Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- V b o b 1
www.ziyouz.com kutubxonasi
46 — Agar qotillikni sening bo‘yningga ilishmoqchi bo‘lishsa, aytish kerak. — Kimga? — Kimga? — Anvar o‘ylandi, birdan esiga Zohid tushdi. — Akamning bir shogirdi prokuror bo‘lgan. Halol bola. Olib boraymi? — Yo‘-o‘q, aralashtirma uni. Men Asadbekdan qo‘rqmayman. Oxirigacha olishaman. O‘lsam o‘larman, o‘lishim aniq, ammo orqaga chekinish yo‘q. Quy yana. Elchin piyola bo‘shatib o‘rnidan turdi. — Bo‘sh kelish yo‘q, og‘ayni, sen gaplarimni unut. Dardimni senga to‘kdim, o‘rniga adovat urug‘ini sepdim. Bu urug‘ hademay unib chiqadi, ko‘rasan. Elchin shunday deb bir oz gandiraklagan holda uydan chiqdi. Anvar kuzatib qo‘ymoqchi edi, unamadi. Shu bo‘yi yarim tungacha tentirab yurdi. Anvar ertalab barvaqtroq yo‘lga chiqib prokuratura tomon ketdi. V b o b 1 Pivoxonadan chiqib mashinaga o‘tirishgach, Hamdam hamrohlariga saqich uzatdi: — Pivoning hidini oladi. Har holda ishga borarsizlar, a? Mashina o‘rnidan jilgach, Zohidga qarab dedi: — Namozovning uyida yaqin orada bo‘ldingmi? O‘sha ko‘chadan o‘tib ketaylik. Zohid uning maqsadini Sharif Namozov yashaydigan ko‘chaga burilishganda angladi. Lola ko‘chasida ko‘krak kerib turgan imoratlar qatorida bostirmaga o‘xshab g‘aribgina ko‘rinuvchi uy oldi qurilish maydoniga aylangan edi. Yog‘ochlari chiriy boshlagan eski darvoza endi temirdan bo‘libdi. Suvoqdan chiqqan boloxona esa savlat to‘kib turibdi. Peshtoqsiz uy tomi ochib tashlangan, oftobning o‘tli nafasiga qaramay, ustalar ishlashyapti. Mashina uy qarshisidan o‘tayotganida sekinladi, ammo Hamdamning buyrug‘i bilan to‘xtamadi. Darvoza oldida Nasiba qo‘shni ayol bilan suhbatlashib turar edi. Eri qamalib chiqqanidan beri, ayniqsa katta qurilish boshlanganidan beri atrofdagi har bir harakatga cho‘chibroq qaraydigan bo‘lib qolgan bu ayolning sekinlab o‘tayotgan «Volga»ni sezmasligi, Zohid bilan Hamdamni ko‘rmasligi mumkin emasdi. Nasiba ularni ko‘rdi, tanidi. Gapirayotgan gapidan adashdi, rangi o‘zgardi. Qo‘shni ayol buni sezdi. «Nimani ko‘rib bunchalik o‘zgardi?» degan muammo bilan orqasiga o‘girildi. Hamdamning rejasida Nasibaga duch kelish ko‘zda tutilmagan edi. — Bizni ko‘rgani yaxshi bo‘ldi, — dedi u. — Eri kelishi bilan aytadi. Namozovning tinchi buziladigan bo‘ldi. — Bugun nechta arining uyasiga cho‘p suqding o‘zi?— dedi Soliev kulib. — Men manovi odil prokurorga haqiqat qanaqa bo‘lishini ko‘rsatib qo‘ymoqchi edim. «Bu odam olim ekan», deb bino qo‘ygan edi. Mana, olimning ahvoli. Olimda ham jig‘ildon bor, jigarim. Senga maslahatim: buni ham tinch qo‘yma. Burchakka siqib olib boraver. Shunday sayrab beradiki... Asadbek qafasga tushib qolganini o‘zi ham bilmay qoladi. — Sening ishing oson, — dedi Soliev. — Ko‘rding, giribonidan bo‘g‘ding, qafasga tiqding. — Hamdam aka qadim zamonda mirshab bo‘lishlari kerak edi, — dedi Zohid, mayorni quvvatlab. — O‘g‘rini ushlardilaru qo‘llarini kesardilar, tamom-vassalom. — Qadim zamonda sen o‘ylaganchalik bo‘lmagan, — deb e’tiroz bildirdi mayor Soliev. — Jinoyatchini qozi so‘roq qilgan, guvohlarni eshitgan. Gunoh aniq isbotlanganidan keyin jazo bergan. Kattagina podsholik zindoniga nari borsa o‘ttiz-qirq odam sig‘adi. Temur zamonasida o‘g‘irlik degan narsa unutilgan ekan. Bir bola boshiga bir tovoq oltin qo‘yib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling