab, eshitib qoladiganday jim ketishdi. So‘nggi tekshiruvdan o‘tishgach, Chuvrindi: — Nimaga chaqirtirgan ekan? — deb so‘radi. — Moshinasini o‘g‘irlatganida bir-ikkita sassiq gap aytuvdi, esingdami? Shunga rozi- rizolik so‘radi. — Rozi-rizolik? Nima, ahvoli shunaqa og‘irmi? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling