Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
27
Zelixon. 
Ismoilbey Ollohdan ko‘p narsani so‘ramadi. Bandalariga insofu tavfiq, farzandlar umriga 
baraka... Har kuni so‘raydiganiga bugun «Bizga-ku vatangadolikni ravo ko‘rding, shu 
joylardan rizq berding, nolimaymiz. Bilamiz, imon ikki narsadan iborat, biri shukr, biri 
sabr. O‘zingga shukr qilamiz, chunki bizdan beshbattar ahvolga tushganlar ham bor. 
Shuncha yil sabr qildik, bundan keyin ham sabrli bo‘lamiz, inshoolloh. Ammo 
bolalarimizni vatangado qilma. Shu yerga kindik qonlari to‘kildi, endi bu aziz yerlarga 
begona qilma», deb qo‘shimcha qildi. So‘ng kun botishga tikilib ona yurtini ko‘z oldiga 
keltirdi. Chunki uning Mesxetiyasi ham shu tomonda, kunbotarda edi... 
_________________ 
* M a z m u n b u d i r: Bu dunyo u dunyoning polizi.
2 
Odamlar tushishi bilan avtobuslarning haydovchilariga «shaharga qaytilsin!» deb buyruq 
berildi. Yigitali shoshilinchda qo‘shnilari bilan durustroq xayrlashishga ham ulgurmadi. 
Avtobuslar changli doira yasab burildilaru chayqala-chayqala tezlikni oshirdilar. Katta 
yo‘lga chiqquncha Yigitali ham, haydovchi ham jim ketishdi. Chang bosilib, yurish 
yengillashgach, haydovchi peshoyna tepasidagi ko‘zgu orqali Yigitaliga qarab oldi-da: 
— Bularning ichida nima qilib yuribsiz, tog‘a? — dedi. 
Uning «bular» deb bepisand gapirgani Yigitaliga malol keldi. Shu sababli «bular» so‘ziga 
atayin urg‘u berib, javob qaytardi: 
— Bular, mening qiyomatli qo‘shnilarim. Issig‘im ham, sovug‘im ham shular bilan edi. 
— Qo‘shnilardan ham toz-za buyurgan ekan-da, a? — dedi haydovchi yana ko‘zgu orqali 
qarab. 
— Nega unday deysiz? Xudoga shukr, qo‘shnilarim tillo odamlar. 
— Ha, endi bitta-yarimtasi tuzukdir, qolganlari yaramaydi. Mana men ularni bexavotir 
joyga olib borib qo‘ydim. Men ularning jonini saqlab qoldim, to‘g‘ri emasmi? Biz 
bo‘lmasak ashaqda gum bo‘lishardi. Men jonlarini saqladimu, omma xizmatimga rozi 
emasman. 
Gaplaringiz qiziq-ku, inim, ular sizga nima yomonlik qilishdi? 
— Menga-ku yomonlik qilishmadi. Qilib ham ko‘rsin-chi, kindigidan tomog‘igacha tilib 
tashlarman. Omma tozza qirg‘in qilishgan-da, bular. 
— Qaerda? 
— Ko‘p joylarda. Avtomatlari bor ekan. To‘rt oyli chaqaloqni olovda kuydirishganmish. 
— O‘zingiz ko‘rdingizmi? 
— Yo‘q, eshitdim. 
— Eshitgan bo‘lsangiz... balki yolg‘ondir? Esimni taniganimdan beri shu odamlar bilan 
birgaman. O‘zimizga o‘xshagan mo‘min-musulmon ular. To‘g‘ri, yoshlari ichadi
mushtlashadi. Juda oshirib yuborsa pichoq tiqib olar. Lekin siz aytganday bolani 
tiriklayin kuydirmaydi. 
— Bittagina siz ishonmas ekansiz. Ag‘da Quvasoy, bag‘da Marg‘ilon, ana ag‘da yana 
Farg‘ona. Hammaning og‘zida shu gap. Shu paytgacha birov bularning mushugini pisht 
dedimi? Urush paytida kelishgan ekanmi, ha, shundan berisiga yurishibdi kayfini surib. 
Omma boyib, bosar-tusarlarini bilmay qolishuvdi. O‘zing-ku, birovning uyida 
mehmonsan. Nima qilasan kerili-ib, — yigit shunday deb so‘kindi. Yigitali unga e’tiroz 
bildirish ortiqcha ekanini fahmladi. 
— Ha, tog‘a, indamay qoldingiz? Gapimning chatag‘i bo‘lsa aytovring. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling