Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
87 — Birov chertdimi? — Yo‘q. — Nimagaligini bilasizmi? — Yo‘q. — Qosh-ko‘zingiz chiroyli bo‘lgani uchun emasdir, a? U yoqdagi boyvachcha bratanlarning hurmati bor. Ular nima desa, bizga zakon, gap yo‘q. Lekin haddingizdan oshsangiz, otvechayt qilasiz. Siz kimni siylayapsiz, bilasizmi. — Ha, bilaman. Eski tanishim. — Uni hech kim ovqatga taklif qilmaydi, sezmaganmisiz? — Yo‘q. — Kallavaram ekansiz. U bilan hech kim birga ovqat yemasligi kerak. Zakon shunaqa. — Nega? — Negami? U bir paytlar ment bo‘lgan. — Yo‘g‘-e, u do‘kon mudiri edi. — O‘zidan so‘rang. Biz yanglishmaymiz. Zakonni buzganning ishi chatoq bo‘ladi. Amma- xolasiga qarab o‘tirmaymiz. U shunday deb Qilichga qattiq tikildi-da, joyiga qaytdi. Shoali Qilichdagi o‘zgarishni bir qarashda sezdi: — Nima gap? Ovqat berma, deyaptimi? — Ha... ment bo‘lgan deydi. — Bular har baloni bilishadi. O‘ttiz yilcha oldin harbiy xizmatdan qaytganimda o‘n kuncha milisada ishlaganman. Yoshlikda qiziqish bo‘lgan-da. O‘shanda adam rahmatli qulog‘imni burab, bo‘shatib olgan edilar. Shu yerda eslatishdi buni. Bularning qonuni butunlay teskari: u yoqda bir hujjat to‘ldirsak, o‘zing qamalganmisan-yo‘qmi, qarindoshlaring ichida sudlanganlar bormi yo yo‘qmi, chet ellarda qarindoshlaring bormi, deb surishtirishadi. Bular esa «milisada ishlaganmisan, milisada qarindoshlaring bormi, komsomol yo kommunist bo‘lganmisan», deb surishtirib, shunga qarab muomala qilishadi. U yoqda ozgina xarajat qilib hujjatni eplashtirish mumkin. Bu yoqda gapning ham foydasi yo‘q, pulning ham. Siz bilan biz ularning qatorida bo‘lishni istasak ham davralariga qabul qilishmaydi. Bizdan nafratlanishadi. Taklif qilganingizda rad etib, tushuntirmoqchi edim, sizga munosabatlari o‘zgacha, indashmas, deb o‘ylabman. — O‘ttiz yil oldingi gapning bularga qanday foyda-zarari bor? — Hech qanday. Faqat ular o‘z qonunlarini buzishmaydi. Ularning qonunida imtiyoz, izoh, sabab degan gaplar yo‘q. — Bularga ta’sir o‘tkazadigan odamlardan iltimos qilib ko‘raymi? — Qaydam? Foydasi bo‘larmikin? Ba’zi masalalarda ularga Xudoning o‘zi ham bas kelolmas, — Shoali shunday deb xo‘rsindi. — Ha, mayli, boshga tushganni ko‘z ko‘rar... Bolaligimizda adam rahmatli buzoq olib bergan edilar. Qarasak, hammayog‘ini kana bosibdi. Bittadan terganmiz. Bilasizmi, Qilichbek, biz o‘sha kana bosgan buzoqqa o‘xshaymiz. Qilich kulimsiradi: — Qo‘ysangiz-chi, Shoali aka, o‘xshatishga topgan jonivoringizni qarang. Hech bo‘lmasa buqa deng... — deb gapni hazilga burmoqchi bo‘ldi. — Biz buqa bo‘lolmaymiz, yo‘l berishmaydi bunga. Odamlar bizlarga havas qilishadi, a? Pulni qoplab topadi, yegani oldida, yemagani ketida, deyishadi. To‘g‘ri, topamiz. Lekin topganimizning hammasini o‘zimiz yemaymiz-ku? Xaridordan bir so‘m urib qolsam, menga o‘n tiyini qoladi. Lekin hammmaning ko‘zi oldida men o‘g‘riman, men muttahamman. To‘qson tiyinni yeb yotganlar bilan hech kimning ishi yo‘q. Ular farishtaga o‘xshab yurishadi. Chiroyli gapirishadi, chiroyli kiyinishadi. Ularga qarab turib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling