Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
29 detilarim ham kutib turishibdi. Qayoqqa poshli? Askarlar uning gaplariga quloq solmay, qo‘ndoq bilan turtib, iziga qaytishga majbur qilishdi. Yigitali guzardan o‘tib kelayotganida usti yopiq ikkita yuk mashinasi turganini ko‘rgan, ammo e’tibor bermagan edi. Uni mashina yonida turgan zobitga ro‘para qilib, pichoqni berishdi. Yigitali unga ham shu mahallada turishini aytib, tushuntirmoqchi bo‘ldi. Zobitning boshi garangmidi, uning gaplarini eshitishni ham istamadi. Yigitlarga imlagan edi, ular darhol Yigitalining qo‘ltig‘idan olib, mashinaga chiqarishdi-da, orqasidan eshikni yopishdi. Ichkari qorong‘i edi, kimdir yo‘taldi. — Oyoqqa ehtiyot bo‘ling, birodar, — dedi kimdir. Ovoz tanishga o‘xshadi. — Ovozingiz tanishga o‘xshayapti. Shu yerlikmisiz? Men, Yigitaliman. — Ie, Yigitali, tozayam to‘planibmizmi, a? Men Hamdamaliman. Soy bo‘yidanman. Qo‘shningiz Yusufalining tog‘asiman. Xabar olgani keluvdim, deng. Men nodon shomni o‘qib keta qolay, debman. Shu yerdan o‘tayotsam, askar bolalar to‘xtatib turishibdi, deng. Yigitalining taxminicha bir soatcha turishdi. Yana ikki kishi saflariga qo‘shildi. Ular ham qarindoshlaridan xabar olgani kelganlardan edi. Shundan so‘ng mashina joyidan jildi. Ko‘p o‘tmay ular o‘zlarini milisaxonada ko‘rishdi. Yigitali ilgari bunaqa joyda bo‘lmagan, bunchalik ko‘p milisa borligini tasavvur ham qilmagan edi. «Kichkina milisaxonada shuncha odam ishlarkan-da, a?» deb ajablanishdi. U favqulodda hodisa munosabati bilan qo‘shni viloyatlardan yordamga qo‘shimcha kuch kelganini qaerdan bilsin? Ularni nimqorong‘i, dim, sassiq bir narsaning hidi kelib turgan bir xonaga kiritishdi. Xona tirband edi. «Yopiray, — deb o‘yladi Yigitali, — shuncha odamni to‘plab nima qilishar ekan?» «Shuncha odam» safi orta berdi. Yotish, yonboshlash qayoqda, tik turgan holda tunni o‘tkazishga to‘g‘ri keldi. Tong otgach, birin-sirin chaqiraverishdi. Xonada odam kamayaverdi. Yigitali nomini eshitganda «bu go‘rxonadan qutulganim rost bo‘lsin-a», deb Xudoga shukr qildi. U chaqirilganlar bilan bir-ikki og‘iz gaplashib, qo‘yib yuborishyapti, deb o‘ylagan edi. To‘g‘ri, ayrim odamlar gumondan nari bo‘lib, uylariga qaytishardi. Ayrimlarga esa qachon ruxsat tegishi noma’lum edi. Yigitali ana shu ikkinchi toifa odamlar ro‘yxatiga kiritilib, shahar qamoqxonasiga jo‘natildi. 3 Tongda ufq qontalash edi. Go‘yo kimdir kecha to‘kilgan qonlarni bir idishga erinmay to‘plaganu tuni bilan ermak qilib osmon etagini bo‘yab chiqqanday... Xushkayfiyat odam uchun tong otishini kuzatishdan zavqliroq yumush yo‘q. Hatto eng uyquchi odam ham tongda qushlarning sayrashini bir eshitadi. Eshitib bir rohatlanadi-yu, so‘ng uyqusini kelgan joyidan davom ettiraveradi. Kecha adirga kelib jon saqlagan odamlar uchun tongning bunday sururi yo‘q. Bu dillarni anduhlardan tozalamoq uchun yana necha tong otmog‘i lozim ekan? Bir necha lahzada vujudga egalik qilib olgan ranjdan xoli bo‘lmoq uchun necha kun, necha oy, necha yillar darkor ekan? Kecha xuftonga yaqin keltirilgan chodirlar, to‘shaklar hammaga yetmadi. Uyqu asosan bolalarga hukmini o‘tkazdi. Kattalar deyarli uxlashmadi. Zelixon Ismoilbey bilan o‘sha bir chekkadagi do‘nglikda o‘tirdi. Ahadbey ham ularga qo‘shilgan edi, Ismoilbey «bolalaringni yolg‘izlatma», deb iziga qaytardi. Ismoilbey kunbotishga qarab uzoq o‘tirdi. Zelixon ibodatning tugashini toqat bilan kutdi. U namoz o‘qiganlarni ko‘p ko‘rgan, nazarida ibodat bir necha lahzada tugaguchi edi. Shu bois Ismoilbeyning uzoq o‘tirishi unga ajablanarli tuyuldi. So‘ng: «Og‘am ilmli odam, qanday ibodat qilishni biladi. Balki hamma shunday uzoq o‘qir, men avval e’tibor |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling