Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
30
bermagandirman», dedi. 
— Hubbul Vatani minal iymani... 
Ismoilbey bu gapni pichirlab aytgan bo‘lsa-da, Zelixon eshitdi. Eshitdi-yu, ammo 
tushunmadi. Ibodat davomida o‘qilguchi duo deb o‘ylab, indamay o‘tiraverdi. Bir necha 
nafasdan so‘ng Ismoilbey yana tilga kirdi: 
— Mening Vatanim shu tomonda, — dedi u kunbotarga tikilganicha. — Vatanni sevmoq 
iymondan. Mening esa Vatanim yo‘qtur. Men Vatandan yuz o‘girmadim. Vatan mendan 
yuz o‘girdimi? Yo Olloh, Vatani yo‘qning iymoni bo‘larmi endi?.. 
Yillar o‘tar, balki asrlar o‘tar, ammo hech kim, hech qachon ularning vatangado bo‘lib 
qolishlari sababini aniq ayta olmas. Balki bu faqatgina qiyomatda ayon bo‘lguvsi 
sinoatdir? To‘g‘ri, unga qadar ahli ilm, ahli qalam turli gumonlarini bayon etaverarlar, 
kimlarnidir ayblarlar, kimlarnidir oqlarlar... Banda to‘qigan gaplar o‘tkinchi ekanini fahm 
etmaymi, bahslashaverarlar... 
Zelixon Ismoilbeyga og‘ir bo‘lganini bilib tursa-da, cholning dardi u uchun begona edi. 
Chunki unda Vatan tuyg‘usi yo‘q edi. To‘g‘ri, dastlabki qamalganida shunga o‘xshash bir 
tuyg‘u bir uyg‘ondi, ammo tarbiyaga muhtoj bu tuyg‘uning umri qisqa bo‘ldi. Ongida 
oxirat tushunchasi bo‘lmagan odam shaytonning o‘ljasi hisoblanadi. Shaytonga tobe 
odam qalbida esa bunday tuyg‘ularni tarbiya etmoq mutlaq mumkin emasdir. 
Mashoyixlardan biri kuyib aytgan ekanki, yo Rabbim, men ba’zi kimsalarning holiga 
hayron qolaman: o‘limning muhaqqaqligini bilgani holda, qanday qilib xursandchilikka 
berila oladi? Jahannam azobining haqligini bilgani holda qanday kuladi? Voqean 
shunday. O‘lim bilan yuzma-yuz kelib qolgan damdagina odam dunyoda quvonch, xoyu 
havas borligini unutadi. Aksincha, yagona qudrat sohibini eslaydi. Yana bir necha yil
yoki, mayli, bir necha oy, u ham mumkin bo‘lmasa bir oygina, bir kungina, hech 
bo‘lmaganda soat yoki daqiqa umr ko‘rishni istaydi. Kechagina ularning xayoliga bu 
narsalar kelmagan, dunyo faqat quvonchlardan iboratday betashvish o‘tirishgan edi. 
Mana endi kutilmaganda o‘zlarini adirda boshpanasiz ko‘rgach, xayollari oxirat bilan 
band bo‘ldi. Ota-onalar farzandlariga, bolalar esa volidayn umriga baraka berishni so‘rab 
Yaratganga yolbordilar. Umr bo‘yi Olloh nomini tilga olmaganlar xayoli ham shu bilan 
band... 
Yana mashoyixlar derlarki: bu dunyoda moli omonat, o‘zi esa mehmon bo‘lmagan biron 
kimsa yo‘qtur. Mehmon degan keladi, ketadi. Omonat esa buyurilgan vaqti yetganda 
egasiga qaytib berilmog‘i joizdir. Beshafqat hayot bu haqiqatni bir hamlada ayon etib, 
odamlarning yumuq ko‘zlarini ochdi. 
Zelixon yana jimib qolgan Ismoilbeyning yoniga yaqinroq surildi. 
— Og‘a, — dedi u, — hali hushimdan ketgan paytimda tushga o‘xshagan g‘alati narsa 
ko‘rdim. 
Ismoilbey unga qaradi. Cholning qarashida «qanaqa tush?» degan savol zuhur edi. 
Zelixon gapini davom ettirish mumkinligini fahmladi: 
— Boshimga zarba tushishi bilan hammayoq gir aylandi, keyin atrofimni zulmat o‘rab 
oldi. Ikkita sharpa kelib, qo‘ltiqlab ko‘tardi. «Yaxshi bo‘ldi, bulardan qutqaradi», deb 
o‘yladim. Sharpalar qo‘ltiqlab ko‘targanicha meni chir aylantirib balandga, juda balandga 
olib ketishdi. Xuddi sahrodagi girdobga tushib qolganday bo‘ldim. Keyin birdan zulmat 
tugab, yorug‘likka chiqdik. Atrof shu darajada yorug‘ ediki, ko‘zlarim qamashib ketdi. 
«Buni nimaga olib keldilaring, hali muhlat bor», degan g‘alati ovoz eshitildi. Keyin yana 
girdobga tushdim, yana zulmatda qoldim. Sharpalar meni yerga yotqizib, yo‘q bo‘lishdi. 
Keyin ko‘zimni ochsam... Yigitalining ayvonida yotibman. 
Zelixon javob kutib, Ismoilbeyga tikildi. Ismoilbey bir oz o‘yga toldi-da, chuqur xo‘rsindi. 
So‘ng: 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling