Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
92
Bilmayman, qaerdan is olishdi, kecha kechqurun turgan yerimizga bostirib kirishdi. 
Qizning otasi, akalari bor. Akalari urishdi, ularga tegmadim. Keyin yana uch-to‘rttasi 
paydo bo‘lishdi. Bittasi g‘ilay, juda beayov ekan. Ular bilan olishdim. Lekin hammasiga 
bas kelolmadim. Qo‘l-oyog‘imni bog‘lab, mashinani yukxonasiga bosishdi. Ancha 
yurishdi. Keyin bir joyda to‘xtab, meni yukxonadan olishdi. Qarasam, daryo bo‘yi. 
Hammayoq axlat, tosh. Suv bo‘ylab ketgan uzun quvurga ro‘para qilishdi. Quvurning 
ichida engashib bemalol yursa bo‘ladi. G‘ilay qornimga bir tepib, bukchaytirdi. 
Sochimdan tortib quvurga kiritmoqchi bo‘ldi. 
— Kir, quvurga! — deb so‘kdi. 
Bildimki, kirsam — o‘laman. Qarshilik ko‘rsatishga kuchim qolmagan. Birdan xayolimga 
g‘alati gap keldi: 
— Bu ishingni Asadbek akam bilsalar, urug‘ingni quritvoradilar, palid! — deb baqirib 
yubordim. Nimaga shunaqa deganimni hozir ham bilmayman. Xullas, shu gapim ta’sir 
qildi. «Bir kunning ichida qorangni o‘chirasan, bo‘lmasa — o‘lasan!» deb mashinalariga 
o‘tirib, jo‘nab ketishdi. Asadbek degan nomdan qo‘rqishdimi, demak, yo o‘shaning 
odamlari yo undan qo‘rqadigan boshqa to‘daning odamlari, deb o‘yladim. Men Asadbek 
degan odamning nomini eshitganmanu o‘zlarini ko‘rmaganman. Faqat shinavanda 
ulfatlardan sizni u kishiga kuyov bo‘lganingizni eshitgan edim. Shu esimga kelib, qora 
tortib keldim, aka. 
— Ish yurishmasa, atala tish sindiradi, degan maqol bor. Sizning ishingiz shunaqa 
bo‘libdi. Men nima qilishim mumkin? 
— Agar ular Asadbek akaning odamlari bo‘lsa, bir og‘iz gapirib qo‘yasizmi? Mening 
birovga zararim tegmaydi. U qizni yaxshi ko‘raman, shuni deb o‘lib ketsam, mayli, 
roziman... 
Elchinning nazarida bu arzon-garov gapday tuyuldi. U: 
«Kiprigi — xanjar, karashma — tig‘,
ko‘z tashlash — yashin, 
Gar shahid bo‘lmoqchi ersang,
Karbalo shu yerdadir»,
degan qo‘shig‘i bilan mashhur bo‘lganidan beri «sening ishqingda o‘lishga roziman» 
degan ashulalarni aytib yurgani uchun ham shunday tuyuldi. U ishq yo‘lida qurbon 
bo‘lishga tayyor oshiqlarni kinolarda ko‘rgan, kitoblarda o‘qigan, ammo bunday ro‘para 
bo‘lmagan edi. Halimjon «o‘lib ketsam, mayli, roziman», deb o‘ylab, astoydil gapirdimi 
yo shunchaki tilidan uchdimi? Nahot muhabbati uchun jon berishga tayyor yigitlar hozir 
ham mavjud bo‘lsa?! Elchinning nazarida hozirgi yigitlar saqich chaynashdan boshqa 
narsaga yaramay qolishgan, ularda bunday tuyg‘uning mavjudligi mumkin emasday edi. 
Halimjon aytgan gapning arzon-garov tuyulishiga yana bir sabab shu bo‘ldi. Qiziq-da, 
atrofda xushsurat qizlar ko‘p, daraxtni tepsang shoxidan barg emas, huriliqolar yog‘ilib 
tursa... Xo‘p, biriga ko‘ngil qo‘yding, ko‘nmadi. Ana, navbatda yana o‘ntasi ko‘zlarini 
suzib turibdi. Ikkinchisi bo‘lmasa, uchinchisi... Elchin yigitlarni zimdan kuzatib, shu 
xayolga kelar edi. Hozir Halimjonning sukutga berilganidan foydalanib, unga zimdan 
tikildi. Uning lablari, barmoqlari titramas, ko‘zlarida yolborish nuri yo‘q, aksincha, 
qat’iyat zuhur edi. 
— Qiziq gapni aytdingiz, — dedi Elchin, sukutni uzoq cho‘zilishiga yo‘l qo‘ymay, — agar 
«boshqa chorangiz yo‘q ekan, inim, mana bu zaharni ichingu tinchingizni toping», desam 
ko‘nasizmi? 
Halimjon unga ajablanib qaradi: 
— Kalaka qilyapsizmi, aka? 
— Shunchaki so‘radim-da. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling