Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
79
— Yo‘q, — dedi Sayfi ajablanib. 
— Yo‘lda olvol, o‘n litr yetadi. 
— Uzoqqa boramizmi? 
— Uzoqqa... shunaqangi uzoqqa... 
Sayfini endi rosmana qo‘rquv o‘z to‘rlariga o‘ray boshladi. Barmoqlariga titroq yugurdi. 
Hamdam buni sezib, quvonib ketdi. Sayfi yo‘lda to‘xtab, benzin oldi. Xo‘jalik mollari 
do‘koni yonidan o‘tayotganida Hamdam mashinani to‘xtatdi-da: 
— Ikki quloch arqon olib chiq, — deb buyurdi. 
— Qanaqasidan? 
— Mol bog‘laydigan, pishiqroq bo‘lsin. 
Sayfi bu buyruqni ham bajardi. 
Katta yo‘l yoqasidagi o‘sha daraxt yonida bir «Volga», uning yonida esa Zohid bilan 
mayor Soliev turishardi. 
— Motorni o‘chirib, kalitni menga ber, — dedi Hamdam. Sayfi titroq barmoqlari bilan 
kalitni uzatdi. 
— Esladingmi? — dedi Hamdam ko‘zini daraxtga tikib. 
— Nimani? 
— O‘zingni ovsarlikka solma. Nimani so‘rayotganimni bilib turibsan. Yigirma sakkizinchi 
mayda bu yerga kim bilan kelgansan, nima ish qil- 
gansan? 
— Bu yerga birinchi kelishim. 
— Shunaqami? Qani, tush mashinadan, — Hamdam shunday deb arqonni qo‘liga olib, 
mashinadan tushdi. — Yukxonani och, kanistrni ol. 
— Nimaga? 
— Olaver, menga kerak. 
Ko‘ngli yomon bir shumlikni sezgan Sayfining oyog‘idan mador qochdi. «Volga» yonida 
turganlarga xavotir bilan qarab, Hamdamning buyrug‘iga itoat etdi. Daraxt ostiga 
borishganda Hamdam arqondan sirtmoq yasadi. Sayfi ko‘zlarini javdiratib, atrofga 
alangladi. 
— Qochishni o‘ylama. Bir qadam nari-beri qo‘ysang, otilasan. Yordam ham kutma, 
mashinasini to‘xtatib yordam beradigan ahmoq yo‘q bu yerda. 
— Nima qilmoqchisiz? — dedi Sayfi titroq ovozda. 
Uning bu holatidan Hamdam mamnun bo‘ldi — unga aynan shu kerak edi. 
— Seni osmoqchiman, — dedi xotirjamlik bilan. — Keyin... yoqaman. 
— Haqqingiz yo‘q! 
— Nega haqqim bo‘lmas ekan, haqqim bor, og‘ayni. Bu shoxga ikkita odam osildi. Sen 
uchinchisi bo‘lasan. Biz esa qotil topilmadi, deb ishni yopdi-yopdi qilib yuboraveramiz. 
— Haqqingiz yo‘q! — deb baqirib yubordi Sayfi. 
— Sening haqqing bormidi? 
— Men o‘ldirganim yo‘q! 
— Kim o‘ldirdi? 
— Bilmayman. 
Hamdam teskari qaradi. Uning harakatini diqqat bilan kuzatayotgan Sayfi ham boshini 
burdi. Shu zahoti Hamdam chaqqonlik bilan bo‘yniga sirtmoqni tashladi. Sayfi arqonni 
ikki qo‘li bilan changallab, jon holatda baqirib yubordi. Zohid u tomon intilib qadam 
qo‘ygan edi, mayor Soliev to‘xtatdi. 
— Yigirma sakkizinchida kelganmisan? — deb so‘radi Hamdam. 
Kelganman, — dedi Sayfi jon talvasasida. 
— Nima uchun ertalabdan beri meni laqillatasan? 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling