Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
100
qaytib, narsalarini oldi: 
— Adashibman, biletim boshqa vagonga ekan, — deb shoshganicha chiqdi. 
Chuvrindi yigitga qaragan edi, u bosh barmog‘i bilan ko‘rsatkich barmog‘ini birlashtirib, 
teshik kulcha holatiga keltirdi-da, «hammasi joyida» deganday chap ko‘zini qisib, 
kulimsiradi. 
Chuvrindi Hovuz polvon bilan xayrlashib chiqqach: 
— Uni nima balo qilding? — deb so‘radi. 
— Ikki og‘izgina gapirdim. Xalqparvar odam ekan, umumiy vagonda xalq bilan birga 
ketgisi keldi. 
2 
Chuvrindi uyga qaytgach, karavotdagi ko‘rpachaga yonboshladi. Ayvonda akalari bilan 
o‘ynab o‘tirgan kenjatoyi uni ko‘rib «adda, adda» deb harakatga tushdi. Oshxonadagi 
yumushlarini endigina bajarib bo‘lgan xotini bolani ko‘tarib keldi. Kenjatoy otasini yalab-
yulqay boshladi. Ota uchun mas’ud damlar boshlandi. Dunyo tashvishlari unutildi. 
Kimningdir o‘g‘li o‘ldirilgani, kimningdir o‘g‘li qamoqda o‘tirgani, kimningdir bergan 
qarzini undirolmayotgani, kim-ningdir umid qilgan amaliga yetisholmayotgani, 
kimningdir qayg‘usi yoki shodligi... hammasi unutildi. U hozir farzandining shirin tilidan 
chiqqan bittagina so‘z uchun dunyo nima ekan, jonini berishga tayyor edi. Afsus shuki, 
mas’ud damlar uchun vaqt xasislik bilan ajratilgan bu dunyoda telefon degan matax 
borki, uning asabiy jiringlashi kishini baxtiyorlik ummonidan tashvish cho‘liga irg‘itib 
tashlaydi. Tavfiq to‘tisiga yetishmak nasib etguniga qadar bu cho‘lda g‘azzolani quvgan 
sari sarsari kezadi... Hozir ham shu hol yuz berdi. Chuvrindi bolasining erkaligiga 
to‘ymasidan telefon beto‘xtov jiringladi. 
— Boshqa shahardan shekilli? — xotini shunday deb o‘rnidan turdi-da, ayvon sari ildam 
yurdi. Go‘shakni quloqqa tutib, salom-alik qilgach, eriga ajablanib qaradi-da, telefonni 
ko‘tarib keldi. 
— Kim? — dedi Chuvrindi bolasini bag‘ridan bo‘shatmay. 
— Bilmadim, — dedi xotini, so‘ng ajablanganini yashirmay dedi: — Ovozlaridan 
Jamshidjonga o‘xshatdim. 
— Esing joyidami? — Chuvrindi shunday deb bolani unga berdi-da, go‘shakni qulog‘iga 
tutdi: — Allo, kim bu? 
— Menman... 
Darhaqiqat, Jamshid edi... 
Chuvrindi xotiniga qarab qo‘ydi. Bu qarashning ma’nosini anglagan xotini otasiga intilib 
talpinayotgan bolasini bag‘riga bosganicha ayvon sari yurdi. 
Nima gap, tinchlikmi? — dedi Chuvrindi, xotini uzoqlashgach. 
— Tinchlik, — dedi Jamshid. 
— Yaxshi kutib olishdimi? 
— Kutib olishdi. 
— Unda nima uchun telefon qilding? Jim yuratur, devdim-ku? 
Jim yurolmayapman, Mahmud aka. Bek akamga nima gunoh qildim, aytsinlar. 
Gunohim bo‘lsa mayli, o‘ldirsinlar. G‘ing degan — nomard. 
— Ovozingni o‘chir. Mishiqi bolaga o‘xshab ming‘irlashingni qara! Bek akam hali bir 
narsa demadilar. So‘rashning mavridi kelsa, o‘zim so‘rayman, seni o‘zim topaman. O‘sha 
yoqda jim yur. Ye, ich, ayshingni sur. Faqat bir ishkal chiqsagina telpon qil. Boshqa 
gaping yo‘qmi? 
— Yo‘q. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling