Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
48 — Habib akangizning ishlari besh. Maskovdan nari Londonga jo‘nab qolibdilar. Xalqaro akademiyaga a’zo bo‘ladilar, degan xabar eshitdik. Zohid Anvarni ichkari boshlamoqchi bo‘ldi. Anvar ishga shoshayotganini bahona qilib, unamadi. — Kecha bir gap eshitib, shuni aytgani kelgan edim, — dedi u, soatiga qarab olib. — Tunov kuni bir odamni osib o‘ldirib, yoqib yuborishgan ekan, eshitgandirsizlar? — Eshitdik, — dedi kulimsirab Zohid. — Ha-ya, — dedi Anvar ham kulimsirab, — sizlar eshitmagan, bilmagan gap bo‘lmaydi- ku. Xullas, o‘sha yigit Asadbekning odami emishmi? — Shunaqa mish-mish bor. — Aniq gap emasmi, hali? — Isbotlanmagan gap biz uchun mish-mish. — Xo‘p, mish-mish bo‘lsa bo‘la qolsin. Mening bir jonajon do‘stim bor, Elchin, eshitganmisiz? O‘sha Asadbekning kuyovi bo‘lgan. O‘n yil o‘tirib keldi. — Eshitganman. — Lekin begunoh qamalganini bilmaysiz. Xotinini o‘ldirmagan edi. — Tuhmat bilan ketganmidi? — Balki tuhmatmasdir. Aybni bo‘yniga olgan, u o‘jar. Nimaga shunday qilganini men ham tushunmayman. — Bo‘yniga olgan bo‘lsa... balki jahl ustida yoki kayfda... — Yo‘-o‘q, unaqa bolamas u. Odam o‘ldirolmaydi. Odam o‘ldirish oson ekanmi? — Qiyinmi? Anvar «kalaka qilyaptimi yo jiddiy so‘rayaptimi?» deb o‘ylab Zohidga qaradi. Zohidning ko‘zlarida quvlik nishonasi yo‘q edi. Shu sababli savolga javob berolmay o‘ylashga majbur bo‘ldi. — Bilmadim, — dedi nihoyat. — Har holda qiyin bo‘lsa kerak. Odam qo‘y emas, pichoqqa bo‘ynini tutib beradigan... Gapning qisqasi, Asadbek kuyovidan gumonda ekan. — Qanaqa gumon? — Tushunmadingizmi? Mening o‘sha o‘ldirilgan odamimda qasding bormidi, deganday qilibdi. — Nima uchun gumonsiraydi? — Hayronman... bilishimcha, Noilaning o‘limida uning ham hissasi bo‘lgandir-da. — Buni do‘stingiz aytdimi? — Yo‘q, bu o‘zimning gumonim, — Anvar shunday deb Zohidning jiddiy tikilib turgan ko‘ziga qarab, kulimsiradi. — Nimaga kulyapsiz? — dedi Zohid ajablanib. — Yaxshi ham xonangizga kirmaganim. Tikka turib olib shunchalik so‘roqqa tutyapsiz, ichkarida kechgacha tergov qilarkansiz-da, a? — Ishimiz shunaqa-da, xafa bo‘lmang. — Hazillashdim. Bu yerga kelishimdan maqsad — o‘sha o‘lim bilan shug‘ullanadigan odamni tanisangiz tayinlab qo‘ysangiz, Elchindan gumon qilib yurmasin, ig‘volarga uchmasin. Asadbekdan har baloni kutish mumkin-da. Ko‘r hassasini bir marta yo‘qotar ekan, ko‘zi ochiqlar ikki marta yo‘qotmasin, tag‘in. — Yaxshi, aytib qo‘yaman. Lekin... o‘rtog‘ingizni so‘roqqa chaqirishga to‘g‘ri keladi-da. — Nima uchun? — Haqiqatni oydinlashtirish uchun. Uni gumondan xalos etish uchun. — U odam o‘ldirilganida Elchin Farg‘onada edi. Kecha keldi. Men o‘zim ikki marta uyiga bordim. Darvozasi berk edi. — Siz xavotir olmang, begunoh odamni gumonga qurbon qildirib qo‘ymasmiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling