Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
78
— Yigirma sakkizinchida yurgan yo‘llaring esingga tushib qolsa, chaqirasan. 
Eshik sharaqlab yopilishi bilan Sayfi lahadga tushib qolganday seskanib ketdi. Bir necha 
soatga emas, bir umrlik qamoqqa tushganday badaniga qo‘rquv titrog‘i yugurdi. 
«Haqqingiz yo‘q!» deb baqirmoqchi edi, o‘zini tutdi. Haydar akasining gaplarini esladi: 
«Seni qamab qo‘ysalar ham churq etma. Keyinroq gapirib berasan. Ulardan qo‘rqdim, 
shu sababli darrov aytmadim deysan. Ukangni vaqtliroq qutqarish uchun ozgina jabr 
cheksang o‘lib qolmassan». Sayfi kavkazlik ikki yigit og‘ir jinoyat qilgan bo‘lsa ham, 
bunga mening dahlim yo‘q, deb o‘ylayotgan edi. Hali, murda osilgan daraxt yonida 
dovdiramaganining sabablaridan yana biri — murda yoqilgan paytda u nariroqda, 
mashina ichida edi. Bu tomonga qarashga qo‘rqib, pisib o‘tirgandi. Yigitlar murdani osish 
uchun ingichka sim arqon tayyorlashayotganini ko‘rgan, «sim arqonda osishmoqchimi?» 
deb ajablangan edi. O‘sha kungi kechqurungi poezdda jo‘nab qolgani uchun shahardagi 
gap-so‘zlar, mish-mishlar hali qulog‘iga yetib kelmagan edi. 
2 
Hamdam Tolipov xonasiga kirib sigaret tutatdi. O‘rindiqqa yastanib o‘tirdi-da, oyoqlarini 
stul ustiga chalishtirib qo‘ydi. U Sayfini jinoyatchilardan biri deb hisoblamayotgan edi. 
Sayfi uning uchun chigalni yechishdagi kichik tuguncha edi. Hamdamga ikki narsa 
qorong‘i: Sayfi qaysi to‘daning odami? Nima uchun mashina nomerini yashirmadi? 
Qotillar nima sababdan etaklarining bir uchini o‘zlari ko‘tarib qo‘yishdi? Tasodifmi bu yo 
puxta o‘ylab qilingan ishmi? Hamdam ikki-uch soatdan so‘ng uni olib chiqib, qorniga 
musht tushirsam sayrab qolar, deb o‘ylagan edi. Shu o‘tirishida xayoliga ajoyib fikr 
kelib, o‘rnidan turib ketdi. Telefon go‘shagini olib lozim raqamni terdi. Zohid xonasida 
ekan, go‘shakni darrov ko‘tardi. 
Shopirni topdim, — dedi Hamdam, «suyunchi ber», deganday bir ohangda. 
— Nima deydi? — dedi Zohid, bu gapni arzimas xabarday qabul qilib. 
— Hozircha jim. Bez bo‘lib o‘tiribdi. Parvoyi falak. O‘sha daraxtning tagiga ham olib 
bordim. Ko‘zini lo‘q qilib olgan, tusi ham o‘zgarmaydi-ya! Bunaqasini endi ko‘rishim. 
To‘daga kirishdan oldan surbetlikdan imtihon topshirgan bo‘lsa kerak. Lekin u bugunning 
o‘zida sayrab beradi. Sayratmasam otimni boshqa qo‘yaman. 
— Yana mushtmi? — dedi Zohid norozi ohangda. 
— E yo‘q, o‘rtoq prokuror, hozir qanaqa davr? Qayta qurishmi? Ha, shunday. Tolipov 
ham o‘zini qayta tarbiyalagan. Shunday bir ishni o‘ylab qo‘ydimki, sendaqadan yuztasi, 
komissar Katanidan o‘ntasi qoyil qolib, ro‘paramda qo‘l qovushtirib turadi. 
— Qanaqa ish? 
— Sen soat oltida murda yoqilgan daraxt yaqiniga kelib tur, ko‘rasan. Agar Maqsud 
akani topsang, yana yaxshi. 
— Ro‘parangizda qo‘l qovushtirib turish uchunmi? 
— Hozircha piching qilaver, mayli, ammo soat oltida «akaxon, qoyilman, sizga!» deb 
yuborganingni o‘zing ham bilmay qolasan. Sen oltida o‘sha yerda bo‘l. Men bir oz 
kechikib boraman. Ha, sening vazifang indamay, jim turish. 
Zohid uning aytganlarini bajarishga so‘z bergach, go‘shakni joyiga ildi. 
Soat besh yarimda Sayfini panjaradan bo‘shatdi. 
— Qani, yur, — deb ko‘cha tomon boshladi. 
Uning dag‘al muomalasi Sayfini tashvishga soldi. «Bir baloga giriftor qilmasaydi», deb 
qo‘rqdi. 
— Boyagi joyga hayda, — deb buyurdi Hamdam mashinaga o‘tirgach. Keyin so‘radi: — 
Kanistrangda benzin bormi? 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling