Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
68
dunyoga o‘lim bilan berkinmachoq o‘ynagani kelganmiz. O‘lim to‘r tashlaydi, biz esa 
chap beramiz, o‘lim yo‘llarimizga qopqon qo‘yadi, biz esa ziyraklik qilib sakrab o‘tib 
ketamiz. Og‘zimizni ochib lalaydikmi, tamom! 
Zelixon shunday deb soatiga qaradi: 
— Televizorni qo‘y, «Vremya»ni ko‘raylik-chi? 
Bir necha daqiqadan so‘ng Farg‘onadagi fojialar haqida xabar berila boshladi. Muxbir 
jangarilar tushgan katta yuk mashinasi Qo‘qon sari katta tezlikda borayotganini xavotir 
bilan bayon qilar edi. Vertolyotdan turib olingan tasvirda kaltaklar bilan «qurollangan» 
yigitlar ko‘rindi. Muxbir ularning giyohvand ekanliklarini qayta-qayta ta’kidladi. 
— Voy galvarslar! — Zelixon shunday deb tizzasiga urdi-da, o‘rnidan turib ketdi.— 
Eshityapsanmi? Giyohvandlar ekan?! To‘g‘ri, nasha chekib, balki ustidan aroq ham ichib 
olishgandir bu xumsalar! Qarab tur, ular Qo‘qonga eson-omon yetib olishadi. Keyin o‘sha 
yerda to‘polon boshlashadi. 
— Nega jahlingiz chiqyapti, yolg‘on gapiryaptimi? 
— Rost gapiryapti! Lekin bu xumsalarni nima uchun to‘xtatishmayapti?! Qara, tepadan 
vertolyot bilan kuzatib borishyapti. Vertolyotni pastlatsin, bolalarning kayfi uchib qochib 
qolishadi. Yo‘lga bittagina traktorni ko‘ndalang qo‘ysin, qayoqqa o‘tishadi bular? Sen 
bankni urib shu yo‘ldan qochgin, qancha yurishga ulgurarkinsan? Yo‘-o‘q, kimgadir kerak 
bu. Kimdir shu bolalarning Qo‘qonga yetib borishini istayapti. O‘lim to‘rini yoyib turibdi 
bularga, bular esa nodon qushga o‘xshab o‘zlarini to‘g‘ri shu to‘rga urishadi. Bular to‘rga 
chap berishni bilishmaydi. 
Zelixon shunday deb televizorga yaqinlashdi-da, mushtladi. Tasvirdagi mashina bir 
sapchidi-yu, so‘ng yo‘lida davom etaverdi. 
— Siz birovlardan gumon qilyapsiz. Kim qiladi bu ishlarni? Qirg‘in kimga kerak? 
— Agar siyosatchi bo‘lganimda kallamni ishlatib, senga aniq javob berardim. Men 
oddiygina o‘g‘riman. Hamisha gumonda yurish mening kasbim. Birovga ishongan kunim 
men tamom bo‘laman. Bir odamdan eshitganman — siyosatni fohishaga o‘xshatgan. 
Siyosat birovga vafo qiladigan narsa emas ekan. Shuning uchun ham savollaringga hech 
kim, hech qachon javob bera olmaydi. 
Zelixon bu kech isitilgan kabobdan ozgina yeb, to‘yib aroq ichdi. Ertalab Elchindan ikki 
ming so‘m qarz oldi-da, Adlerga uchib ketdi. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling