Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
31 — Buning ta’birini aytishga fikrim ojiz, — dedi. — Vallohi a’lam, Tangrim joningni qaytarib beribdi. Buning ma’nosi shuki, endi sayoq yurishingni tashla. Qalbingni zangdan tozala. — Qalb zangi? — Zelixon kulimsiradi. — Rosa zo‘r gaplarni topib gapirasiz, tog‘a. Hozir namoz o‘qiyotganingizda nima uchundir mening ham o‘qigim keldi. Shuning uchun sizga yaqinlashib o‘tiruvdim. — Ha-a... — Ismoilbey qo‘lini uning yelkasiga qo‘ydi. — Dilingdagi qulfni Tangrining o‘zi ochibdi, vallohi a’lam. Bu — yaxshilik alomati. Iymon keltir, bilasanmi? Zelixon bosh chayqadi. U jinoyatchilar taqdirini hal qiluvchi ja’mi qonunlarni yod bilardi. Shu yoshga kirib, uchtagina muqaddas so‘zdan iborat kalimani ayta olmadi. Ismoilbey kalimani aytdi, u qaytardi: — La ilaha illolloh... Bir necha marta qaytardi. Har aytganida vujudini ezib turgan nimadir qochganday bo‘laverdi. O‘sha «nimadir»ni u bilmas edi. Yengil tortayotganini his qilib turib «qalbning zangdan tozalanishi shu bo‘lsa kerak», deb o‘yladi. Shu paytda ellik qadamcha naridan da’vatchining ovozi eshitildi. U atrofiga o‘n-o‘n besh chog‘li odamlarni to‘plab Vatan, ozodlik haqida gapirardi. Avval Zelixon, so‘ng Ismoilbey turib, davra sari yurdilar. — Ayollarimiz mesxetiyaliklar orasida erkak zotidan bormi, deyishyapti. Xo‘sh, ayting- chi, biz itmizmi, kim haydasa dumimizni qisib qochaveradigan. O‘zbeklarni biz qarindosh derdik, orqadosh derdik. Ular nomardlik qildilar. Shu payt davra orasidagi bir yigit qo‘lini baland ko‘tarib qichqirdi: — Qonga qon! Uning bu qichqirig‘i Ismoilbeyning boshiga gurzi kabi urilib, tovoniga qadar zirillatib yubordi. Badaniga qaltiroq yugurdi: — Zinhor! — deb yubordi u. To‘planganlar davra chetidagi qariyaga ajablanib qaradilar. — Zinhor! — deb takrorladi Ismoilbey. — Xudodan qo‘rqinglar! O‘zbeklarni ayblamanglar! Non bergan jon olmaydi. — Vatan bir bog‘dir. Bu bog‘ning daraxtlari inson qoni ila sug‘orilmagi kerak, — dedi da’vatchi. Ismoilbeyning lablari titrab «Astag‘firulloh!» dedi-yu, boshqa gapirolmay qoldi. — Chiroyli gapirding, — dedi Zelixon unga yaqinlashib. — Lekin bu bog‘ seniki emas-ku? Bog‘ni yashnatib yuborging kelsa, ana, qo‘lingga qurol ol, Mesxetiyangga bor. Uyingga kirib olganlarni haydab chiqar. Qo‘lingdan keladimi bu ish? Da’vatchi bu gapdan gangidi, biroq sir boy bermaslik uchun Zelixonga dag‘dag‘a qildi: — Sen kimsan o‘zing? Qayoqdan kelib qolding? — Men — chechenman! Men ham Vatanidan haydalgan inson bolasiman. Sen vaysashga usta ekansan. Ammo sen bizga joy bergan, non bergan, o‘lganlarga kafan bergan o‘zbeklarni bilmaysan. Sen unda yo‘q eding. Kecha tuxumni yorib chiqib, bugun elga aql o‘rgatasanmi? Bilib qo‘y, ovozingni o‘chirmasang, kekirdagingni mana shu barmoqlarim bilan sug‘urib olaman. Bu panja shunaqa ishlarga mo‘ljallangan. Ancha-muncha kekirdaklarni sug‘urib, rohatlangan. Kimsan, deding, a? Bilib qo‘y, men qamoqdagi karamsho‘rvalarni ichib katta bo‘lgan odamman. Pachakilashib o‘tirmayman. Men milisangdan ham, hukumatingdan ham qo‘rqmayman. Hammang bola-chaqalaring bilan indamay o‘tirlaring. Yana kim «qonga qon!» desa shu yerda qon qusib qoladi. Men — chechenman! Chechenlar bir so‘zli bo‘ladi, ha! Da’vatchi gapirolmay qoldi. Davradagilar asta tarqalishdi. — Ularni qo‘rqitib yubording, — dedi Ismoilbey. — Qo‘rqitganim yo‘q. Agar yana gapirsa, rostdanam qilardim shu ishni. Hamma g‘alvani |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling