Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
43
kadrlar bo‘limining mudirasi ko‘rindi. Anvar uni ko‘rgani hamon, qiziq hangomani kelgan 
joyidan davom ettirayotganday gap boshladi: 
— Siz ishonmaysizu Sobirjon, bo‘lgan voqea emish, — dedi «eng kichik ilmiy xodim»ga 
qarab, — qassoblar do‘mboq xotinlarni o‘g‘irlab, so‘yib sotishayotgan emish. Mana, 
kecha kechasi bir erkak zaharlanib o‘libdi. Bozordan olgan go‘shtdan zaharlanibdi. 
Tekshirib qarashsa, o‘z xotinining go‘shti ekan. Qarang-a, ba’zi xotinlarning, — Anvar 
shu so‘zlarni chertib-chertib aytdi, — go‘shti zaharli bo‘larkan, a? 
Siz mening orqamdan yuring, — dedi mudira jerkib. 
— Qayoqqa? Jinnixonagami? — dedi Anvar o‘rnidan turib. 
— Ochiq go‘rga, undan ham nariga, — dedi mudira jahl bilan. 
— Ochiq go‘rdan nariga bo‘lsa, demak, direktor chaqirayotgandir... 
Anvar yanglishmagan edi. Mudira uni kuzatib kirib «Yana xizmat bormi?» deganday 
boshqonga qaradi. O‘lmas Akrom «ishingizga boravering» degach, burilib chiqdi. 
Anvar bir narsada — bu suhbatda Xolidiy ham ishtirok etar, deb yanglishgan edi. O‘lmas 
Akromning yolg‘izligini ko‘rib, ko‘ziga tikilganicha jilmaydi. 
— Bugun xursandga o‘xshaysanmi? — dedi O‘lmas Akrom. 
— Jinnilar shunaqa bo‘lishadi. Bekordan-bekorga kulaverishadi. 
— Jinniligingni boshqa yerda qil. Haligi o‘qituvchini sen boshlab keldingmi? 
— Qaysi o‘qituvchi? 
— O‘zingni go‘llikka solma. 
— Ha, ertalab bir kishi turgan ekan. Ikki soat poylabdi, bechora. Ustozning kitoblarini 
o‘qigan ekan, ziyorat qilgani kelibdi. Har holda qora xalq-da. Xalq o‘z otasini ko‘rgisi 
kelsa, aybmi? Shu yerda poylang, deb boshlab keldim. Noto‘g‘ri qilibman-mi? 
— Anvar, seni boshqalar bilmasa ham men yaxshi bilaman. Nimalarga qodir ekaningni 
ham bilaman. Yuragingda nimalar yashiringani ham menga ma’lum. Maynavozchilikni 
yig‘ishtir. Ustoz bilan olishma. O‘zingni o‘yla. Oldinlari sen aytmoqchi bo‘lgan gaplarga 
yo‘l yo‘q edi. Endi hamma darvozalar ochildi. Istagancha gapir, istagancha o‘rgan, 
istaganingcha ilm qil. Fursatdan foydalanib qolsang-chi?! 
— Chiroyli gapiryapsan. Istagancha ilm qilish mumkin, to‘g‘ri. Lekin sen istagan ilm 
jamiyatga keraksiz bo‘lsa-chi? 
— Maydalashma! 
— Xo‘p, maydalashmayman. Unda sen menga bir masalani yechib ber: qadim-qadimda 
ajdodlarimiz odam go‘shtini oddiy taom sifatida yeyishgan. U damlarda yovvoyi 
bo‘lishgan, nodon bo‘lishgan. Ular qorin to‘ydirish uchun bir-birlarini avval o‘ldirib, so‘ng 
go‘shtlarini yeganlar, to‘g‘rimi? Xo‘sh, endi-chi? Bir-birlarining go‘shtlarini tirik holda 
yemaydilarmi? Tirik holda yeb bitiradilar. Alhazar! 
— Hamisha shunday bo‘lib kelgan. Buni o‘zing yaxshi bilasan. Falsafa so‘qimay qo‘yaqol. 
Men senga do‘st sifatida aytyapman bu gaplarni. 
Anvar unga tikilib qaradi: «Astoydil gapiryaptimi yo til uchida gapirib avramoqchimi? Yo 
ustozining topshirig‘ini bajaryaptimi?» Shu nafasning o‘zida g‘oyibdan bir ovozni 
eshitganday bo‘ldi: «Nima uchun hammadan xavfsirayverasan? Nima uchun 
odamlarning xolisona yaxshilik qilishlariga ishonmaysan?» O‘lmas Akromga nisbatan 
ko‘ngli yumshay boshlagan mahalda boshqa bir ovoz guldirab keldi: «Ishonma, 
aytayotgan erkinligiga ham ishonma. Mehribonligiga ham ishonma. Jonu dili amal, 
shuhrat bo‘lgan odamdan yaxshilik kutma!..» 
Shu ovoz kuchlilik qilib, yumshay boshlagan dilni yana toshga aylantirdi. 
— Ishonmayman, — dedi u beixtiyor. 
— Nimaga ishonmaysan? 
— Gaplaringga. Masalan, erkin ravishda ilm bilan shug‘ullanishimizga. Tizgin Maskovda 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling