Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
59
— Qo‘l ko‘tarib ham ko‘r-chi! — dedi Kesakpolvon.— Men senga qo‘l ko‘tar, demadim, 
hech bo‘lmasa o‘zingni himoya qilmaysanmi? 
— Aytmagandingiz-ku? 
— O‘zingni himoya qilishingni ham birov aytib turishi kerakmi? — dedi Chuvrindi. 
— Bor, ishingni qilaver. 
Yigit chiqishi bilan Asadbek Kesakpolvonga savol nazari bilan qaradi. 
— Zo‘ri shu edi. Hali yosh, o‘rganib ketadi. Bilib turibman, sen Jamshidga o‘xshaganini 
xohlayapsan. Yigitlar orasida unaqasi yo‘q boshqa. 
— Jamshidni gapirma! — deb baqirdi Asadbek. 
Jamshidni ko‘mib kelishganidan beri, ayniqsa qizi Zaynab o‘zini osib qo‘yganidan beri 
Asadbek yursa ham, tursa ham sodiq yigitini o‘ylardi. Ko‘zini yumdi degunicha, jingalak 
sochli Jamshid ko‘rinaverardi. Bu holni u o‘tkinchi deb o‘ylardi. Keyingi kunlar ichi 
Jamshidni o‘limga hukm qilganidan o‘kina boshlagan ham edi. Boshqa odam tomonidan 
bu ismning tilga olinishi yuragini jizillatib kuydirib turgan cho‘g‘ ustiga sepilgan moy kabi 
edi. 
— Mening oldimda uni eslay ko‘rma! 
Ayonlar uning ruhidagi o‘zgarishdan bexabar, hali ham g‘azabdan tushmabdi, deb 
o‘ylashdi. Shu payt eshik ochildi-da, Bo‘tqa Chuvrindini imlab, «telefonga» deb qo‘ydi. 
— Kim ekan, shu xonaga ulavermaysanmi? 
Bo‘tqa sirli ravishda bosh chayqab qo‘ygach, Chuvrindi ajablanib, o‘rnidan turdi. Ostona 
hatlashi bilan Bo‘tqa sekin shipshidi; 
— Do‘xtir chaqiryapti. Bek akamdan yashiradigan gapi bor, shekilli? 
Chuvrindining nazarida tabibning ovozi titrayotganday bo‘ldi, shu sababli xavotirlanib: 
— Zaynab sog‘mi? — deb so‘radi. 
— Zaynab-ku sog‘... — dedi tabib mujmal ohangda.— Bolasi tushdi. Shuni Bek akamga 
o‘zingiz yotig‘i bilan aytasizmi? 
— Yangam qaerdalar? 
— Qizlarining yonida yig‘lab o‘tiribdilar. Eng muhimi, Zaynab omon qoldi. Xavotir 
olmanglar, o‘n-o‘n besh kunda oyoqqa turib ketadi. Keyserovo qilamizmi, deb cho‘chib 
turuvdik, bu yog‘ini Xudoning o‘zi yengillashtirdi. 
Chuvrindi «xayr» deb go‘shakni joyiga qo‘ygach, bir oz o‘ylanib turdi. Tabib o‘zining 
zimmasidagi og‘ir vazifani uning yelkasiga ag‘dargan edi. U xonaga qaytganida Asadbek 
ham, Kesakpolvon ham jim o‘tirgan edi. 
— Nima gap? — dedi Asadbek Chuvrindining bo‘shashibroq turganini sezib. 
— Kasalxonada ekan... Zaynabning sog‘lig‘i yaxshi. Faqat... bolasi tushibdi. 
— Nega tushadi? — dedi Kesakpolvon. — Nega yaxshiroq qaramadilaring, demadingmi? 
Chuvrindi «nima deyapsiz, esingiz joyidami?» deganday im qoqdi. Asadbek 
Kesakpolvonga «jim bo‘l» deb qo‘ydi-da, xayolini bir yerga jamlash uchun barmoqlariga 
tikildi. 
Qizining yukli ekanini bilganidan beri dam-badam tug‘ilajak nabirasini ko‘z oldiga 
keltirmoqchi bo‘lardi. Shirindan-shirin chaqaloq tushlariga kirardi. «Tushimda yana 
chaqaloq ko‘rdim», deb suyunganida xotini Manzura labini tishlab bosh chayqab qo‘yar-
di-yu, ta’birini aytmasdi. Ta’biri... demak, shu ekan-da? Asadbek o‘rnidan turib, eshik 
tomon yurdi. Bir-ikki odim bosgach to‘xtab, Chuvrindiga qaradi. 
— Elchinga xabar ber. Shov-shuv qilmalaring. Odamlarning bilmagani ma’qul. 
Kesakpolvon kuzataman, degan maqsadda o‘rnidan turgan edi, Asadbek «o‘tiraver, 
ergashma», dedi. Kesakpolvon ostonaga qadar kuzatib borib «yolg‘iz qoldirmanglar», 
deb Bo‘tqaga imlagach, joyiga qaytdi. 
— Bugun ja jirillab qoldingmi? Prokuror bilmasdan dumingni bosib oldimi? — dedi 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling