Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
40 — O‘zing yetmish olti bo‘lib olibsan shekilli? — Ha endi, akaxon, kecha ko‘payib ketgan ekan. Qultomitsindan sabuhiy aylamasak bosh og‘riq bosilmaydi. — Eshitdingizmi? — dedi Hamdam mayorga qarab. — Poxmelni «sabuhiy» deydilar, bu akam. Odamlarning issig‘i o‘ttiz olti bo‘lsa, bu akaxonniki hamisha yetmish olti. Aroqdagi qirq darajani qo‘shib yuradilar. — Hamdam uning qorniga qo‘lini bigiz qildi. — Bu qorin emas, restoranning ombori. Soliev bu hazildan kulib qo‘yib, pivoxona xo‘jayiniga zimdan nazar tashlab qo‘ydi. Muzdek pivodan ichishayotganda xo‘jayin g‘oyib bo‘ldi. Dam o‘tmay ikkitadan non orasiga qo‘yilgan kabobni ko‘tarib keldi. — Shuni tamaddi qilib turinglar. Dimlamani ham boplab qo‘ydim. — U shunday deb iziga qaytmoqchi edi, Hamdam to‘xtatdi: — Yangiliklardan gapir. — Yangilik uncha yo‘g‘am. Kecha to‘qqizinchi qavatdagi bitta juvon o‘zini tashlabdi. Avval o‘zini osmoqchi bo‘lgan ekan. Sal esi og‘ibroq qolgan ekan, deyishdi. Eri... — Xo‘p, buni bilaman. — Boshqa gap yo‘q, bo‘lmasam. — Bordir, eslab ko‘r. Bitta odamni osib, yoqib yuborishibdi-ku? — E, umi?.. — Xo‘jayin sal dovdirab Solievga xavotir bilan qarab qo‘ydi. — Gapiraver, — dedi Hamdam uning xavotirini sezib. — Seni so‘roq qilgani kelishgani yo‘q. Dimlamangni maqtab olib kelganman bularni. Xo‘sh, odamlar nima deyishyapti? — Ha, endi odamlarni bilasiz-ku? — Gapni yamlama. Xo‘jayin gapimni birov eshitib qolmasin, deganday qaddini sal egib, pastroq ovozda dedi: — Asadbekning odamini o‘ldirib ketishganmish. Asadbek uni o‘z o‘g‘liday yaxshi ko‘rarkan. Shuning uchun o‘zining uyidan chiqarishibdi. — Bunisi yolg‘on, — dedi Hamdam. — Sherigining uyidan chiqarishgan. — Eshitganimni aytdim, o‘zimdan qo‘shmadim. — Xo‘p, kim o‘ldiribdi? — Biri u deydi, biri bu deydi. — «U», «bu»ning oti bormi? — Hosilboyvachchaning Shomil degan yigiti bor ekan, o‘shaning ishi deyishyapti. Yana bittasi Moysyanmidi... o‘shaning odamlari ham chatoq emish-da. Asadbek bilan vinzavodni talashishayotgan ekan. — Yana? — Bo‘ldi. — Bu dimlamangni xom pishiribsan. Gaplaringga besh ketmadim. Bor, ovqatga qara. Ha, shopirning qornini to‘yg‘az. Yukxonada shishalar bor, lo‘li xotinlaring berib yuborishdi. Senga duoyi salom, o‘sha. Shuning hisobiga shopirga ham ber pivongdan, uyiga borganida ichar. Bilib qo‘y, o‘sha odamni Asadbekning o‘zi o‘ldirtirgan. Yana birovga gullab qo‘yma. Xo‘jayin uzoqlashgach, Zohid Hamdamga norozi qiyofada boqdi. — Nega unday dedingiz? Gullab qo‘yma, deganingiz bilan bugunoq olamga yoyar? — Menga shunisi kerak-da. Shu gap Asadbekka yetib borsin. Buni asp yurish deydilar. 2 Anvar Elchinni yo‘qlab kelganida chindan ham xush kayfiyatda edi. U bir necha yildan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling