Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
72
Jamshidning o‘rniga tavsiya etilgan yana ikki yigit Asadbekning ko‘ngliga o‘tirmagani 
uchun Chuvrindining o‘zi unga hamroh bo‘ldi. Dovondan oshgunlariga qadar erkin 
qushdek edilar. Qo‘qonga yaqinlashganlari sayin mashinani tez-tez to‘xtatishga to‘g‘ri 
keldi. Mashina obdan tekshirilgach, soqchiboshiga «o‘lim to‘shagidagi qarindoshlarini 
ko‘rgani ketayotganlarini» tushuntirishga majbur bo‘lishardi. Ular peshinga yaqin 
kasalxonani topib bordilar. 
— Sen do‘xtirlar bilan gaplash,— dedi Asadbek Chuvrindiga,— kasali nima, shu yerda 
tuzatsa bo‘ladimi yo boshqa yoqqa olib borish kerakmi? 
Chuvrindi buyruqqa itoat etib, tabiblar xonasi tomon yurdi. Asadbek esa Sobitxon 
yotgan xona eshigini ochdi. Uch kishilik xona to‘rida, deraza yonida Sobitxon shipga ko‘z 
tikib chalqancha yotar, ikki karavot esa bo‘sh edi. U Asadbekni ovozidan tanib, boshini 
burdi. 
— Ha, Qori, tuzukmisiz? — dedi Asadbek, salomlashgach. 
— Xudoga shukr,— dedi Sobitxon xasta ovozda.— Men sizni urintirganimdan 
hijolatdaman. Aslida uzrimni o‘sha siz ko‘rgan birodarim orqali aytib yuborsam ham 
bo‘lardi, ammo uzrimni az taxi dil qabul etdingizmi yo yo‘qmi, o‘z qulog‘im bilan eshitay 
dedim. 
— Qanaqa uzr? 
— Men sizni ranjitgan edim. Moshinamning yo‘qolishida sizni gumon qilib edim. Men 
ham Ollohning gunohkor quliman-da, bu dunyo moli uchun sizga tuhmat qilibman. 
— E, Qorijon, shuni o‘ylab yuribsizmi, kuyinmang, bunaqa gaplarga o‘rganib ketganman. 
Men gumonlaru mish-mishlar orasida yashaydigan odamman, sizdan xafa emasman. 
Men haqimda mish-mish chiqmay qolsa bir narsamni yo‘qotganday gangiydigan bo‘lib 
qolganman. 
Gapning bu zaylda hazilga burilishi Sobitxonga ta’sir etmadi. U ko‘zlarini ma’yus tikkan 
holda: 
— Mendan rozi bo‘ling, Bek aka,— dedi. 
— E Qorijon, nima deyapsan, yosh odam, darrov... 
— Gap yoshda emas. Kimdan qachon omonatini so‘ramoq Ollohning o‘zigagina ma’lum. 
Rozilik faqat jon halqumga kelgandagina so‘ralmaydi. Mo‘’min aybini tushunib yetgani 
hamon birodaridan rozilik so‘rashi kerak. Men sizning oldingizda aybdor ekanman, to siz 
rozi bo‘lmaguningizcha Olloh mening bu gunohimni kechira olmaydi. Rozilik shuning 
uchun so‘raladi. Rozi bo‘ling, Bek aka. 
Asadbek hech ikkilanmasdan «Roziman» deyishga tayyor edi. Aytishga og‘iz juftladi 
ham, ammo ana shu oddiygina so‘z tilidan uchishga qiynaldi. Nazarida shu so‘zni aytishi 
bilan, yuzidan nur yog‘ilib turgan bu odam jon beradiganday edi. 
— Bek aka, o‘ylanib qoldingiz, rozi emasmisiz? 
Xavotirli bu savoldan so‘ng so‘z beixtiyor uchdi: 
— Roziman, Qorijon, roziman. Sizdan xafa emasman. To‘g‘ri, o‘shanda sal jahlim 
chiqqan, shuning uchun sizga qattiq gapirib yuborganman. Lekin ko‘nglimda kir saqlab 
qolmaganman. 
— Qattiq gaplaringizdan men ham xafa emasman. Sizdan roziman,— Sobitxon shunday 
deb chuqur nafas oldi.— Ollohning qudratini qarang, vujudim birdan yengillashdi. Biz 
g‘ofil bandalarmiz-da. Birimiz bu dunyoni sevib yashaymiz. Birimiz jirkanib yashaymiz. 
Men Olloh bergan shu bir tutam umrimda dunyodan jirkanib yashadim, shunisiga 
quvonaman. 
— Jirkanib? — Asadbek Sobitxonning gapiga tushunmadi.— Nimaga jirkanib yashaysiz? 
— Gapimni boshqacharoq angladingiz chog‘i? Bu dunyoni sevmoq — oxiratni unutmoq 
degani. Bu dunyo hayoti, hoyu havaslar bir soya kabidir. Bilasiz, soya birdaniga g‘oyib 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling