Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
54 havo injiqliklarini mardonavor yengib, fidokorona mehnat qilmoqda» deb yoziladi. Qor aralash yomg‘ir tinishi bilan dalaga haydaluvchi bu «azamatlar» kuniga uch-to‘rt kilo emas, qog‘ozda oltmish-etmish kilo terayotganlarini bilmas edilar. «Yegan ovqatlaringga loyiq termayapsanlar!» degan minnatdan tezroq qutulib, uyga tezroq qaytish ilinjida shu bostirma ostida yashardilar. O‘n sakkizinchi kuni Mahmud lanj holda turdi. O‘ng biqinida og‘riq sezdi. Ko‘ngli aynib, qayt qildi. Nonushtada ishtahasi bo‘lmadi. Isitmasi ko‘tarildi. Sinf rahbariga ahvolini ma’lum qilgan edi, u: «Dalaga chiqsang, tuzalib ketasan, o‘g‘il bola chayir bo‘lishi kerak», dedi. U chayir bo‘lish uchun yana uch kun shu ahvolda yurdi. Biqinidagi og‘riq kuchaydi. Ovqat yemayotgani uchun holdan toydi. To‘rtinchi kuni saharda, hamma uxlab yotgan mahalda o‘rindan turdi-yu, katta ko‘cha sari yurdi. Yomg‘ir shivalab turgan edi: birpasda mushuk boladay ividi. Katta, og‘ir etigini sudrab biron mashina ko‘rinib olib ketarmikin, degan ilinjda yuraverdi. Nihoyat, mashina chirog‘i ko‘rindi. Mashinaga qo‘l ko‘targani esida, chiroq nuridan ko‘zlari qamashgani, boshi aylangani ham esida, qolgani yodida yo‘q. Mashinadagilar bolani ko‘rishgan, ammo to‘xtash niyatlari yo‘q edi. Haydovchi yonida o‘tirgan odam birdan baqirib yubordi: — To‘xta! Nima balo, turtib yubordingmi?! — Yo‘g‘-e, — dedi haydovchi tormozni bosib, — chetda turuvdi-ku? — Yiqildi bola. Ular tushib, behush yotgan Mahmudni mashinaga olishdi. Yo‘lni o‘zgartirib, kasalxona tomon yurishdi. Mahmudning jigari shishib ketgan edi. Tabiblar avvaliga «tuzalishiga umid yo‘q», degan to‘xtamga kelishdi. Agar uyiga yaqin yerda bo‘lganida shunday deb ota-onasini chaqirib berib yuborishardi. Mahmudning baxtiga uylari yuz chaqirimning nari-berisida edi. Buning ustiga u «paxtadan qochganim uchun qamab qo‘yishmasin», deb qo‘rqib, kimligini, qaerda yashashini noto‘g‘ri aytgan edi. Sinf rahbari Ehsonov uyiga qochib ketdi, deb xotirjam, buvasi, buvisi esa «bolam paxtada» deb o‘ylashardi. Shu bois uni qidirish hech kimning xayoliga kelmas edi. Bu orada, hech kutilmaganda, butun g‘am-alamlarni birga baham ko‘rgan, bir-biriga suyanib yashayotgan er-xotin oldinma-keyin boqiy dunyoga rixlat qildilar. Ajablanarlisi shuki, kasal bo‘lib yotmadilar. Avval Er ketdi. Tungi uyqusi abadiy uyquning debochasi ekanini bilmay ketdi. Kechqurun yotdi-yu, tongda uyg‘onmadi. Erning yettisi kuni aytib yig‘layotgan Xotinning nafasi qaytdi, behush yiqildi. Bir soatcha alahsirab yotib, joni uzildi. Hirqirab yotgan holida «bolam!» dedi-yu, tilini tishladi... Xuddi o‘sha kuni Mahmudning sog‘aya boshlaganini bilib, tabiblar ajablanishdi. Davolayotgan tabibni tabriklashdi. «Buni dissertatsiya qilish kerak», deb maslahat berishdi. Yaxshiki, maktab bolalarining baxtiga yil o‘ttiz birinchi dekabrda yakunlanadi. Agar yil dekabrda emas, o‘ttiz birinchi yanvarda oxirlasami, ular yana bir oy qor bosgan dalada shumtirab yurar edilar. Qo‘llari, yuzlari yorilgan bolalar o‘ttizinchi dekabrda uylariga qaytdilar. Ana shundagina Mahmudning yo‘qolgani ma’lum bo‘lib, qidir-qidir boshlandi. Sinf rahbari topib kelganida Mahmud ancha sog‘aygan, oyoqqa turib qolgan edi. Sinf rahbari bu bevosh bolani urishdi, so‘kdi, gina qildi, oxiri buvisi bilan buvasidan ajrab qolganini ma’lum qilib, iziga qaytdi. Sinf rahbari o‘quvchisining sog‘-salomat ekanini bilib, ko‘ngli tinchidi. Shum xabarni aytib, o‘z yelkasidagi tashvish tog‘ini murg‘ak vujudga, murg‘ak yurakka ag‘darib ketdi. Ajdodlarimiz falakning aylanishiga qarab, o‘n ikki muchalni belgilab, har muchalga jonivorlar nomini berganlar. Deydilarki, kim qaysi muchalda tavallud topsa fe’li o‘sha |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling