Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
51
— Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda, maktabda duradgor ekan? 
— Bilmadim. Balki menga kelgunicha ishlagandir. — Chuvrindi shunday dedi-yu, 
ichida Kesakpolvonni so‘kdi: hamisha ishni chala qiladi. 
— Sunnatullaev uylanganmidi? 
— Yo‘q, ayollarga toqati yo‘q edi. Nima uchun qamalganini bilsangiz kerak. Menga bir 
yorilib, «tuhmatga qolganman» devdi. Ayollarga ishonmay qo‘ygandi. 
— Otasi og‘ir yotibdi, deysiz. Tuzalib ketsa-chi? Sizdan xafa bo‘lmaydimi? 
— Avval tuzalsin-chi? U tuzalishi mumkindir, ammo o‘g‘li tirilmaydi-ku? Yo tiriltirish 
qo‘lingizdan keladimi? 
— Kelmaydi, ayniqsa yoqib yuborilgan murdani tiriltira olmaymiz. Jamshidda kimning 
xusumati bo‘lishi mumkin? 
— Bilmayman, mo‘min bola edi. Birov bilan janjallashganini ko‘rmaganman. 
— Qiziq... Murda yoqib yuborilgan... — Zohid «murdaning buyragi olingan» demoqchi 
bo‘ldi-yu, «hozir vaqti emas» degan qarorga kelib, o‘zini tutdi. Ikkilanganini bildirmaslik 
uchun gapini bir maromda davom etdi: — Mashinaga esa tegilmagan. Bu sizga g‘alati 
tuyulmayaptimi? Qotil nima uchun hech narsaga tegmadi ekan? 
— Bu menga emas sizga g‘alati tuyulishi kerak. Siz mendan limonad nima uchun 
bemaza, deb so‘rang, nima kam solinganini aniqlab, aytib beray. 
— Balki bu ajablanarli holni o‘ylab ko‘rgandirsiz, debman. Unda boshqa savolga javob 
bering: nima uchun murdani o‘likxonadan beruxsat oldinglar? 
— O‘likni olishga ham ruxsat kerakmi? Bordik, so‘radik, berishdi, ko‘mdik. O‘lik «qachon 
meni ko‘misharkin, qachon ruxsat berisharkin», deb maxtal bo‘lib yotmaydi-ku? Murda 
qochib ham ketgani yo‘q, aniq bir joyda yotibdi, kerak bo‘lsa kavlab olaverasizlar, 
shunaqa odatlaring ham bor shekilli? 
— Bu gapingiz ham to‘g‘ri. Mana, o‘qib ko‘rib, imzo cheking, — dedi Zohid qog‘ozni 
uzatib, — agar lozim bo‘lib qolsa yana bezovta qilamiz. Xizmatchilik, qotilni 
topmagunimizcha tinchiy olmaymiz. 
— Qotilni topishga ishonasizmi? — dedi Chuvrindi qog‘ozga imzo cheka turib. 
Yuz foiz ishonaman, — dedi Zohid qat’iy tarzda. Bu gapdan Chuvrindi miyig‘ida 
kulimsiragan bo‘lsa-da, Zohidning tik qarashiga bas kelolmay ko‘zlarini olib qochdi. 
— Omadingizni bersin, — deb xonadan chiqmoqchi bo‘lganida Zohid to‘xtatdi: 
— Ha, aytmoqchi, eksgumatsiya lozim bo‘lsa, sizni yana bezovta qilamiz. 
— Tushunmadim? 
— Eksgumatsiya... O‘zingiz aytdingiz-ku, murdani go‘rdan kavlab olish-da. Otasi yotgan 
bo‘lsa, yaqin kishisi sifatida siz qatnashishingiz kerak. 
Chuvrindi «chaqirsangiz qatnasharmiz» deb xonadan chiqdi. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling