Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
XVII b o b
1 Anvar qiya ochiq turgan eshik ortidan Chuvrindini ko‘rib, yuragi «shig‘» etib ketdi. «Nahotki to‘g‘ri bo‘lsa?» deb o‘yladi. Shu o‘y xayolidan o‘tishi bilan «Biz qachon seni aldagan edik?» degan ovozni zshitganday bo‘lib, yurishdan to‘xtadi. Buni ko‘rib Chuvrindi kulimsiradi: — Ha, Anvarbek, biron nima esdan chiqdimi? — dedi quvnoq ohangda. Chuvrindining jarangdor ovozidan Anvar o‘ziga keldi. Qadamini tezlatib yurib bordi-da, ko‘rishib, so‘ng uni ichkariga taklif qildi. Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik www.ziyouz.com kutubxonasi 146 — Ertaga Krasnoyarga jo‘naydigan bo‘lib turibmiz. Birga borasizmi, deb keldim, — dedi Chuvrindi, ichkariga kirishga unamay. — Krasnoyarga? Nima uchun? — Anvar ularning Krasnoyarskka nima uchun borishlarini bilsa ham atayin so‘radi. Chuvrindi «nahot bilmasangiz?» deganday qarab qo‘yib, so‘ng javob berdi: — Bek akamning otalarini ziyorat qilgani ketyapmiz. — Kim? — Bek akam, men, borsangiz — siz, yana Bek akamning bir jonajon og‘aynilari. Ulfati chor — anda maza bor, deyishadi-ku? Chor ulfat bo‘lib borib kelamiz. Anvar tungi topshiriqni eslab, o‘ylanib qoldi. — Agar boradigan bo‘lsangiz, ertalabki sakkizda to‘g‘ri aeroportga chiqaverasiz. Mayda- chuyda olib yurmang. Yo‘q, yaxshisi soat yetti yarimda shu yerga mashina keladi. — Bormasam kerak, uzrimni aytib qo‘ying, — dedi Anvar xomush tarzda. — Ertalabgacha bir gap bo‘lar, — Chuvrindi shunday deb, mashinasi tomon yurdi. Anvar uning mashinasi ko‘zdan yo‘qolgunicha turgan joyida qotdi. So‘ng burilib, ichkari kirdi-da, yarim yo‘lda yana to‘xtadi. Derazasiga qaraganicha turib qoldi. ...Kecha tunda xuddi shu derazadan nur oqib kirgan edi. Yo‘q, avval shirin uyqudagi Anvarni kimdir turtib uyg‘otganday bo‘ldi. «Xotinim uyqusirab turtdimi?» deb o‘yladi. Yo‘q. Xonzodasi o‘rin chetida, orqa o‘girganicha beozorgina uxlab yotibdi. Anvar, uyqusi to‘la ochilmasidan, tanish ovoz eshitdi: — Seni biz uyg‘otdik... — Nimaga? — dedi Anvar ajablanib. — Bezovta qilmaymiz, degan edinglar-ku? — Ha, seni biz bezovta qilmaymiz. O‘zing chaqirding. Tur o‘rningdan. Anvar buyruqqa itoat etib, o‘rnidan turdi-da, qo‘shni xonaga chiqdi. Xona yorishgan, derazadan nur oqib kirgan edi. — Men sizlarni chaqirmadim. — Tiling bilan chaqirmading. Lekin dildan istading. Bizdan najot kutding. Bir necha maro- taba chaqirishga chog‘landing. Lekin jur’at etmading. Qo‘rqding. — Bo‘lmagan gap! Meni qo‘rqoqlikda ayblashga haqqingiz yo‘q! — Botirmisan? Botirni ham, qo‘rqoqni ham bir ildiz qovushtirib turadi. Botir bir ishni qilishga jazm eta olgani uchun botir, qo‘rqoq esa o‘sha ishni qilmay qochgani uchun qo‘rqoq. — Bu falsafangiz noo‘rin. — Bahslashma, muddaoga ko‘ch. — Men domla Inoyatulloni ko‘rishim kerak. — Mumkin emas, ijozat yo‘q. — Haqiqatni aniqlashim zarur. — Haqiqat shuki, Hikmat O‘rolov aybsiz aybdor. U Inoyatulloga xiyonat qilmagan. — Haqiqatni bilmoqchiman, menga isbot kerak. — Haqiqatni senga Hikmat O‘rolovning o‘zi aytadi. Unga ishon. — Qachon? — Tong otgach, seni Asadbekning odami yo‘qlab, safarga chorlaydi. Sen u yoqqa borma. Xizmat jo-yingda seni noxushlik kutadi. Sen o‘zingni yo‘qotma. Hech kim bilan aytishma. To‘g‘ri Hikmat O‘rolovning uyiga bor. Gaplarini eshit. So‘ng, biz uni olib ketamiz... — Yo‘q! — Anvarning ovozi xuddi jon taslim qilayotgan odamnikiday bo‘g‘ilib chiqdi. — Yo‘q! — deb takrorladi u. — U yashashi kerak! — Uning ruhi oromga muhtoj. Shu gapdan keyin Anvarning quloqlari shang‘illadi. Nur yo‘qoldi. Terga botgan Anvar deraza oldida yana uzoq turib qoldi... |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling