Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
89 — Bilish uchun aql kerak. Aql kimda bo‘ladi? Aql odamda bo‘ladi. Sen odammisan? Shomil bu odammi? — Aft-basharasi o‘xshaydi. — Aft-bashara itda ham, eshakda ham bor. Bilib qo‘y — sen odam emassan. Sen, — Hosilboyvachcha unga tikilganicha o‘ylandi-da, so‘ng so‘zini davom etdi. — Sen — go‘ng titadigan qo‘ng‘izsan. Makoning go‘ng, yemishing go‘ng. Shuning uchun dunyoni go‘ngdan iborat deb o‘ylaysan. Men seni Bek akangga sotdim. Meni sotqin deyayotgandirsan, a? — Yo‘q. — Shuning uchun ham ahmoqsan. Sen xoinlik qilding. Seni yedirib-ichirayotgan odamga xoinlik qilib, mening agaro‘dimdagi go‘ngni titmoqchi bo‘lding. Shomil, o‘z xo‘jayiniga xoinlik qilgan go‘ngqo‘ng‘iz menga xalol xizmat qilib beradimi? — Bunaqasi bo‘lmagan. — Ana, eshitdingmi, baloni biladi bu g‘ilay. Hali bunaqasi bo‘lmagan, deyaptimi, demak, bo‘lmagan! Lekin sen menga keraksan. Kerak bo‘lganing uchun sotdim. Xoinlik uchun jazolanishing lozimligini bilishing kerak edi. Mening nimalarga qodir ekanimni bilib qo‘yishing shart edi. Endi seni chiqarib olaman. Sen Asadbek akangda ishlayverasan, lekin menga xizmat qilasan. Shunga rozimisan? — Roziman. — Darrov rozi bo‘lma, avval o‘yla. Bek akangdan qo‘rqmaysanmi? — Siz borsiz-ku? — Menmi? — Hosilboyvachcha kuldi. — Men seni deb Bek bilan olishmayman. Eplasang o‘ynaysan bu o‘yinni, eplamasang o‘tiraver. — Eplayman. — Shomil, eshitdingmi? Eplar ekan. Demak, o‘yinga kirdi. Kartalar tarqatildi. Ko‘nga nima tikasan? — Bilmayman, aytganingiz. — Joningni, — dedi Shomil g‘ilay ko‘zini o‘ynatib. Bu gapdan Qilich bir qalqib tushdi. — Nima, qo‘rqyapsanmi? — dedi Hosilboyvachcha. — Bitta joning bilan qutulsang katta gap. Bu yoqda bola-chaqang bor... — Faqat... bolalarimni o‘rtaga qo‘shmaylik. — O‘zing bilasan. Men aytdim-qo‘ydim. Shunga qarab o‘ynayverasan. Hosilboyvachcha shunday deb o‘rnidan turdi-da, kerishib qo‘yib, qiz kirib ketgan xona sari yurdi. Shomil quyib uzatgan konyakni bir ko‘tarishda bo‘shatgach, Qilich iziga qaytdi. 3 Zaynab... Ko‘zlari g‘amgin boquvchi, sochlari parishon to‘zigan Zaynab... Etagi to‘pig‘ini berkitib turgan, yengi barmoqlarining uchlariga qadar tushgan harir oq ko‘ylakda. Oqqush kabi suzib yuradi. Javdiragan ko‘zlari nimanidir axtaradi. «Zaynab, nimani qidiryapsan? — deydi Elchin. — Bolamni... bolam qani? — deydi Zaynab yig‘lamsirab. So‘ng hech kutilmaganda Elchinning bo‘g‘ziga chang solib, bo‘g‘a boshlaydi... — Bolamni topib bering, bolamni...» Elchin bo‘g‘ilib, xirillay boshlaydi.. Ana shu xirqiroq uni uyg‘otib yubordi. Yumshoq o‘rindiqqa yastanib, oyoqlarini uzatib o‘tirgan edi. Ko‘zi ilinibdi. Soatga qaradi: o‘n daqiqagina mudrabdi. Shu uyqusida ko‘rgan tushi — Zaynab. Kunduzi kasalxonaga borgan edi. Odatdagicha qaynonasi bilan ko‘rishib qaytdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling