Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
83 — Nega grajdanin, deyapsan, sen avval aybimni isbotla, qama, undan keyin grajdanin, deyaver. — Grajdanin nachalnik deb avval kim aytdi? — Menmi? Ha... men bunaqa so‘roqlarda o‘tiraverib o‘rganib ketganman. Hali bunaqa so‘roqlarni ko‘p ko‘rsam kerak. — Yo‘q, ko‘p ko‘rmaysiz, bunisi oxirgisidir. — Nega endi? Chiqarib yubormoqchimisan? — Yo‘q, endi chiqish tushingizga ham kirmaydi. Endigi hukm bittagina o‘q bo‘ladi. — Qo‘rqitma, nachalnik. Qo‘rqadigan ahmoqlar o‘lib ketishgan. Menga qara, sen yosh ekansan, men sendaqalarning ko‘pini ko‘rganman. Sen boshni qotirmaginu maqsadingni ayt. Faqat mayda bezorilikni tirkama. Obro‘yim to‘kilishini istamayman. «Hali bunda obro‘ ham bor-a?!» deb kulib qo‘ydi Zohid. — Gap bunday, Petrashvili, biz obro‘yingizni to‘kmaslikka harakat qilamiz: bo‘yningizga birato‘la qotillikni ilamiz, ma’qulmi? — Qanaqa qotillik?! Petrashvili bu savolni xotirjam tarzda, xuddi yaqin oshnasiga «Qayoqqa ketyapsan, ahvollaring yaxshimi?» deb so‘raganday berdi. Qamoqlarda ko‘p yurganidan shunday sovuqqonmidi yo tabiatan bezmidi, Zohid farqlay olmadi. U yana Jamshidning rasmini o‘rtaga qo‘ydi: — Shu yigit o‘ldirilgan. — Bunaqa shilta ishni menga ilma, nachalnik, ovora bo‘lasan, isbot qilolmaysan. Bu qilig‘ingdan vishkaning hidi kelib turibdi1. — Ha, ana, bilar ekansiz-ku? — Dalil kerak. — Mana bitta dalil, — dedi Zohid suratni qo‘liga olib. — Bizni kayfligimizda qo‘lga olgansan. Suratni o‘zing tashlab qo‘ygansan. Surat chepuxa, shu bolaning kallasini uzib yonimga tashlab qo‘yganingda ham isbotlay olmaysan. Kavkazlikning ikkinchisi ham qariyb shunday javob berdi. Ikki kundan so‘ng Zohid Sayfini chaqirtirdi. Sayfi qator turgan yetti kishi orasidan ikki kavkazlikni tanidi. Shundan keyin ham ular yigirma sakkizinchi mayda katta yo‘l bo‘yida bo‘lganlarini tan olishmadi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling