Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
96
Orqasiga qaradi-yu, Hovuz polvonni ko‘rib quvonib ketdi. Bo‘ynidan mahkam quchoqlab 
oldi. Polvon hovuz tozalayotgan paytda bolalar chug‘urlashib atrofidan ketmay 
qolishardi. U ham charchadim demay, shopmo‘ylovini burab ular bilan o‘ynashga vaqt 
topardi. Ba’zan bolalarga ot bo‘lib berardi, uch-to‘rt bola uni minib olib, hovuz atrofida 
«sayr» qilishardi. Bu manzarani ko‘rgan kattalar ham miriqishardi. Yetim bo‘lgani 
uchunmi, Mahmudga nisbatan polvonning mehri bo‘lakcha edi. Shu mehrdan foydalanib 
Mahmud «ot»ni ko‘proq minardi... 
— Bu yerda nima qilib pisib turibsan? — deb so‘radi Hovuz polvon. 
— Bitta tanishimni kutib turibman, bozorga kirib ketuvdi, — dedi u. 
O‘shanda «Hovuz polvon tog‘am gapimga ishondilar», deb o‘ylagan edi. Hovuz 
polvonning ancha kuzatib turganini, uning nima yumush bilan band ekanini fahmlaganini 
keyinroq anglab yetdi. 
— Yur, men bilan, — dedi Hovuz polvon. 
— Qayoqqa? — dedi Mahmud hadik bilan. — Qishloqqami? 
— Yo‘q... O‘zim shu kelishda qishloqdan kelyapman. Paxsachi jo‘ralarim bor, yozi bilan 
paxsa uramiz. Kuzga borib, hovuz tozalaydigan vaqt yetganda qishloqqa qaytamiz. Yur, 
menga qarashasan. 
Mahmud go‘sht bozor tomonga o‘g‘rincha qaradi. Bolalar «ov»ni yaxshi tamomlaganlar 
shekilli, ko‘rinishmadi. Bundan ko‘ngli xotirjam bo‘lgan Mahmud unga ergashdi. Uch kun 
birga bo‘ldi. Loy tepishdi, choy qo‘ydi, osh-ovqatga qarashdi. Ular yangi barpo 
bo‘layotgan mahallada to‘rt-besh imoratni baholab olishgan, bugun bu bino paxsasini 
urishsa, ertaga boshqasiga ko‘chishardi. Pishiq g‘ishtdan qurilgan hashamatli uyning 
oshxonasi ularga boshpana edi. Hovuz polvon avvalgi yili ham shu mahallada ishlagani 
uchun odamlar uni yaxshi tanib qolishgan, hurmati qishloqdagidan kam emas ekan. 
Hashamatli imorat egalari chala-yarim ko‘chib chiqishgan, yerto‘la eshigi oldiga 
bahaybat it bog‘lab qo‘yilganidan bu yerda qo‘lga ilinarli mol-hol borligini anglash 
mumkin edi. To‘rtinchi kuni bozorga tushib Kesakpolvonga duch keldi. Qaerda yo‘qolib 
yurganini aytib, hashamatli uyni ham tilga oldi. Kesakpolvon undan yana ba’zi narsalarni 
so‘rab bildi. Ertasiga ishdan qaytishganda itning o‘lib yotgani, yerto‘la eshigining ochilib 
qolganini ko‘rib ko‘z oldiga darrov Kesakpolvon keldi-yu, qo‘rqqanidan yuragi qinidan 
chiqib ketayozdi. 
Hovuz polvon «Yo, qodir Xudo!» deganicha avval itning tepasiga bordi, so‘ng yerto‘laga 
tushib chiqdi-da, uy egalarini xabardor qilish uchun ketdi. Bir soatga qolmay uy egasi, it 
yetaklagan milisalar yetib kelishdi. Itni yerto‘laga olib tushib hid oldirishgan edi, Hovuz 
polvonga qarab vovullayverdi. Uni olib ketish uchun shugina kifoya bo‘ldi. Xudoni o‘rtaga 
qo‘yib ichgan qasamlariga e’tibor berishmadi. Ular qasamga ishonishmadi, itga 
ishonishdi. Hovuz polvon milisaning mashinasiga chiqayotganda orqasiga o‘girilib bir 
qaradi. Ana shu qarash Chuvrindining xotirasiga muhrlanib qolgan... 
Oradan yillar o‘tib, qishlog‘ini qo‘msab birinchi marta borganida itdan qo‘rqqan mushuk 
boladay pisib yurdi. Bolalikda orttirgan do‘stidan «Hovuz polvon tog‘a 
ko‘rinmaydilarmi?» deb so‘rab, «shaharda o‘g‘irlik qilib qamalib ketganlar», degan 
javobni eshitdi. Bu javobdan so‘ng «Polvon tog‘a bilan uchrashib qolsam, meni ursa yoki 
sharmanda qilsa-ya», degan hadik ko‘tarildi. Hadik o‘rnini o‘ziga nisbatan nafrat 
egalladi. U Hovuz polvonni qamalgan, deb gumon qilganu ammo ko‘p o‘tirar, deb 
o‘ylamovdi. U paytda qo‘lidan hech nima kelmasdi. O‘g‘ri kim ekanini bilsa ham 
aytishdan qo‘rqardi. Keyinroq gunohini yuvish yo‘llarini qidirdi. Qishloqdagi o‘rtoqlariga 
«Polvon tog‘am to‘y qilsalar albatta xabar beringlar» deb tayinlagan edi. Ular xabar 
yuborishdi, ammo borishga o‘zida mardlik yetishmadi. To‘yona berib yubordi, ammo 
Hovuz polvon qayrilib ham qaramabdi — pulni qanday o‘rab bergan bo‘lsa, shu holda 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling