Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
44 ekan, erkinlik haqida gapirmay qo‘yaqol. — Gapni siyosatga burma. — Ana, ko‘rdingmi, darrov qo‘rqasan. Bizda ilm bilan shug‘ullanish erkinligi yo‘q. Bizda amalparastlik erkinligi, dunyoparastlik erkinligi, haqiqat ko‘ziga cho‘p tiqish erkinligi, laganbardorlik erkinligi bor. Bulardan ustozing to‘la foydalanib, maza qilib yashadi. Endi sen shunday yashaysan. So‘ng sening shogirding. Shunday ketaveradi zanjir reaktsiyasi bo‘lib. Senga bir hikmatli gap aytaymi? — Bo‘ldi qil, boshimni g‘ovlatib yubording. Sen bilan gaplashgan odam baraka topmaydigan bo‘lib qolibdi. Sen ilmda orqada qolib ketayotganing uchun boshqalardan gina qilma. Ayb o‘zingda, butun kuchingni jag‘laringga beribsan. — O‘lmas Akrom stoli ustidagi bir varaq qog‘ozni olib, unga uzatdi. — Xavfsizlik qo‘mitasi arxividan foydalanmoqchi edingmi? Ruxsat berishdi. Mana bu odamga telefon qilib, istagan paytingda borishing mumkin. Anvar qog‘ozni olib bukladi-da, e’tiborsiz narsaday cho‘ntagiga soldi. — Ketaveraymi? — Ha. — Gapim ichimda qolmasin, haligi hikmatni aytay: bu jinnilarning gapi emas: «Sahli Su’lukiy debturki, man tasaddara qabla avonihi fa qad tasaddo li havonihi». Angladingmi? — Tushundim, bor ketaver. — Yo‘q, tushunmading. Tushunganingda sapchib ketarding. Meni tezroq chiqarib yuborish uchun shunday deyapsan. Bu hikmatning ma’nosi shuki, kimda-kim vaqtidan oldin boshliq bo‘lsa, o‘zining xorligiga mutasaddi bo‘ladi. Yana ham sodda aytilsa, layoqatsiz odam boshliq bo‘lib olsa, odamlar ko‘zi oldida o‘zini- o‘zi xorlagan bo‘ladi. — Yo‘qol, ahmoq! — Ana, aytdim-ku, tushunganing endi ayon bo‘ldi, — Anvar unga bir jilmayish hadya etib, xonadan chiqdi. U jinnixonada o‘tgan har bir kuni uchun bulardan shu zaylda o‘ch olaman, deb o‘ylardi. U o‘z nazarida hujumga o‘tgan, bular esa himoyada edilar. Bular Asadbek nomini eshitiboq gangib qoldilar, deb o‘ylardi. Uning ko‘p narsalarga yetadigan aqli Xolidiyni gangitish mumkin emasligiga yetmas edi. Xolidiy ajablanishi mumkindir, ammo gangimaydigan toifadan edi. Anvar jinnixonada nur bilan gaplashganida eshitganlarini unutayozgan edi: «Sen uning kelajakni ko‘ra bilish xususiyati borligini bilmaysan. Unga ertaga nima bo‘lishi ma’lum». Anvar O‘lmas Akromning jig‘iga tegayotganida Xolidiy uni ko‘zdan yo‘qotish choralarini izlayotgan edi. 3 Anvar peshinga qadar xush kayfiyatda yurib, tushlikdan so‘ng arxivga borish uchun ruxsat so‘rab ketdi. O‘lmas Akrom aldamagan edi, chindan ham arxivda istagan hujjatni beradigan bo‘lishdi. U buvasiga oid ma’lumotni ko‘rish istagini bildirgan edi, ikki kun ichida topib qo‘yadigan bo‘lishdi. Ishga qaytishni ixtiyor qilmay, Elchinni ko‘rgisi kelib, uning uyiga yo‘l oldi. O‘tgan kuni ham uyida hech kim yo‘q edi. Bugun ham darvoza berk. U do‘stiga hazilnamo noma bitdi-da, naycha qilib o‘rab, kalit solinadigan tirqishga tiqib, uyiga jo‘nadi. Xotinining ishdan qaytishini kutmay, o‘zi oshga unnadi. Oqshom chog‘i uyga kirib kelgan Xonzoda erini oshxonada ko‘rib «ko‘z tegmasin-ey» deb kulimsiradi. — Ertalabki jilmayishingning haqqini ado etyapman, — dedi Anvar. Osh suzilayotgan damda Elchin kirib keldi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling