Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
22
qo‘rqyapti? U-ku, qorong‘i go‘rida yotardi. Onasi-chi? Bu yorug‘ dunyo uning uchun 
zulmatga, bu hovli esa do‘zax qozoniga aylanmasmidi? Zaynabning ruhi bu xonadonga 
uchib kelganida onasining ahvolini ko‘rib, zor-zor qaqshamasmi edi? Shularni o‘ylab, 
ko‘ziga yosh keldi. Yangi yil arafasida o‘g‘irlashganida, zo‘rlashganida ham joniga qasd 
qilmoqni mo‘ljallagan edi. Orzulari poymol etilgach, bu dunyoda yashamoqdan ma’no 
ko‘rmay qolgandi. Necha kun o‘zimni ossammi, zahar ichsammi, yoqsammi... degan 
xayollarga bandi bo‘lib yurdi. Endi bir to‘xtamga kelganida ko‘z oldida sochlarini yulib 
yig‘layotgan onasi gavdalanib uni bu yo‘ldan qaytarardi. Kechagi kun nechukdir shunday 
bo‘lmadi... 
Kechqurun yarim kosa mastavani onasining qistovi bilan ichgach, badaniga issiqlik 
yugurdi. Ona-bola bir oz gaplashib o‘tirishdi. Keyin Manzura deraza tomonga o‘rin 
soldi. 
— Oyi, joyingizga chiqib yotavering, mendan xavotir olmang, — dedi Zaynab. 
Manzura unga javob bermadi. Chiroqni o‘chirmadi. Ustidagi ko‘ylakni ham yechmay, 
o‘rniga omonat cho‘zildi. Qizi go‘daklik chog‘ida, uni uxlatib, so‘ng yumushlarini bajarish 
uchun shunday yotardi. Zaynab onasining sekin chiqib ketayotganini ba’zan sezardi, 
ammo uyqu kuchlilik qilib o‘rnidan jilmasdi... 
Manzura yarim tunda qizining g‘alati ovozidan cho‘chib uyg‘ondi. Zaynab bezgak 
tutganday titrab, xirillardi. Manzura shoshib turib uning peshonasiga kaftini qo‘ydi. 
Kaftiga tekkan muzdek terdan seskandi. 
Jon qizim, nima bo‘ldi? 
— Bilmayman... hammayog‘im og‘riyapti. Belim... 
Manzura qizining qo‘l-oyoqlarini uqalagan bo‘ldi. Ustiga yana bir ko‘rpa tashladi. So‘ng 
chiqib, Asadbekni uyg‘otdi. 
— Do‘xtir chaqirmasangiz bo‘lmaydi. Xotin do‘xtir chaqiring. 
Asadbek hovliga chiqishi bilan boloxonadagi yigit derazadan qaradi. Asadbek qo‘li bilan 
imlagach, bir necha soniyada qarshisida paydo bo‘ldi. 
— Do‘xtir topib kel. Xotin do‘xtir bo‘lsin. Mahmud akangni top. 
Shunday dedi-yu, burilib, qizi yotgan xona tomon yurdi. 
Zaynab belida og‘riqni kunduzi sezgan edi. Lekin og‘riq bosilib qolar, deb o‘ylab, onasiga 
aytmadi. Kechqurun onasi yotgach, u ham uxlaganday bo‘ldi. Ko‘zi uyquda, ayni choqda, 
shitir etgan tovushni eshitadigan darajada sergak edi. Ozgina muddatli uyqusida tush 
ham ko‘rdi: bir o‘rmonda adashib yurganmish. Bir mahal itmi yo bo‘rimi, ajrata olmadi, 
ro‘parasida paydo bo‘libdi. Nimadir yeyayotgan emish. Yaqinroq borib qarasa... chaqaloq 
emish... Shunda qo‘rqib uyg‘ondi. Shunda og‘riq ham kuchaydi. Vujudini titroq ixti-
yoriga berdi. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling