Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
33
degan edi. Bilib qo‘y, non bergan kafanlik ham beradi, mozoridan joy ham beradi. Seni 
qara-yu, yana o‘zbekman, deysan. O‘zbek bo‘lganingda o‘likning ustida bunaqa majlis 
qilib o‘tirmasding. Mashinangni ber, Ahadbey ikkalamiz tushamiz. 
— Yaxshi, mashina beraman, — dedi vakil, — omma, men sizlarni ogohlantirdim. Bir gap 
bo‘lsa men ikki kishi uchun javobgar emasman. 
— Qo‘rqma, xo‘jayin, menga tegishmaydi. Men chechenman. O‘ldirishsa, mana, 
Ahadbeyni o‘ldirishar. Bir kishiga javob berasan. 
— Biz ham boramiz, — dedi qariyalardan biri, — ikkoving sho‘ppayib ko‘tarib 
borasanlarmi? 
— Sizlar shu yerda duo qilib o‘tiringlar. Ikkovimiz sho‘ppayib qolmasmiz. 
Zelixon aytganiday bo‘ldi. Ular yuk mashinasida yo‘lga chiqdilar. Xotinlar qiy-chuv bilan 
qoldilar. Zelixon dafn marosimi qanday bo‘lishini yaxshi bilmas edi. 
— Hozir qayoqqa boramiz? — deb so‘radi Zelixon Ahadbeydan. 
— Qishloqqa, — dedi Ahadbey uning savolidan ajablanib, — o‘zing aytding-ku. 
— Qishloqqaligini bilaman. To‘g‘ri mozorga olib bormaymiz-ku? 
— Ha... balki machitga borarmiz? 
Qishloqqa kiraverishda uchragan birinchi kishidan «machit qaerda?» deb so‘rashdi. U 
berilgan savolga avval tushunmaganday bo‘ldi. Qayta so‘rashgach, bosh irg‘ab 
«qishloqda machit yo‘q», deb javob berdi. Zelixon bilan Ahadbey «endi nima qildik?» 
degan ma’noda bir-birlariga qarab oldilar. 
— Choyxona bormi? — deb so‘radi Zelixon yo‘lovchidan. 
— Bor-da. To‘g‘riga yurib chapga burilsang‘iz guzarga chiqasiz. Choyxona ashatda. 
Hovuz labidagi so‘rida ikki oqsoqol nonushta qilib o‘tirardi. Ahadbey mashinada qolib, 
Zelixon tushdi-da, ularga yaqinlashib, salom berdi. Chollar o‘rinlaridan turib, qo‘shqo‘llab 
so‘rashgach, mehmonni nonushtaga taklif qildilar. Mehmon o‘tirib, fotiha o‘qilgach, unga 
choy tutdilar. Zelixon choydan bir ho‘pladi-da, muddaoga ko‘chmoqchi bo‘ldi: 
— Otalar, men chechenman, anavi mashinada qolgan sherigim — turk, — dedi. 
Siyrak soqolli chol kulimsiradi. 
— Mehmon, sizning kimligingizni so‘raganimiz yo‘q-ku? Chechenmisiz, boshqamisiz, 
bizga mehmonsiz, bizga shunisi bas. 
— Rahmat, ota, zamon alg‘ov-dalg‘ov bo‘lganiga shunaqa devdim. 
— E mehmon, zamonni qo‘yavering, hozir diydor g‘animat. Nasibangizda bor ekan, 
qishlog‘imizga keldingiz. Bir piyola choy ichdingiz. Nasibangizda bo‘lmasa, tuya so‘yib 
chaqirsak ham kelmagan bo‘lardingiz. Sherigingizni ham chaqiring, choy ichsinlar
nimaga tushmayaptilar. 
— Mashinada yana bir odam bor... Sherigimning otasi... 
— Xastamilar, yotibdilarmi? 
— Jon berdilar yaqinda, namoz o‘qib turib... Turklar adirda, bilarsizlar. Ko‘mish kerak, 
musulmoncha qilib. 
Qariyalar «Olloh rahmat qilsin», deb yuzlariga fotiha tortdilar. 
— Otalar, xafa bo‘lmaysizlar, bir gap aytay? 
Hech qanaqa gap aytmang, mehmon, biz tushundik. Siz choy ichib o‘tiring, xo‘bmi, 
qani, Sotvoldi, tur. 
— To‘xta, hovliqmasang-chi, gaplari bo‘lsa aytsinlar. Mehmon, ranjimang, Hayitali 
tog‘angiz sal shunaqaroq. Aytovring gapingizni. 
— Aytmoqchimanki... chiqimini to‘laymiz. 
— Astag‘firulloh! — dedi Hayitali oqsoqol. — Sotvoldi, eshitdingmi? Shunaqa gap 
chiqishini bilganim uchun aytmang, devdim. Endi mehmon, aytishga-ku, aytdingiz, a? 
Endi picha uyaling. Bizlarni kim deb o‘yladingiz? 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling