Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
56
Asadbekdan ham nafratlandi. Onasini bu holda ko‘rsatgani uchun Haydarga nisbatan 
bo‘lgan nafrati to hanuz so‘nmagan, bu nafrat vujudining allaqaerida uyg‘onmoq uchun 
xuddi buyrakdagi toshday fursat poylab yotardi. 
2 
Prokuratura mahkamasidan chiqqan Chuvrindining ko‘ngli xira edi. U paxtadan qochgan 
kezlari hayotida ilk marta qamalib qolishdan qo‘rqqan edi. Sinf rahbarining qamoqdagi 
dahshatlar xususida gapirganlari hamon esida. U damda bu gaplarning aksari lof ekanini 
bolalar bilishmas edi. O‘qituvchiga ishonishardi, ko‘rqishardi. Birinchi marta Haydarga 
qo‘shilib o‘g‘irlik qilganida yana qo‘rqdi. Besh-o‘n kun eshik tiq etsa ham militsioner kirib 
kelayotganday cho‘chib tushaverdi. Keyinchalik bu qo‘rquv ancha chekindi, ammo uni 
butunlay tark etmadi. Uni hamisha aql bilan ish ko‘rishga majbur etuvchi his ham ana 
shu qo‘rquv edi. 
Roviylar derlarki, bu aldoqchi hayot kishi bilmasdan yeb-ichib qo‘yadigan zaharga 
o‘xshar. Kishi zahar borligidan bexabar holda uni ishtaha bilan yer va bilmaski, unda o‘z 
o‘limi yashirindir. Chuvrindi yeyayotgani asta-sekin ta’sir etuvchi zahar ekanini aniq 
bilmasa-da, baxtiyorlik ichra yashay turib baxtsizlikka uchramoqdan qo‘rqmoq lozimligini 
sezib turardi. Omadning fohisha xotin kabi ekanligi, bugun senga kulib tursa, ertaga 
boshqaga iljayib qarajagi ham unga ayon edi. 
Bugungi tashrif uning uchun aytarli jiddiy ahamiyat kasb etmasa-da, ko‘nglini xira qildi. 
Bunaqa mahkamalarga hatto shunchaki salomlashib chiqish uchun ham kirgisi yo‘q edi. 
Zohidning chaqiruv qog‘ozini yirtib tashlab, bu idoradagi tanishlariga sim qoqib qo‘yishi 
ham mumkin edi. Avvalo ish chuvalashmasin, dedi. O‘jar, haqiqatparast deb 
ta’riflanayotgan Zohidda shubha uyg‘otishni istamadi. Qolaversa, ruhidagi nafsni o‘ldira 
olgan tergovchini yaqindan bir ko‘rish ishtiyoqi tug‘ildi. 
Asadbek hech yolg‘iz yurmasdi. Bu tabiiy hol. Katta odamning tashvishi ham katta 
bo‘ladi, atrofidagi xavfi ham. Kesakpolvon atrofidagilarga qadrini namoyish etish uchun, 
og‘aynisiga taqlid qilib, u ham doimo bir-ikki yigit bilan birga bo‘lardi. Bu guruhda faqat 
Chuvrindigina yolg‘iz yurardi. U birovga taqlid qilishni xushlamas edi, qolaversa, 
gavdasiga, kuchiga ishonardi. 
Shahar markazidagi uch qavatli bino yerto‘lasiga joylashgan qarorgohiga ketaturib 
mashinasini ko‘p qavatli imoratlar orqasida qolib ketgan mahalla sari burdi. Mahallaga 
urushdan ilgari asos solingani uchun imoratlari unchalik hashamatli emasdi. U 
mashinasini suvoqlari ko‘chib tusha boshlagan uy qarshisida to‘xtatdi. Bu uy bir vaqtlar 
Asadbeklarning makoni edi. Uy egasi bir kechada uyni ham, xotinni ham Asadbekka boy 
berib, alamiga chiday olmasdan o‘zini osib qo‘ygan edi. Asadbek u bilan qalin do‘st 
bo‘lmasa-da, o‘zaro yaqinliklari bor edi. Shu sababli uning o‘limidan ham iztirob chekdi, 
ham jahli chiqdi. 
Ering ahmoq ekan, — dedi ma’rakalari o‘tganidan so‘ng. — Uy ham, xotin ham 
topiladigan narsa, jon topilmaydi. Kecha yutqizgan bo‘lsa, bugun yutardi. Men unga uyni 
bo‘shat, xotiningni ber, deb qistalang qilmovdim. Hozir ham bunday demayman. Uy 
o‘zingga buyursin. Xohlasang erga teg. Faqat eringni qimorga yaqinlashtirma. 
Ayol nima uchundir erga tegmadi, Asadbeklar davrasidan uzoqlashishni istamadi. Dam-
badam shu uyda qimorbozlar yig‘iladigan bo‘lishdi. Xotin ularning xizmatini o‘rniga 
qo‘yib yuraverdi. Umri shu zaylda o‘tib, oltmishni qoralaganda yolg‘izligini his qila 
boshladi. Bu orada Chuvrindining onasi ham chiroyini, yoshligini boy bera bordi. Bozori 
chaqqon xonimning ishlari orqaga keta boshladi. Mayxo‘rlik uni odam kepatasidan 
chiqarib tashladi. Hali u yerda, hali bu yerda xor holida yotib yurganida Chuvrindi uni 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling