Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   228
III b o b 
1 
Zelixon hushiga kelib, o‘zini Yigitalining ayvonida ko‘rdi. Uni bir qavat ko‘rpacha ustiga 
yotqizishgan, boshiga yostiq qo‘yish hech kimning esiga kelmagan edi. Bu kutilmagan 
ofat barchaning esini teskari qilib tashlagandi. Ismoilbey ayvon panjarasiga suyanib, 
nimalardir deb pichirlardi. Ahadbey Zelixonning yaqinida o‘tirardi. Uning xotini, bolalari 
ichkarida, qo‘rquvdan dir-dir titrashardi. Qo‘rquv shu darajada qudrat kasb etgan ediki
bunday paytda yig‘lash mumkin ekanini ham kishi yodidan surib chiqardi. Atrofni go‘yo 
tuman qoplagan — hammayoq qop-qora achimsiq tutun bag‘rida edi. Nafas olish 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
23
og‘irlashgan, kattayu kichik ko‘zlari yoshlanib, dam-badam yo‘talib qo‘yar, shu yo‘talgina 
ularda jon mavjud ekanidan dalolat berar edi. 
Zelixon qaddini ko‘tardi. Ahadbey «tuzukmisan?» degan ma’noda qarab qo‘ydi. Uning 
gapirmoqqa holi yo‘q edi. Zelixon o‘rnidan turmoqchi bo‘ldi — boshi aylanib ayvon 
ustunini ushladi-da, joyiga o‘tirdi. Ro‘paradagi uy, Ismoilbeyning omonat Vatani yonar 
edi. Dastlab shu yer berilib, bir bostirma solib ko‘chib kirganida «Shu uy bizning omonat 
Vatanimiz, Xudo hohlasa, kattalarga insof bersa, Mesxetiyamizga ketamiz» degan edi. 
Ahadbeyning ikki singlisi shu bostirmada tug‘ildi, shu bostirmada jon berdi. So‘ng 
onasi... Yillar o‘taverdi. Omonat bostirma yoniga kengroq xonalar qurildi. Kelin tushdi... 
Ismoilbey ham, uning tengqurlari ham Mesxetiyaga yo‘l yo‘q ekaniga ishona 
boshlashgan edi. Demokratiya degan gap chiqdiyu yana umid chirog‘i yonganday bo‘ldi. 
(Ana shu umid chirog‘ining oxir-oqibat uylarga o‘t qo‘yajagini kim o‘ylabdi?) Yuragida 
o‘ti borlar Moskvaga qatnay boshlashdi. Ko‘pchilik Vataniga qaytajagiga ishonardi. Ular 
ertakdagi adolatga ishonuvchi go‘dak holiga tushgandilar. Ismoilbeyga esa bularning 
bari xatarli o‘yinday bo‘lib tuyulardi. U davlat yuritish sinoatidan bexabar, lekin 
Mesxetiyadan quvg‘in bo‘lishlari uzoqni ko‘zlab qilingan siyosat ekanini sezib turardi. 
Urush tugaganidan beri qancha rahbar kelib-ketdi. Yurg‘izgan siyosatlarining oyog‘i 
osmondan bo‘ldi, lekin vatangadolar taqdirini birontasi o‘ylamadi. Oqibat esa mana bu: 
Vatanidan ajralgan bechoralarning omonat Vatani ham yonyapti! Bor mol-mulklariga 
qo‘shilib umidlari ham yonyapti. Kechagina bu xonadonda to‘y gulxani yoqilmog‘i lozim 
edi, bugun ajal alangasi yayrab quloch otadi. Bir sidra kiyim bilan qolgan bu odamlar 
jonlari hozircha o‘zlarinikimi yo bu omonatni ham egasiga hademay topshiradilarmi
bilishmaydi.
Zelixonning qulog‘iga olomonning shovqini kirmadi. U avvaliga karaxtman, deb o‘yladi. 
Boshini silkidi, barmog‘i bilan qulog‘ini uqaladi. Keyin ayvon zinasida tik turgan Yigitaliga 
qarab: 
— Odamlar jimib qoldimi? — deb so‘radi. 
— Qaysi odamlarni aytasiz? Haligilarmi? Ular odammidi? — dedi Yigitali yonayotgan 
uylardan ko‘z uzmay. — Bunaqasini ko‘rmaganman. Selday kelib, selday ketishdi. 
— Qayoqqa ketishdi? 
— Bilmadim. Tushunmadim, birodar, men hech narsaga tushunmadim, — Yigitali 
shunday deb o‘girildi. Zelixon uning yuzi shilinib, qontalash bo‘lib qolganini ko‘rdi. 
Bu ko‘chaga faqat yong‘in hukmron emas ekan, fig‘onning ham haqqi bor ekan. Olomon 
bu ko‘chadan nari ketgach, jon talvasasida o‘tirganlar nimaga giriftor bo‘lganlarini 
anglab, ko‘rayotganlari tush emasligiga ishondilar. Ana shunda bir-birlarini qidirish
yo‘qlash boshlandi. Ana shunda dastlabki nola eshitildi. Nolaga nola ulanib, birpasda 
atrofni qiy-chuv bosdi. Bir necha daqiqa ilgari yovuzlik nafasi kelib turgan shovqin o‘rnini 
yaralangan qalblarning nolasi tutdi. Ismoilbeyga o‘xshaganlar Ollohga munojot etib 
«Gunohimiz ne edi, bizga bu ofatni ravo ko‘rding? Endi rahm qil. Parvardigorim, o‘z 
panohingda asra, shayton vasvasasiga tushganlarga insof ber», deb yolborsa, boshqalar 
og‘izlariga qanday gap, qanday qarg‘ish kelsa, qaytarmay baqirib, faryod urishardi. 
Kulfat millat tanlamaydi, odamlarni ajratib o‘tirmaydi. Ustiga sholcha yoki to‘n yopib, 
yoki suv sepib o‘chirilgan murdalar atrofida turk ham, o‘zbek ham, tatar ham baravar 
yig‘lardi.
Zelixonning diqqatini hovlidagi odam tortdi. Boshqalarga nisbatan ko‘rkamroq solingan 
bu uy egasi kranga rezina ichak ulab, o‘tni o‘chirmoqchi bo‘lardi. Suv tashna sahro 
bag‘riga singganday yo‘q bo‘ladi, alanga derazalardan olov tillarini chiqarib uni kalaka 
qiladi. «Mol achchig‘i ham yomon», deb o‘yladi Zelixon, so‘ng xayoliga «Ichkarida bola 
bo‘lsa-chi?» degan fikr urilib, hovliga otildi. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling