Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
60 Kesakpolvon o‘rindiqqa yastanib o‘tirib. — Bir nimaning hidini olganga o‘xshaydi, — dedi Chuvrindi uning qarshisidan joy olib. — Ochiq aytmadi-yu, ammo sezdirib qo‘ydi. O‘lik cho‘loqmidi? — Nima? — Bir oyog‘i kaltamidi? — Men qayoqdan bilaman, yurg‘izib ko‘rib olibmanmi? Bitta o‘lik topish kerak deding, topib keldim. Endi mening boshimni og‘ritma. — O‘xshamaganidan topilibdi-da. Bek akam-ku, ishondilar. Prokuror darrov ishonadiganmas. — Hey, akosi, egasiz o‘liklar taxlanib turgan joy bormi? Yo Haydar akang jingalak soch o‘lik tug‘ib berishi kerakmidi?! Aytaver, sen aytsang, o‘lik tug‘ib bermagan — nomard! — Jahlingiz chiqmasin, shoshilinchda bo‘lgan ish... Chorasini o‘ylashimiz kerak. — Sen bola, bir xil paytlarda ja o‘zingdan ketyapsan. — Haydar aka, siz shu gapni ko‘p aytasiz, men ham bir xil javob beraman: mening maqsadim bir — hammamiz bexavotir yashaylik. Biz qilko‘prikda yuradigan odamlarmiz. Bularning qachon oyog‘i toyib ketarkin, qachon yiqilarkin, deb umid bilan tikilib turgan ko‘zlar mingta. O‘zimiz ehtiyot bo‘lmasak, birov bizni ehtiyot qiladimi, bizga birovning joni achiydimi? — Bu ishing yaxshi, gap yo‘q! Lekin oshirvorma, bola. Qil ko‘prikda yursak ham qo‘limiz uzun, pastda yiqilishimizni kutayotganlar ko‘p bo‘lsa, tepada qo‘limizdan ushlab qoladiganlar ham bor. Shuni unutma, bo‘lar-bo‘lmas gaplarni Bekka aytaverma. — Bek akamga nima debman? — Bugungi gaping shart emas edi. Sharif masalasini o‘zimiz imi-jimida to‘g‘rilasak ham bo‘lardi. Oraga jononni qo‘shib, meni aybdor qilib qo‘yding. — Imi-jimida ish qilishga haqqimiz yo‘q. Bek akam hamma narsadan xabardor bo‘lishlari kerak. O‘ng qo‘lning ishini chap qo‘l bilmasa chatog‘i chiqadi. — Senga aql o‘rgatgan men ahmoq, — dedi Kesakpolvon jilmayishga harakat qilib. — Ehtiyot bo‘l, bola, jag‘ingni ezib qo‘ymayin. Ildizimga bolta uraman, deb urinib yurma. Kesakpolvon bu gapni hazil ohangida aytayotgan bo‘lsa ham Chuvrindi hazil tagi zil ekanini fahmladi. Ammo sir boy bermaslik uchun jilmayib qo‘yib javob berdi: — Hammamizning ildizimiz bir. Yashamoq ham birga, o‘lmoq ham birga. 3 Asadbek qizi yotgan xonaga kirmadi. To‘g‘ri, odatda ichkariga erkak zoti qo‘yilmasdi, lekin Asadbek o‘tmoqni ixtiyor etsa, istisno tariqasida bu qoida buziluvi mumkin edi. U qoidani buzgisi kelmadi, demoqlik lofga yaqin gap bo‘lar. Asadbek qizi oldida o‘zini aybdor his qilar, ana shu his Zaynabga ro‘para bo‘lishiga yo‘l qo‘ymas edi. U qizining mungli ko‘zlariga botinib qaray olmasdi. Farzandga ilashgan bir misqol baxtsizlik otaga yuz botmon miqdorida og‘ir baxtsizlik yuki bo‘lib ezajagini qizi yo‘qolib, topilganidan so‘ng his etdi. Tabibboshining xonasida o‘tirganida davolovchi tabib tib ilmiga xos tilda xastalik sabablarini bayon qildi. Uning gaplari Asadbekning qulog‘iga kirmadi. U qovoqlarini uyub, bir nuqtaga tikilganicha o‘tirdi. Tabib gapini tugatib, jim bo‘lgach, unga qaradi-da: — Yangangni chaqir, — dedi. Ellik uchinchi yilda ukasi Samandarning hech kutilmaganda shamollab, o‘lib qolishi yuragiga bitmas jarohat solgan edi. Bu jarohat yillar o‘tib ham tuzalmadi. Bil’aks, yaralangan jangchi badanida qolib ketgan temir parchasiday dam-badam qo‘zg‘olib azob berib turdi. Badandagi temir parchasini jarroh olib tashlashi mumkin, ammo yaralangan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling