Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
98 ishiga qarab edi. Qishloq ahlining loy otishi shart emas, unga ovqat yetkazib berib tursa bas edi. Ot hovuz Chuvrindi yashaydigan uyning yonginasida edi. Hovuz polvon shuni tozalayotganda birdan hovliga ketma-ket palaxsa-palaxsa loy tusha boshlaydi. Hovuz polvon «Hoy mirob, ovqat berasizmi yo yo‘qmi!» deb baqiradi. Ikki-uch yil ichida u Mahmudning bobosi bilan do‘stlashib, shunday hazil qilishga haddi sig‘ib qolgan edi. — Hozir, hozir, — deb shoshgan edi bobosi o‘shanda. — Xudo senga o‘xshagan polvonlarni loy yeydigan qilib yarata qolsa nima bo‘ladi, a? Qishloqdagilar seni ko‘rsa, oshxonasiga qulf uryapti... Chuvrindi ikkinchi kosada lag‘mon kelgach, bobosining o‘sha gapini eslab kulimsirab qo‘ydi. Bobosining yoshi Hovuz polvonnikidan ancha katta, lekin xuddi tengdoshday munosabatda bo‘lardi. Bularning do‘stligi ham, hazillari ham beg‘araz edi. Chuvrindi bu do‘stlik haqida ko‘p o‘ylab: «Minnatsiz, riyosiz do‘stlikdan odamlar nega qochadilar?» deb ajablanardi. Xudo uni yemoq-ichmoqdan, mol-dunyodan qismadi, aynan shundan qisdi. Unga Sobitxon aytgan bir gap ma’qul kelib, yaxshi eslab qolgan edi. Sobitxon: «Rasulilloh «haqiqiy do‘stlarni ko‘paytiringlar, bular yaxshilik kunlarda ziynat bo‘lurlar, balo tushganda boshpanadirlar» deganlar», deb edi. Durust, ammo haqiqiy do‘st topish osonmi ekan? Chuvrindi mana shundan dog‘da. Ba’zan yuragi siqilganida bor molimni bitta dardkash do‘stga almashardim, deb o‘ylardi... Hovuz polvon kosadagi ovqatga qo‘l uzatmadi. — Ilgarigi polvon tog‘ang yo‘q endi, — dedi u. — Qariganda bir kosa ovqat ham ko‘plik qilib qolarkan. — Qaridim, demang-e. — Qaridim, bolam... qaridim. Endi sen hadeb turaverma, jim o‘tir, gapimni eshit. Meni bu yerga bir dard boshlab keldi. Shuni aytvolay. Gapimning avvali shuki, sen u ishdan xijolat tortmagin, bolam. Bola eding, ko‘p narsalarga tushunmagansan. Men seni ayblamayman. Mendan o‘zingni olib qochib yurganingni bilaman. Aybingni tushunibsan, shuning o‘zi katta gap. Bez bo‘lib yurganingda adabingni berib qo‘yardim. Endi... maqsad shuki... kichigim sal bevoshroq chiqqan. O‘zim u yoqda bo‘lib, tarbiyasi boshqacharoq kechdi-da. Ha, mayli, Xudo insof berib qolar. Xullasi, shu supra qoqdi o‘g‘lim kechagi ola-to‘polondan so‘ng bir-ikki oshnasi bilan Farg‘onaga tushibdi. Turklar tashlab ketgan uylarga kirishibdi u ahmoqlar. Nazarimda ul-bul ko‘ziga chiroyli ko‘rinib olgan-ov... Ana endi qamoqda o‘tirishibdi. Ayb ish qilgan ekan, qamashsin, jazosini tortsin. Bunisiga roziman. Lekin... qamoqda battar bu-ziladimi, deyman-da. U yoqni o‘zim ko‘rdim, bilaman. Men-ku, esimni taniganimda tushdim. Bu bolalarning esi yo‘q hali, yaxshi-yomonni ajratmaydi. Ikkita boshi buzuqning orqasidan ergashib ketvoradi... Bu dardimning bir tomoni, dardimning yarali tomoni ham bor... O‘g‘rining bolasi o‘g‘ri bo‘libdi, degan ta’nani ko‘tarib yurolmayman. Boshimni egsa shu ta’na egadi, o‘ldirsa ham shu o‘ldiradi meni... — Kuyunmang, Polvon tog‘a, men bir surishtirib ko‘raman. — Ha, surishtir, omma, bir mening o‘g‘limni emas, oshnalarini ham chiqartirasan. O‘g‘lim chiqib, ular qolsa insofdan bo‘lmaydi. — Xo‘p, tog‘a, men surishtiray. Agar maskovlik tergovchilar qo‘liga tushmagan bo‘lsa, yo‘li osonroq. — E, nima deyapsan, maskovlikmi, bu yerlikmi — barining jig‘ildoni bor. Jig‘ildon bor joyda ish bitmay qolmaydi. Sen gaplashovur. So‘raganini tovib beramiz. Puli yo‘qligidan keldi, dema. Pul bor, Xudoga shukr. Gaplashadigan lab-dahan yo‘q, bizda. Sening dovrug‘ingni eshitganmiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling