Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
85
Zaynab bo‘yin bergach, uni qo‘yniga olmaydi, birga bo‘lmaydi. To‘g‘ri, ko‘rinishi, qad-
qomati binoyi, yosh... lekin otarchining sarqitiga kuni qolibdimi, degan malomatga toqati 
yo‘q. Balki kayfchilikda totib ko‘rar... Zaynab — yigitlarniki. Kimga hadya etishni Shomil 
biladi. Zaynabning birinchi vazifasi shu — yigitlar ko‘nglini ovlash. Bu qilig‘i ertami-
kechmi, otasiga ma’lum bo‘ladi. Asadbek qizining naqadar iflosligini o‘z ko‘zi bilan ko‘rsa 
yana-da yaxshi! Ungacha Zaynabning yana bir yumushi bor — uydagi gaplarni yetkazib 
turadi. (Bunisi endi Hosilboyvachchaning xom xayoli. U Asadbekning uyda, ayniqsa 
xotini, farzandlari huzurida ishdan gapirish odati yo‘qligini bilmaydi). Hosilboyvachcha 
giyohvandlarni yaxshi biladi. Xumori tutganida qoradori uchun otasinigina emas, qo‘lida 
bo‘lsa butun dunyoni ham sotib yuboradi. 
Shomil xo‘jasining o‘yga tolganini ko‘rib indamay o‘tiraverdi. U shunga o‘rgangan. 
Hosilboyvachcha yarim kun o‘ylansa, yarim kun jim o‘tiradi. Dunyoni suv bosib ketsa 
ham jim o‘tiraveradi, xo‘jasining xayol surishiga halal bermaydi. Hosilboyvachchaning 
Asadbekdan farqi shuki — bir o‘zi o‘ylaydi, bir o‘zi hukm chiqaradi. Uning bu odati 
Chuvrindiga o‘xshagan aqlli a’yoni bo‘lmagani vajidan emas, balki o‘z aqlining 
mukammalligiga ishonganidandir. «Shu paytgacha o‘z aqlimga suyanib pand yemay, shu 
darajaga yetdimmi — demak, noto‘g‘ri ish qilmabman», deb o‘ylaydi. Kimdir o‘g‘liga 
«sen chinor soyasi bo‘lma, chinorning o‘zi bo‘l», degan ekan. Shu hikmat 
Hosilboyvachchaga juda yoqib qolgan. O‘shanda umri mazmunini chinor bo‘lmoqlik 
uchun kurashdan iborat, deb belgilagan edi. Chinor bo‘lmoqlik — birovning aqli, 
birovning maslahati bilan bitmaydi. Birovning aqli bilan ishlash — chinorning erkin 
o‘sayotgan shoxlarini kesib turish demakdir. Hosilboyvachcha bunga toqat qilolmaydi. U 
chinor shoxlarining erkin o‘smog‘ini, yanada kengroq maydonni qamrab olmog‘ini 
istaydi. 
— Sen Qilichdan xabar oldingmi? — deb so‘radi Hosilboyvachcha xayol surishni bas qilib. 
— Xabar oldim. Ishlari nishtyak. Qachon chiqarib olasizlar, deydi. O‘tgan kuni uyiga ham 
kelib ketdi. 
— Qachon chiqarib olasizlar, deydimi? Uni biz chiqarib olmaymiz, kim tiqqan bo‘lsa, 
o‘sha chiqaradi. 
— Qanaqasiga? 
— Shunaqasiga. Bir joyda «Vinzavodni Qilichdan boshqa odam eplay olmaydi, bizga ham 
vinzavod nasib qilib qolar», dedim. Bu gapim o‘sha kuniyoq egasiga yetib borgan bo‘lishi 
kerak. Asadbek akang Qilichni chiqarib olishimga yo‘l qo‘ymaydi. Uning ikki chorasi bor: 
birinchisi — Qilichni o‘sha yoqda yo‘q qilib yuborish, ikkinchisi — tezroq chiqarib olish 
harakatini boshlash. Unga ikkinchi chora ma’qul keladi. Chunki zavodni olimchasi eplay 
olmaydi. Buni ahmoq odam ham darrov sezishi mumkin. Asadbek chiqaraversin, Qilich 
merov, undan emas, bizdan minnatdor bo‘ladi. Uni hech bir chiqimsiz qo‘lga kiritamiz. 
— Chiqarib olishganini o‘zlari aytishsa-chi? 
— Ishonmaydi. Undan kim xabar olib turdi? Zo‘rlardan kim himoya qildi? Menmi? Sen, 
tomi ketgan ahmoq, «Qilichdan xabar olib tur», deganimda burningni jiyirgan eding. 
Endi tushundingmi? Buni bir o‘q bilan ikki quyonni urish, deydilar. Men ularning 
kartalarini chalkashtirib tashladim. Yaqinda qo‘llarida ko‘zirlari qolmaydi. O‘shanda 
bankka uramiz. Qoyilmisan? 
— Men sizni birinchi ko‘rganimdayoq qoyil bo‘lganman. 
— Sen hozir bir ish qilasan: Qilichni bir-ikki soatga so‘rab, shu yerga olib kelasan. Men 
bir uning suhbatini olay. 
Shomil «bundan osonroq ish yo‘q», deganday tirjayib, o‘rnidan turdi. Ammo o‘ziga 
bo‘lgan ishonchi bu safar pand berdi: lagerda komissiya bor ekan, Qilichni chiqara 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling