Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
53
Unaqa demang, xabar olganman. Bir oy bor devdi. Bu emasdir? 
— Men qudamnikiga borib kelay. 
— Bolani sizlar tashlab keldilaringmi, deysizmi? 
— Menda ham kalla bordir. Bunaqa demasman... 
U uyiga bo‘shashib qaytdi: kelini o‘n besh kun burun shaharga ketgan emish... 
Bolaga Mahmud deb ism qo‘yishdi. Ikki uy naridagi hamsoyalarining kelini emizib turdi. 
Keyinroq echki sotib olishdi. Bola uch oyli bo‘lganida kelin shahardan qaytganini eshitib, 
er yana qudasinikiga bordi. «Qizingiz yukli edi, nima bo‘ldi?» deb so‘rab, «bola o‘lik 
tug‘ilibdi», degan javobni eshitdi. Eshitdi-yu, badaniga muz yugurib, taxta bo‘lib qotib 
qoldi. Tili gapga kelmadi. Ollohning har narsaga ko‘nikuvchi bu sodda bandasi «o‘lik 
tug‘ilgan bo‘lsa qaerga ko‘mdinglar, nima uchun bizga xabar qilmadinglar, tirikmi, 
o‘likmi, bolamizdan zurriyod edi, nima uchun shaharda tug‘di, nimadan uyaldi, bola 
valadi zino emas edi-ku?..» degan savollarni bermadi. Qudasining gapini og‘ir yukday 
ortmoqlab, uyiga shumshayib kirib bordi. Bu shum xabar xotinining jonini sug‘urib 
olganday bo‘ldi. Yaxshi hamki, yig‘i degan narsa bor, shu yig‘i bilan jonini qaytardi. 
So‘ng qiyomat qoyimni boshlamoq qasdida qudasinikiga otlandi. Er ostonaga turib olib, 
unga yo‘l bermadi. Chaqaloqqa termulib o‘tirib, tunni bedor o‘tkazishdi. 
— Turdi, ularning gapiga ishonma, yolg‘on aytishdi,— dedi er. — Mahmud — 
bolamizning bolasi, aslida ismini Yodgorbek deb qo‘ysak bo‘larkan. 
— Bir qarashdayoq ko‘nglim sezgan, begona emas, o‘zimizning nabiramiz. Siz laqmasiz, 
ularning gapiga ishonib o‘tiribsiz. 
— Ishonmadim, Turdi, hech ishonmadim. Mahmudjonning chap kuragida dog‘ bor, 
esingdami, bolamizda ham bor edi. 
— Burni ham xuddi o‘zi. 
Bola ulg‘aygani sayin uning yuzlarida, qiliqlarida, gaplarida, ovozida... otasiga 
o‘xshashlikni topaverishdi. Ayni chog‘da, kelinlarining, kelin-ku, yosh ko‘p narsaga aqli 
yetmaydi, qudalarining bu qiliqlariga tushunishmadi. «Ostonaga tashlab ketmay, «bola 
eson-omon tug‘ildi, endi o‘zingiz boqib olinglar, qizimizni bolasi bilan er olishi qiyin» 
desalar olam guliston edi-ku?..» deb o‘ylab, o‘ylariga yetisholmadi. 
Kunlar, oylar, yillar o‘taverdi. Bola ulg‘ayaverdi. Ota-onasini so‘raydigan bo‘ldi. Ular 
o‘g‘illarining tirik ekaniga, qachondir qaytib kelishiga ishonishardi. Hatto kelinlariga insof 
kirishiga, uning ham qaytishiga, bolasini bag‘riga bosishiga ishonch bor edi. «Dadang 
bilan ayang uzoqqa ketishgan, yaqinda kelishadi», deb bolani aldashar edi. Bir kuni er 
«Mardonqul shaharda keliningni ko‘ribdi, suyuqoyoq bo‘lib ketgan ekan, restoranda o‘z 
ko‘zi bilan ko‘ribdi, endi bolamga «onang o‘lgan», deb qo‘ya qolaylik», dedi. Fikr xotinga 
ham ma’qul bo‘ldi, ammo aytisholmadi. 
O‘n to‘rt yoshga qadam qo‘ygan yili kuz seryog‘in kelib, paxtani terib olish og‘irlashgani 
sababli quyiroq sinflarning o‘quvchilarini ham safarbar qilishdi. Ana shunda er-xotin 
xashak o‘rimiga ketib qaytmagan yolg‘iz o‘g‘illarini eslashdi. Ko‘ngillariga bezovtalik 
oraladi, so‘ngroq bu bezovtalik yurakdagi g‘am toshi bilan bostirildi. Avvaliga 
Mahmudjonni yubormaymiz, deyishdi. «Paxta siyosati nozik masala, bormasa bolang 
qamaladi», deb qo‘rqitishgach, noiloj qolishdi. Bolani ko‘z yoshi bilan kuzatishdi. Er ham 
yig‘ladi, xotin ham yig‘ladi — bolani so‘nggi marta ko‘rayotganlarini ko‘ngillari sezdi. 
Diydor qiyomatga qoldi. 
Bolalarni cho‘ldagi bir bostirmaga joylashtirishdi. Ota-onalari bag‘ridan ilk daf’a 
uzoqlashgan bolalar sovuqda qunishib, bemaza ovqatdan ko‘ngillari aynib, tunlari bir-
birlarining pinjiga kirib, tong ottirishardi. Terayotgan paxtalarining tayini bo‘lmasa ham 
bunda yashashga majbur edilar. Chunki yuqoriga boruvchi ma’lumotlarda falon bo‘limda 
qirq sakkizta norasida bor deyilmaydi. Bil’aks, «falon bo‘limda qirq sakkiz azamat ob-


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling