Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
97 qaytib oldi. Mana, oradan necha yil o‘tib o‘z darvozasi oldida uchrashib turibdi. Chuvrindi xuddi o‘shandagi kabi «Polvon tog‘a!» deb bo‘ynidan quchgisi keldi. Salom bergach, quchoqlashib ko‘rishish maqsadida qo‘llarini ikki yonga yoydi. Lekin Hovuz polvon uning shashtini qaytardi — o‘ng qo‘lini uzatib qo‘ya qoldi. Atayin shunday qildimi yo odati shumidi, Chuvrindi bilolmadi. — Polvon tog‘a, nega uyga kirmay bu yerda o‘tiribsiz? — dedi Chuvrindi gina ohangida. — Men uyingni ko‘rgani kelganim yo‘q, zarur ishim bor senda, — dedi Hovuz polvon. Uning gap ohangi o‘zgarmagan, gina ham, araz ham, piching ham yo‘q edi. Chuvrindi qishloqdan chiqib ketganidan beri odamlarning turli tarzda gapirishlariga o‘rganib ketgan. To‘yda bir xil ohang, majlisda boshqa... Gap ohangi ham suhbatdoshining martabasiga qarab bo‘ladi. Hovuz polvonday bir xilda gapiradiganlar kam. Chuvrindi hozir undan piching kutgan edi. Aniqroq aytilsa, Hovuz polvonning gap bilan uzib-uzib olishini xohlagan edi. Shunday bo‘lganda ko‘nglini yillar bo‘yi bosib yotgan g‘ubor ko‘tarilardi. Afsus, unday bo‘lmadi. Hovuz polvon o‘zgarib turadigan buqalamun toifa emasdi. Chuvrindi kutilmagan mehmonni uyga taklif qildi. Hovuz polvon o‘jarlik bilan rad etdi. Mezbon qat’iyatlik bilan zo‘rlayvergach, noiloj ichkari kirdi. Mehmonxonada dasturxon tuzog‘liq edi. Keldi-ketdi ko‘p bo‘lgani uchun dasturxon hamisha shunday turardi. Bundan bexabar Hovuz polvon «mehmon kelar ekan», deb o‘yladi. — Mahmudjon bolam, o‘tir, gapimni aytamanu ketaman, — dedi u. — Polvon tog‘a, olovga keldingizmi, muncha shoshasiz? — Uyingni mehmon bosadiganga o‘xshaydi, oshga tushgan pashshadayin o‘tirmayin. Chuvrindi uning maqsadini tushunib, kulimsiradi: — Xotirjam o‘tiravering. Keliningiz mehmon kelib qolsa, shoshilmaylik, deb shunday tuzab qo‘yadi. Sizdan bo‘lak aziz mehmonimiz yo‘q. Ketishni xayolingizga ham keltirmang. Hovuz polvon bir oz xotirjam tortsa-da, shinam bezatilgan uyda yayrab o‘tirolmadi. Gul solingan bu devorlar, o‘ymakor shift uni bosayotganday bo‘laverdi. — Uying binoyi, — dedi Hovuz polvon. — Men bilan yurganingda bunaqa uyda yashamas eding. Qochib to‘g‘ri qilgan ekansan. Chuvrindi xotini uzatgan choyni olib, mehmonning ro‘parasiga o‘tirdi. Uzr aytish mavridi kelganini anglab, so‘z boshladi: — Polvon tog‘a, o‘shanda... Hovuz polvon uning maqsadini darrov fahmlab, gapirishga yo‘l qo‘ymadi. — Mahmudjon bolam, uyingni ko‘rdim, agar xo‘p desang, hovlida o‘tirsak. Yoz bo‘ldi uyga kirsam, yuragim siqilaveradi. Mehmonning istagi darrov bajarildi. Hovlidagi so‘riga o‘tirishlari bilan ikki kosada lag‘mon keltirildi. Hovuz polvon mulozamatni kutmayoq kosani qo‘liga oldi. Kichikroq kosa uning baquvvat panjasida piyoladay ko‘rindi. Chuvrindi o‘rnidan turib, oshxonaga bordi-da, xotiniga «kattaroq kosa yo‘qmidi, yana bir kosa olib bor», deb tanbeh berdi. Hovuz polvon asli qo‘shni xo‘jalikda yasharkan. Bir tomoni xo‘jalik kambag‘alroq, bir tomoni ayolmand bo‘lganidan ancha qiynalibdi. Ikki kilo guruchni damlab osh yeb, qorni to‘ymagan oilani tasavvur eting. Hovuz polvon to‘ysa, bolalar to‘ymaydi, bolalar to‘ysa — u och qoladi. Hullas, boyroq hisoblangan xo‘jalikka kelib, boshpana so‘raydi. Xo‘jalik boy bo‘lsa, ortiqcha joy ham bo‘lmaydi. Rais baquvvat bu odamdan bir ish chiqarmikin, deb hovuz tozalashda qarashishni taklif etadi. Hovuz polvon qarashish u yoqda qolib, boshqalarni aralashtirmayoq bu ishni bir o‘zi bajarib tashlagan. Uning ovqat yeyishi ham |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling