Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
67 Yigitali shu ko‘cha boshida soqchilar to‘xtatishganini, tunni tor qamoqxonada o‘tkazganini aytib berdi. — Shu paytgacha birov «nima uchun yoningda pichoq olib yuribsan?» demovdi. Qarang- a, shu ham qurol hisoblanarkan. Boshimga balo bo‘ldi-da. Avval bir nomard yigitning qo‘liga tushib qoldim. «Bo‘yningga olasan, sheriklaringni ham aytasan», deb turib oldi. «Endi o‘ldim, shu qamoqda chiriyman» deb o‘yladim. Yo‘q, Xudoning rahmi keldi. U nomarddan mana bu,— Yigitali ko‘z ostini silab qo‘ydi,— esdalik bo‘lib qoldi. O‘rniga bir insoflisi so‘roq qildi. Baxtimga mahalladan yo‘qlab borishdi, baraka topishsin. Avtobusda adirga borib kelganim ham baxtimdan bo‘lgan ekan, buni qarang-ki avtobus no‘merini eslab qolgan ekanman. Shopir yigitni bugun erta-mattan topib kelishdi. Shundan keyin chiqarishdi, deng. Shunda ham tilxat yozdirib olishdi. — Qanaqa tilxat? — deb so‘radi Zelixon. — Beruxsat hech qayoqqa chiqmayman, deb tilxat berdim. Shu yoshga chiqib, borgan yerim bu yog‘i Marg‘ilon, bu yog‘i Farg‘ona bo‘ldi. Qo‘qon bilan Toshkanni televizorda ko‘rganman, endi qayoqqa borardim? Yigitali soddaligiga borib, tuhmat balosidan butunlay qutuldim, deb o‘ylayotgan edi. Bu sohani ipidan-ignasigacha yaxshi biluvchi Zelixon esa do‘ppi tor kelib qolib, aybdorlar topilmasa, yana Yigitaliga yopishishlari mumkinligini his etdi. Shu sababli suhbatlasha turib, u yon-atrofda yashagan turklarning ism-shariflarini so‘rab-bilib oldi. Yigitali Zelixon nima uchun sinchkov bo‘lib qoldi, deb o‘ylab ham o‘tirmadi. U oradan bir oy o‘tib, Ahadbey va boshqa qo‘shnilar nomidan yozilgan minnatdorlik maktubini oladi. Xuddi shunday maktub obkomga ham kelib, matbuotda e’lon qilinadi. Yigitali bu maktublar Zelixon qo‘li bilan yozilib, Kavkazdan jo‘natilganini bilmaydi. Oradan ikki yarim oy o‘tib, yana turmaga tushay deganida shu maktub joniga ora kirgandagina Zelixon bilan bo‘lgan so‘nggi suhbat yodiga tushadi... 2 Zelixon oxirgi samolyot bilan qaytdi. To‘g‘ri Elchinnikiga kirib, u bilan xayrlashmoqchi, ertalabki reys bilan Adlerga uchib ketmoqchi edi. Elchinning yolg‘iz shumshayib o‘tirganini ko‘rib, ketishga shoshilmadi. Bo‘lib o‘tgan voqealarni eshitgach, boshi qotdi. — O‘qilonning hiylasiga tan bermasdan boshqa iloj yo‘q,— dedi Zelixon,— buni avval boshdan hisobga olishimiz kerak edi. Oddiy masalaga aqlimiz yetmabdi. Ahmoq odam bu darajaga ko‘tarilmaydi, to‘g‘rimi? Sen bilan men uni ahmoq qilmoqchi bo‘libmiz. Endi sen bu yerlardan ketishing kerak. — Nima uchun? — Endi Zaynab senga xotin bo‘lmaydi. Tug‘ib berganida Asadbekning soyasida rohat qilib yashayverarding. Zaynab sen bilan yashamasa, Asadbekka keraging yo‘q. Jamshidning o‘limini sendan ko‘rayotgan bo‘lsa, endi tinch qo‘ymaydi. Bugun bo‘lmasa ertaga o‘ldiradi seni. Lash-lushlaringni yig‘ishtiru men bilan birga ket. — Siz qayoqqa ketmoqchisiz? — Hozircha Adlerga. Keyin o‘ylab ko‘raman. Balki ota yurtimga borarman. Balki Sochida dam olarman. Xo‘p, de, men bilan birga ketaver. — O‘ylab ko‘ray... Shu turishimizda hozir ohanraboning ikki qutbiga o‘xshab qolibmiz. Sizni qon ota yurtga tortyapti, men esam ota yurtni tashlab chiqib ketishim kerak. — Safsatangni qo‘y. Ota yurtimning «Zelixon qachon kelarkin?» deb ko‘zi uchib turgani yo‘q. Meni Quvasoyda yoki Farg‘onada ko‘rgan bo‘lishlari mumkin. Anavi xunasa Selim esingdami, shular yolg‘on guvohlik ham berib yuborishdan toymaydilar. G‘alvalardan chetroqda yura turay. Keyinroq qaytib kelaman. Sen ham, men ham og‘ayni, bu |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling