Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
39
qoladi. 
— Hay, hay, sovuq gap gapirma, bacham. O‘rtog‘ung durust bacha ekan, sen nodurust 
ish qilma. 
— Qaysi o‘rtog‘im? 
— Doniyor-da. Ertalab kelade, haqqini olade, ketade. Qamayman, demayde, senga ham 
berayinme? 
— Doniyorni ham qamayman, — dedi Hamdam jiddiy tusda. Ayol: «Doniyorni qamasa 
kattaroq kishi ekan», deb o‘ylab, dovdiradi. Hamdam Doniyor degan yigitni tanirdi. Unga 
ham bir qitmirlik qilib qo‘ygisi kelib ayolga qat’iy tarzda buyurdi: — Xo‘-o‘sh, buguncha 
seni qamamayman. Shu ko‘chadagi hamma chayqovchilarga aytib chiqasan: agar shu 
ishni yig‘ishtirmasalaring, Sibirga olib borib qamayman. Doniyorga ham ayt, general 
kelib seni so‘kdi, deb ayt. 
— Ibi, siz ginrolmi? 
— Ishonmaysanmi? Qog‘ozimni ko‘rsataymi? 
— Ishondim, o‘rtoq ginrol. Hammasi yest bo‘lade. Uyda xaladiynada muzdagi bor, olib 
chiqaymi? Sizga tekun. 
— Pora bermoqchimisan? 
— Pora emas, bolangdan aylanay ginrol. Yordamchilaringiz ichsun, duo qilsunlar. 
— Sen buyurgan ishimni bajar. Mashinaning no‘merini ko‘rdingmi? Yodlab ol, Doniyor 
so‘raydi. — Hamdam shunday deb yukxonasi eshigini yopdi-da, mashinaga o‘tirdi. Ayol: 
«Bu rostdan ginrol bo‘lsa, nima uchun shisha yig‘ishtirib yuribdi», deb o‘ylamadi ham. 
Mashina yurgach, Hamdam qilgan ishidan zavqlanib, xaxolab kuldi. 
— Doniyorni taniysan, a? Anavi yumshoq supurgi-chi? Bularni soqqani kelganida 
xotindan bu gaplarni eshitadi. General kim ekan, deb boshi qotadi. Mashina nomerini 
bilgach, prokuraturadan kim kelibdi, deb paytavasiga qurt tushadi. 
Zohidga ham, mayorga ham Hamdamning bu shumligi ma’qul kelib, kulimsirab 
qo‘yishdi. 
Anhor sohilidagi pivoxona bo‘sh, ko‘ylagi tugmachalarini yechib, yelkasiga kirlangan 
sochiq tashlab olgan xo‘jayin hisob-kitob bilan band edi. Yo‘l chetida to‘xtagan 
«Volga»ni, undan tushayotgan Hamdamni ko‘rib, irg‘ib o‘rnidan turdi-da, yo‘l-yo‘lakay 
ko‘ylagi tugmalarini solib ularga peshvoz chiqdi. 
— Hisob-kitob qalay, qurug‘idan tushib turibdimi? — dedi Hamdam u bilan so‘rashib. 
— Ha endi, sizlar bor, hisob ham qoyili maqom-da. 
Hisobing biz bilan emas, lo‘lilar bilan bitadi. Lo‘lilar pivofurushlikni o‘rganganlaridan 
beri yayrab qolding, a? 
— Ha endi, akaxon, tirikchilik, o‘zingiz bilasiz. Joyni qaerga qilay? 
— Shu so‘raydigan gapmi? Mana bu yigitni taniysan, a? 
— Ha. Akaxon, kamnamo? 
— Bu hozir prokurorlarning kattasi bo‘lib ketgan. Mashinasini ko‘rdingmi? 
— Ko‘rdim, qoyili maqom. Muborak bo‘lsin, akaxon. 
— Bu kishi shu prokurorning ustozi. Bilding, a, shunga qarab muomala qilaver. 
— Muomalaning zo‘ri bizda-da. Chexnikidan olib qo‘yibman. 
Ular pivoxonaning orqa tomoniga o‘tishdi. Xo‘jayin baqaloq bo‘lgani bilan chaqqon edi.
— Akaxon, kallangiz g‘ij-g‘ij aql-da. Kelib juda yaxshi qilibsizlar. Issiqni qarang, 
yamlamay yutaman, deydi. Bugun qirqdan oshar, a? 
— Shu ham issiqmi? — dedi Hamdam. — Ellik bo‘lganda edi, suyaklarga sal issiq o‘tardi. 
— Gapni ham olasiz, a? — deb qorinlarini selkillatib kuldi xo‘jayin. 
— Biz yuz darajada qaynaydigan odamlarmiz. Qirqing nima ekan. 
— Gapni ham ezvordingiz. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling