Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
80 — Aytsang, o‘ldiramiz, deyishgan. Bola-chaqang garovda deyishgan... — Kim? — Bilmayman, tanimayman ularni. — Nechta odam edi? — Ikkita... ular bu yerning odami emas, tili boshqacha edi. — Bu yerda «Jiguli» ham bor edimi? — Bor edi, bir jingalak sochli yigit turuvdi. — Keyin nima bo‘ldi? — Gaplashishdi. Keyin menga javob berishdi. — Urishishmadimi? — Yo‘q. — Osishganda qaerda eding? — Menga javob berishdi, ketuvdim. — Yolg‘on gapirma! — Hamdam shunday deb arqonni tortdi. — O‘lik yonayotganda ham shu yerda bo‘lgansan. Mashinangni ko‘rganlar bor. — Ha... Ha... moshinangda qimirlamay o‘tir, deyishdi. O‘tirdim. Bola-chaqam garovda edi... — Sen hozir ham garovdasan. Ikki yo‘ling bor: yo o‘sha odamlarni bizga topib berasan, yo shu yerda ko‘mirga aylanasan. — Men ularni tanimayman... Kira qilib olgan edim. Lekin bir uyga kirib chiqishgan edi. Balki o‘sha yerda turishar?.. Reja bo‘yicha Sayfi bu gapni so‘roqning yo uchinchi yo to‘rtinchi kuni aytishi lozim edi. Ish shu darajada tezlashib, murakkablashib ketdiki, aytmaslikning iloji qolmadi. Qaytishda mashinani Hamdam haydadi. Sayfi qil ko‘prikdan o‘tib, arang omon qolgan odam holiga tushgan edi. U ukasini qamoqdan chiqarish, hech bo‘lmasa muddatini kamaytirishga yordam so‘rab Haydarga murojaat qilgani uchun endi o‘zini o‘zi la’natladi. To‘g‘ri, ukasiga joni achiydi. Lekin, hozir ayon bo‘ldiki, o‘zining joni yanada shirinroq ekan. Dastlab unga vazifa oson ko‘ringan edi. Ikki kavkazlikni ijaradagi uyidan oladi, o‘likxonaga boradi, ular o‘likni o‘rab olib chiqishadi, so‘ng katta yo‘l yoqasidagi daraxtga osishadi, tamom vassalom. Milisa so‘ragan taqdirda faqat o‘likxonaga borilganini aytmaydi. Kavkazlik yigitlar ijarada turadigan uy ko‘rsatib qo‘yiladi, xolos... Sayfi bir-ikki so‘roqqa chaqirishadi-yu, so‘ng holi qo‘yishadi, deb o‘ylagan edi. Agar uning iziga Hamdam tushmay, boshqa odam, masalan Zohid tushganida balki shunday bo‘larmidi... Bir kunda gullab qo‘ygani uchun endi Haydardan qo‘rqa boshladi. «Bu balki yolg‘ondan qo‘rqitgandir, Haydar aka po‘pisa qilib o‘tirmas», deb yuragi orqasiga tortib ketdi. «Balki o‘zimni moshinadan tashlab, birato‘la qutulub qo‘ya qolsammikin», degan xunuk fikrga ham bordi. Shu onda Hamdam xuddi uning fikrini o‘qiganday bir qarab oldi: — Sen qo‘rqma, — dedi u, — senga tegishmaydi. Bizga to‘g‘risini aytib, yordam bersang joning omon qoladi. Kerak bo‘lsa, odam qo‘yib seni qo‘riqlaymiz. Aldaydigan bo‘lsang, ularga sherik hisoblanib, xalta-xurjuningni ko‘tarib jo‘naysan. Bu o‘yin shunaqa bo‘ladi: yo ostidan, yo ustidan! Bu safar «chapga», — «o‘ngga», deb Sayfi yo‘l ko‘rsatib turdi. Eski shaharning tor ko‘chalaridan o‘tishayotganda o‘ng qo‘ldagi temir darvozani ko‘rsatdi: — Shu uyga kirib chiqishgan. — Adashmadingmi? — Yo‘q, ana, chap tomondagi axlatxona esimda qolgan. Hamdam «yaxshi», dedi-yu, mashinani to‘xtatmadi. — To‘xtatmaysizmi? — Nega? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling