Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
64
— Picha vaqt o‘tsin, tinchisin, kelib sotib ketarman. 
— Sotolmaysan. 
— Nega, Zeli og‘a? 
— Uyingni bugunoq yoqaman. 
— Yo‘q, Zeli og‘a, bolalarimga rahmingiz kelsin, meni xonavayron qilmang. 
— Seni xonavayron qilib bo‘larkanmi? Nechta chamadon bilan ketyapsan. 
— Ko‘p emas,— dedi Selim dovdirab,— oltita. Kichkina chamadonlar. 
— Boshqalar,— Zelixon avtobuslar karvoni ketgan tomonga qarab qo‘ydi,— bitta ko‘ylak 
bilan ketishdi. Og‘am Ismoilbeyga kafanni o‘zbeklar berishdi. 
— Og‘am o‘ldilarmi? 
— Ha... mening bobomni ham o‘zbeklarning o‘zlari kafanlab ko‘mishgan edi. Shu 
narsaga aqling yetadimi sening? 
— Ha, tushunaman. Yomonlik istashmas edi. 
— Yo‘q, tushunmaysan. Tushunganingda oltita chamadonni liq to‘ldirib qochmas eding. 
Boshqalar bilan birga bo‘larding. Sen xunasani baribir otaman. Qayoqqa borsang ham 
izlab topib, otaman. To‘pponcham bo‘lganida hoziroq otar edim. Mayli, yana ozgina 
yashay qol. Ozgina bo‘lsa ham darbadarlik nima ekanini bilib qo‘y. 
— Zeli og‘a, unday demang, sizni hurmat qilaman. 
— Hurmat qilmay qo‘ya qol. Bor, ichkariga kir, xotiningning yuragi yorilib ketmasin. Sen 
meni kutgin, bir kunmas-bir kun uyingga kirib boraman. Agar bir balo bo‘lib qamalib 
ketsam, odam yuboraman. Seni o‘ldirish endi menga qiyomat qarz! 
Zelixon bu gaplarni atayin uni qo‘rqitish uchun aytgan edi. Uning nazarida Selimga bitta 
o‘q kifoya emas. U bundan buyongi hayotini qo‘rquvda, talvasada o‘tkazishi lozim edi. 
Selim chindan ham qo‘rqdi. Ammo shu onning o‘zida Zelixondan oson qutulayotganiga 
quvonib, xayr-ma’zurni nasiya qilgani holda ichkariga kirdi. Bundan Zelixonning achchig‘i 
chiqdi. Ichkari kirib bir adabini bermoqchi ham bo‘ldi. Shu onda qandaydir bir g‘oyibona 
ovoz: «o‘zing-chi, joningni saqlab qolgan odamga xayr ham demay ketmoqchisan-
ku?»— dedi. «Ha-ya,— dedi u o‘ziga-o‘zi,— Yigitaliga uchrashmay ketsam, durust 
bo‘lmas». Shu qarorga kelib, shaharga qatnaydigan avtobusga o‘tirdi. U Yigitalinikiga bu 
usti-bosh bilan borib bo‘lmasligini, soqchilar ko‘paygani, shubhali odamlar hibsga 
olinmog‘i mumkin ekanini bilardi. Shu bois avval Nadyanikiga bormoqni, yuvinib-taranib, 
so‘ng Yigitaliga uchrashmoqni afzal ko‘rdi... 
...Eshik darrov ochilmadi. Qo‘ng‘iroqning ikkita qisqa, uchta uzun jiringlashi ham 
ichkaridagilarga ta’sir etmadi. Qo‘ng‘iroqni qayta-qayta bosavergach, eshik qiya ochilib
sochlari to‘zg‘igan, o‘ng qo‘l barmoqlariga sigaret qistirgan Nadya ko‘rindi. 
— Zelya, senmiding? — dedi u xushlamagan bir ohangda. 
— Nadulya, mehmonni yaxshi kutib olmayapsan? — dedi Zelixon ichkari kirib, uning 
beliga qo‘l yuborib,— nima bo‘ldi, tinchlikmi? 
— Jonimga tegdilaring, hammalaring! — Nadya shunday deb unga esh bermay, oshxona 
tomon yurdi. Gaz plitasi ustidagi gugurtni olib, sigaretni tutatdi. 
Zelixon ajablanib, katta xona eshigini asta qiyalatib, ichkariga mo‘raladi: ikki yigit 
divanda bir-birining yelkasiga bosh qo‘yib uxlab o‘tiribdi, yana biri ustol oyog‘ini 
quchoqlagan holda qotgan. Dimog‘iga nasha hidi urilib, burnini jiyirdi. Zelixon bu 
yigitlarni tanimadi. Ichkariga kirib o‘ng tomondagi yotoq eshigini ochdi. Ikki o‘rinli 
karavotda yotgan, chap qulog‘ining ostidan og‘zigacha tirtig‘i bo‘lgan yigitni darrov tanidi 
— Fedya. Ustiga bostirib borib, bo‘g‘ib o‘ldirgisi keldi. Lekin bu uyda guvoh borligini 
eslab, o‘zini tutdi. G‘ijim yostiqqa qarab, zaharli jilmaydi. — Nadyaning hozirgina shu 
o‘rindan turib chiqqanini fahmladi. Oshxonaga chiqib, uning belidan quchdi. 
— Nadulya, bazm zo‘r-ku? Halaqit beribman-da? — dedi uni erkalab.— Bearmon 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling