Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
86 olmadi. Xo‘jasiga qo‘ng‘iroq qilib vaziyatni bildirgach, «komissiya ketganidan keyin olib kelasan», degan buyruq oldi. 2 Qilich Sulaymonov Asadbekka yoqib qolgan olimning burnini yerga ishqab, tavbasiga tayantirmoqchi bo‘lib, o‘zi qazigan chohga o‘zi tushganini bilmay ham qoldi. Agar Hosilboyvachcha sotmaganida bu ko‘rguliklar yo‘q edi. Asadbek bir-ikki so‘kib, urishib, keyin aybidan o‘tardi. Hosilboyvachcha nima uchun sotdi, deb hayron bo‘lib yurganida Shomil kelib, yanada battar ajablantirdi. «Sotgani nimayu endi mehribonchilik qilgani nima?» degan muammo uni bir nafas bo‘lsin, holi qo‘ymadi. Lager zo‘rlarining tegajoqliq qilmayotgani, ayniqsa, uyga borib kelishga ruxsat tekkani unda umid uyg‘otib, Hosilboyvachchaga nisbatan bo‘lgan g‘azab o‘tini o‘chira boshladi. Uyiga borib, xotini, farzandlarini ko‘rib yig‘lab yubordi. Xuddi yosh boladay yig‘ladi. Keyin esa... avvallari apoq-chapoq bo‘lib yuruvchi og‘aynilarining xabar olmay qo‘yishganini eshitib, yuragi battar ezildi. «Qilichxon aka, xizmat bormi?» deb qo‘l qovushtirib turuvchilar, «Qilichboy oshnam, sendan boshqa hech kimim yo‘q bu dunyoda, oshnam ham, akam ham, otam ham o‘zingsan», deguvchilar, «Qilichbek, o‘la-o‘lgunimcha qarzdorman, sendan tonsam — Xudo ursin!» deb ont ichuvchilar qaylarda qolishdi ekan? Qilichdan hazar qildilarmi, yo Asadbekdan qo‘rqdilarmi? — Eson-omon kutulib chiqay, bu dayuslar bilan hisob-kitob boshqacha bo‘ladi, — dedi Qilich xotiniga. — Qo‘ying, tinch yashaylik. Xudoga soling, jazosini Xudo bersin ularni, — dedi xotini. Qilich belgilangan vaqtda lagerga qaytdi. Birov undan «qayoqdan kelyapsan, kim chiqardi seni?» deb so‘ramadi. Yotoqqa kirib, olib kelgan yemak-ichmaklaridan bir ulushini xona to‘rida davra qurib o‘tirganlarga berdi. Taomil shu: uydan olinajak har narsaning sarasi shularga berilishi shart. Ayrimlar «o‘zim yemasam yemay, qulog‘im tinch bo‘lsin», deb hammasini tutqazib qo‘ya qoladi. Qilich bu yerga bir yil oldin kelgan eski tanishi Shoalini taklif etib, karavoti ustiga kichik dasturxon tuzadi. Non ustiga norindan solib mehmon qila boshladi. — Norinni ko‘rsam, doim bir voqea esimga tushadi, — dedi kulib Shoali, bir chimdim norinni og‘ziga olib borib. — Bir qadrdonimiz boshqa viloyatdan kelin tushiradigan bo‘ldi- yu, biz o‘sha yoqqa to‘y olib bordik. Kechasi poezdga o‘tirib, ertasi azonda manzilga yetdik. Izzat-ikrom zo‘r bo‘ldi. Bir mahal qarasak, norin kirdi. Biz olib borgan tugunlar ichida norin ham bor ekan. Yetib kelishguncha norin sovub qolibdi, deb istishibdi, deng. U yerlarda norin qilishmas ekan-da... — Har joyning taomili o‘ziga yarasha-da, — dedi Qilich kulib. Shoali norindan ikkinchi yo uchinchi olishida xona to‘ridagi davraboshi o‘rnidan turib, bularga yaqinlashdi. Kuylak kiyishni yoqtirmaganidanmi, yo badanidagi xilma-xil suratlarni ko‘z-ko‘z qilishni yaxshi ko‘rganidanmi, yarim-yalang‘och yuruvchi bu Zo‘r birovga bejiz yaqinlashmas edi. Uning kimgadir yaqinlashuvi yo musht tushirish bilan, yo bo‘yniga bir nima ilish bilan yakunlanardi. Shu sababli Qilich uning o‘zi tomon kelayotganini ko‘rib, xavotirlandi. U Qilichga ro‘para bo‘ldi-da: — Bratan, bu yoqqa qaravoring, — deb eshik tomon yurdi. «Nima gunoh qilibman, yo ovqatdan bir nima chiqdimi?» deb hadiksiradi Qilich. — Bratan, kelganingizga to‘rt oydan oshdimi? — dedi Zo‘r, eshikka yetmay to‘xtab. — Oshdi, — dedi Qilich, bir qadam berida to‘xtab. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling