Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   228
VII b o b 
1 
Aeroportga kiraverishda yig‘lab turgan ayol Zelixonga tanishday tuyuldi. Bu go‘shtdor 
ayol turklarni olib ketgan avtobus karvoni iziga ko‘z tikkanicha yig‘lardi. Ichkaridan uzun 
bo‘yli, qorin qo‘ygan, bashang kiyingan Selim chiqib kelgach, o‘n besh kun ilgari erini 
jon-jahdi bilan himoya qilgan bu xotinni tanidi. 
Nima qilib turibsan, kir ichkariga! — deb jerkidi Selim. 
— Buvimlarni ko‘rdim,— dedi ayol yig‘idan to‘xtamay. 
— Ko‘rgan bo‘lsang, yaxshi, tirik ekan. Keyinroq topamiz. Osmonga chiqib yo‘q bo‘lib 
ketishmaydi, o‘lmay qolganiga quvonsang-chi! — Shunday deb o‘ziga yaqinlashayotgan 
Zelixonga ko‘zi tushdi-yu, rangi oqarib ketdi: — Zeli og‘a? 
— Ko‘rinishing binoyi...— dedi Zelixon unga boshdan-oyoq razm solib.— Uying 
yonmaganga o‘xshaydi, a? Bo‘ri bilan shunday shartlashganmiding? 
Ayol erining qo‘lidan ushladi. 
— Yuring, bu yerda turmaylik. 
— Sen ichkariga kiraver, qo‘rqma, eringni yeb qo‘ymayman. Buni it yesa, it ham harom 
o‘ladi. 
— Agar yana tegsangiz dod solaman, milisa chaqiraman,— dedi ayol. 
— Milisaning eringni himoya qilishdan boshqa tashvishi yo‘qmi? Bor, deyapman
erkaklarning gapiga sen aralashma. Hozir buni chertishdan ham hazar qilaman. Buni 
urish bilan ish bitmaydi, buni birato‘la otish kerak! 
Bu gapdan keyin ayolning esxonasi chiqib, eriga qalqon bo‘lmoqchi edi, Selim uni siltab 
tashladi: 
— Ichkari kir, deyilgandan keyin kir. Bolalarga qara! 
Ayol eriga bo‘ysunib, ichkariga kirdi. 
— Men bunchalik bo‘larini kutmagan edim,— dedi Selim o‘zini oqlash niyatida. 
— Qanaqa bo‘ladi, deb o‘ylovding? 
Selim «bilmayman» deganday yelka qisdi. 
— Bo‘ri qaerda? 
Bilmayman, uni o‘shandan beri ko‘rmadim. 
— Nega ketyapsan, senga tegishmabdi-ku? 
— Bilib bo‘ladimi, bugun bo‘lmasa, ertaga... 
— Shunday uyni tashlab ketaverasanmi? 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling