Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
37
ishontirishmoqchidir? Birinchisi — chinakam qotillik. Jalol Komilov qiynab o‘ldirilgan. 
Balki qotil Jamshiddir? Bugun uni o‘ldiga chiqarib, ertaga boshqa hujjat, boshqa ism 
bilan tiriltirishsa-chi? Ikkinchisi qotillik emas, shunchaki o‘yin. Bir necha kun avval 
o‘ldirilgan odamning erkakligini kesib tashlashdan maqsadlari nima? Qotilning uslubi 
shu, deyishmoqchimi? Jamshid avval bir qizni zo‘rlamoqchi bo‘lgani uchun qamalgan. 
Erkaklikning kesib tashlangani shunga ishora emasmi? Ha, aytmoqchi, marhumning 
buyraklari nega yo‘q bo‘ldi? Jigar ezilgan, bosh mayib. Har holda, mashina urib 
yuborgan bo‘lsa kerak. Buyraklarning kimga keragi bor? 
— Ilmiy tadqiqot uchun olishgandir. Buyrakni ko‘chirib o‘tkazish markazi bor, 
eshitmaganmisan? Buyragi quriy boshlagan odamlar shunaqa hodisa bo‘lishini kutib 
yotishadi. Qiziq-a, o‘lmay qolish uchun boshqa bir odamning o‘lishini kutib yotishadi. 
— Ha... — dedi Zohid, yengil xo‘rsinib, — o‘lmay qolishning turlari ko‘p. 
Shu payt xonaga Hamdam kirib keldi. Ko‘rinishdan kayfiyati yaxshi edi. Zohid bilan 
ko‘risha turib «bitta oshga tushding, prokuror» deb qo‘ydi. 
— Zohidni bitta osh bilan qo‘rqita olmaysan, — dedi Soliev. — Qotilni topgan bo‘lsang, 
qo‘y so‘yadi. Aroq-sharog‘i mendan. 
— Bunisi ham bo‘ladi, — dedi Hamdam kaftlarini bir-biriga ishqab. — Bugungisi bitta 
oshga arziydigan gap. Zohid, akangning tagi qimirlab qolganga o‘xshaydi. 
— Qaysi akamning? 
— Sobiq boshlig‘ing, kapitan Mirsultonov akang emasmi? Xo‘-o‘sh... bizdan o‘tgan ikki-
uch ishni shahar sudi qaytargan edi. Bugun yuqorida kapitanni burashibdi shekilli. Hozir 
menga hasrat qilib qoldi. «Joyimga birov ko‘z tikib turibdi, ezmasdan to‘g‘risini ayta 
qolishmaydimi?» deydi. Men ham to‘g‘risini aytdim-qo‘ydim. «Akaxon, — dedim, — ayb 
o‘zingizda, qo‘rqoqlik bilan uzoqqa borib bo‘lmaydi. Qo‘lga tushgan jinoyatchi albatta 
falonchining o‘g‘li bo‘ladi yoki pistonchining jiyani, yo qo‘shnisi bo‘ladi. Busiz iloj yo‘q. 
Hammaning ko‘ngliga qarab ish tutsak, ertalab qo‘lga olib, kechqurun uzr so‘rab chiqarib 
yuboraveramiz. Shuning uchun ham bizni birov bir tiyinga olmaydi», dedim. Shunaqa, 
prokuror, yig‘lab yuboray deb o‘tiribdi akang. 
Zohidga bu gaplar malol keldi. Ayniqsa Solievdan xijolat bo‘ldi. Unga qaramaslikka 
tirishib: 
— Hamdam aka, birovning tashvishidan quvonganimni avval ko‘rganmidingiz? — dedi. 
— Buning nimasi tashvish? Sen haqiqatparastsan-ku? Haqiqat istar eding, ro‘yobga 
chiqyapti. O‘z o‘rniga nomunosib odam ketadiganga o‘xshaydi. 
— O‘z o‘rniga munosibi keladimi? — dedi Soliev uning gapini bo‘lib. 
— Bunisi endi Xudoga bog‘liq. Bo‘pti, bu gapim yoqmasa, yoqadigani ham bor: bitta 
insofli odam topildi. Shoir ekan. Guvohlikka chaqirmaslikka ming marta qasam ichirib, 
keyin bir mashinaning nomerini aytdi. Kerak bo‘ladi, deb yondaftariga yozib qo‘yibdi. 
Aytgisi keladi-yu, qo‘rqadi — u ko‘krak cho‘ntagidan bir parcha qog‘oz olib Solievga 
uzatdi. Mayor qog‘ozga ko‘z yugurtirdi-yu, betoqat qarab turgan Zohidga uzatdi. 
— Yana o‘sha taksoparkmi? — dedi Zohid ajablanib. — Nima, bu tasodifmi? 
Soliev «bilmayman» deganday yelkasini qisib qo‘ydi. 
— Ikkidan biri: yo tasodif, yo kimningdir befahmligi. 
— Yoki, — dedi Soliev, — bizni kimdir mayna qilmoqchi, laqillatmoqchi. Shu uchinchisi 
to‘g‘ri bo‘lsa kerak. Raqibni hech qachon befahm deb o‘ylamanglar. Agar shunday 
o‘ylasanglar, o‘zlaring kaltafahm bo‘lib qolasanlar. Taksoparkka bormagandirsan? 
— Qarang, shu ishga kelganda fahmim uzunlik qilib, bordim, — dedi Hamdam kesatib. 
Haydovchi Sayfi Turdiev. Uch kunga ruxsat olib Uchariqqa ketibdi. Ukasi qamoqda ekan. 
Ertaga ishga chiqadi. 
— Ertagacha Uchariq bilan bog‘lana olamizmi? — deb so‘radi Zohid mayor Solievdan. U 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling